Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
192
53. Gunohkorlar do'zaxni ko'rib, o'zlarining unga tushuvchi ekanlarini biladilar, ammo undan
qochishga joy topmaydilar.
54. (Biz) bu Qur'onda odamlarga turli masallardan bayon qildik. Darhaqiqat, inson ko'p janjal (bahs)
qiluvchidir.
55. Odamlarga hidoyat kelganda imon keltirishlaridan va Parvardigordan mag'firat so'rashlaridan
to'sgan narsa - bu faqat ularga o'tganlarning yo'li (halokatlari) kelishi yoki ochiq azob kelishi
(intizorligi)dir.
Izoh: O'tganlarning yo'lidan murod - ularga o'xshab imon keltirmay itoatsizlik qilgan qavmlarga kelgan
azobning bularga ham kelishining haqligi yoki keladigan azobga ishonmay, masxara uchun uning kelishini
kutib o'tirishlaridir.
56. Biz payg'ambarlarni faqat xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchilar sifatidagina yuborurmiz. Kofir
bo'lganlar esa botil (hujjatlar) bilan tortishib, uning yordamida haqiqatni toyiltirmoqchi bo'lurlar
hamda oyatlarimni va o'zlari ogohlantirilgan narsani (oxirat azobini) masxara qilib olurlar.
Dostları ilə paylaş: