ham qilmagin". 74. So'ngra yana yo'lga tushdilar. To borib bir bolani uchratganlarida (Xizr) uni qatl etdi. (Buni ko'rgan Muso) dedi: "Nahot birovni o'ldirmagan bir begunoh jonni o'ldirsang?! Haqiqatan, (sen) xunuk ish qilding!" 75. U (Xizr) dedi: "Senga men bilan birga sabr qilishga sira toqating yetmas, demaganmidim?!" 76. (Muso) dedi: "Agar bundan keyin sendan biror narsa haqida so'rasam, menga hamroh bo'lmagin. Men tomondan uzr (me'yori)ga yetgan bo'lursan". 77. So'ngra (ular) yana yo'lga tushdilar. To bir shahar ahlining oldiga kelib, ulardan taom so'ragan edilar, ularni mehmon qilishdan bosh tortishdi. Keyin o'sha joyda yiqilay deb turgan bir devorni ko'rishgach, (Xizr) uni tiklab qo'ydi. (Muso) dedi: "Agar xohlasang, bu (ishing) uchun haq olishing mumkin edi". 78. U (Xizr) aytdi: "Mana shu sen bilan mening ajrashimizdir. Endi men seni sabr qilishga toqating yetmagan narsalarning ta'vili (sharhi)dan ogoh qilurman: 79. Kema xususiga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskinlarniki edi. Bas, men uni aybli qilib qo'ymoqchi bo'ldim. (Chunki) ularning ortida barcha (butun) kemalarni tortib olayotgan bir podshoh bor edi. 80. Haligi bolaning esa, ota-onalari mo'min kishilar edilar. Bas, biz u (bola) tug'yon va kufr bilan ularni qiynab qo'yishidan qo'rqdik. 81. Shu sababdan, ularga Parvardigorlari u (bola)dan ko'ra pokizaroq va undan ko'ra mehri bonroq (boshqa bir bolani) badal (evaz) qilib berishini istadik.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
194