Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Yoki (ey, mo’minlar,) sizlardan ilgari o'tganlarning kuni (boshlaringizga) kelmay turib, jannatga



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

214. Yoki (ey, mo’minlar,) sizlardan ilgari o'tganlarning kuni (boshlaringizga) kelmay turib, jannatga 
(osongina) kiramiz, deb o'yladingizmi? Ularga balo va musibatlar kelib, shunchalik larzaga tushgan 
edilarki, hatto payg'ambar va imonli kishilar: "Allohning yordami qachon (kelar ekan)?" deganlar 
(betoqat bo'lishgan). Aslida esa Allohning yordami yaqindir.
 
215. Sizdan (ey, Muhammad,) qanday ehson qilishni so'raydilar. Ayting: "Nimaniki xayr-ehson 
qilsangizlar, ota-ona, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar va musofirlarga qilingizlar! Har qanday qilgan 
ehsonlaringizni Alloh bilib turuvchidir".  
216. Sizlarga (yov bilan) jang qilish farz qilindi, vaholanki, u sizlar uchun yoqimsizdir. Ehtimol, sizlar 
yoqtirmagan narsa (aslida) o'zlaringiz uchun yaxshi, yoqtirgan narsalaringiz esa (aslida) yomondir. 
Alloh bilur, sizlar esa bilmassizlar.
 
217. Sizdan "Shahri Harom"da jang qilish (hukmi) haqida so'raydilar. Ayting: "Unda jang qilish katta 
gunohdir. (Lekin, odamlarni) Alloh yo'lidan qaytarish, Unga kufr keltirish va (hojilarni) Masjidi 
Haromdan to'sish hamda aholisini quvib chiqarish Alloh nazdida yana ham kattaroq gunohdir. Fitna 
qotillikdan ham kattaroq (gunoh)dir. Ular imkon topsalar, to diningizdan qaytarmaguncha, sizlar bilan 
jang qilaveradilar. Sizlardan kimda-kim o'z (Islom) dinidan qaytib, kofir holida o'lsa, unday 
kimsalarning qilgan amallari (toat-ibodatlari) dunyoyu oxiratda behuda ketar. Ular do'zax ahlidirlar va 
unda mangu qolurlar.  
Izoh: Shahri Harom – hurmatli oy. Ya'ni, Rajab oyi. Rasululloh bu oy kirmasdan turib, Quraysh 
mushriklaridan iborat karvon yo'lini poylab, o'ch olish uchun bir guruh askarni yuborgan edilar. Ular Rajab 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
25
oyi kirib qolganidan bexabar mushriklarga hujum qilib, mag'lubiyatga uchratganlar. Bu voqeadan keyin 
mushriklar ta'na qilishib: "Muhammad hurmatli oyda jang qildi. Alloh harom qilgan narsani halol deb bildi", - 
deganlarida, Alloh taolo mushriklarning qilmishlari musulmonlar yo'l qo'ygan bu kamchilikdan battar 
ekanligini bayon qilmoqda.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin