57. Parvardigorining oyatlari bilan nasihat qilingach, ulardan yuz o'girgan, o'zi qilib o'tgan (gunoh)larini unutib qo'ygan kimsadan kim zolimroqdir?! Darhaqiqat, Biz (Qur'onni) anglamasliklari uchun ularning dillarini pardalab, quloqlarini og'ir qilib qo'ydik. Demak, agar Siz ularni hidoyatga chaqirsangiz ham sira hidoyatga yurmaslar. 58. Rabbingiz mag'firatli va rahm (shafqat) sohibidir. Agar ularni qilgan gunohlari sababli tutganida, ularga azobni naqd qilgan bo'lur edi. Yo'q, ular uchun va'da qilingan bir vaqt (Qiyomat) borki, Undan o'zga biror panoh topa olmaslar. 59. Ana u shaharlar (aholisi)ni zulm qilishgach, halokat paytlarini aniq belgilab qo'yib, halok qildik. 60. Muso (o'zining xizmatkor) yigitiga: "Toikki dengiz qo'shiladigan yerga yetmaguncha yoki uzoq muddat kezmaguncha yurishdan to'xtamayman", - degan paytini eslangiz. Izoh: Muso (a. s.) ning xizmatkor yigiti Yuvsha' (a. s.) edilar. Shu oyat bilan Muso va Xizr (a. s.)lar qissasi boshlanadi. Bunga sabab Muso (a. s.) Haq Taolodan: "Mendan ham ilmi, martabasi yuqoriroq bandang bormi?" - deb so'raganda, U: "Ha, bor" - degan. "Qaysi yerdan uni topurman?" - deganlarida, "Bir baliqni savatchaga solib dengiz bo'yidan yurib boraverasan. Baliq yo'qolgan joydan uni topursan" deydi. Baliqni savatchaga solib, uni xizmatkori qo'liga berib yo'lga ravona bo'ladilar. 61. Qachonki, u ikkisi (ikki dengiz) qo'shiladigan yerga yetishgach, baliqlarini unutdilar. Bas, u (baliq) dengiz qa'riga yo'l oldi. 62. Bas, qachonki (u yerdan) o'tishgach, (Muso) yigitiga: "Nonushtamizni keltir, haqiqatan, bu safarimizdan juda charchadik", - dedi. 63. U (xizmatkor) aytdi: "Buni ko'ring, biz (dengiz sohilidagi) qoyaga borib (orom olgan) paytimizda,