Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
193
va O'z huzurimizdan ilm bergan edik.
Izoh: Ato etilgan rahmatdan murod payg'ambarlik, ilm yoki uzoq umrmi, ekanligi haqida turli fikrlar bor. Ya'ni
Xizr (a. s.) payg'ambar bo'lganmilar yoki valiymi? Ko'proq ulamolar serkaromat valiy bo'lganliklarini
ta'kidlaydilar.
66. Muso unga: "Senga bildirilgan bilimdan, menga ham to'g'ri yo'lni ta'lim berishing uchun senga
ergashsam maylimi?" - dedi.
67. U (Xizr) aytdi: "Aniqki, sen men bilan birga (ilm muammolariga) sabr qila olmaysan.
68. (Zotan) o'zing egallab xabardor bo'lmagan narsaga qanday sabr qilursan?!"
69. (Muso) dedi: "Inshoalloh, sen mening sabrli ekanimni ko'rursan. Men biror ishda senga itoatsizlik
qilmasman".
70. U (Xizr) aytdi: "Bas, agar menga ergashsang, to o'zim senga aytmagunimcha, biror narsa haqida
mendan so'ramagin!"
71. Bas, ikkisi yo'lga tushdilar. To borib bir kemaga minishlari bilan (Xizr kemani) teshib qo'ydi. (Muso)
aytdi: "Odamlarini g'arq qilish uchun uni teshdingmi?! Juda nojo'ya ish qilding-ku!"
72. U (Xizr) dedi: "Men bilan birga sabr qilishga sira toqating yetmaydi, demaganmidim?!"
73. (Muso) aytdi: "Unutganim uchun meni ayblamagin va bu ishim sababli meni mashaqqatga duchor
Dostları ilə paylaş: