"Bizga bir podshoh yuborgin, (biz u bilan) birga Alloh yo'lida jang qilaylik",- deyishdi. "Balkim sizlarga urush farz qilinsa, urushmassiz", - dedi (payg'ambar). Ular: "Yurtimizdan va farzandlarimizdan judo qilinib turibmiz-ku, nega Alloh yo'lida urushmas ekanmiz?" - dedilar. Urush farz qilinganda esa, ozgina kishidan tashqarilari bosh tortdilar. Alloh zolimlarni yaxshi biluvchidir. Izoh: Payg'ambarlarining kimligi to'g'risida turlicha tafsir qilinadi. Ba'zi mufassirlar Sham'un desalar, boshqalari Ashmavil deydilar. 247. Ularga payg'ambarlari: "Alloh sizlarga Tolutni podshoh etib yubordi", - desa, ular: "Unga ustimizdan qanday ham podshohlik bo'lsin, axir hukmronlikka biz undan haqliroqmiz-ku, (bundan tashqari) unga mol-mulk ham mo'l-ko'l berilmagan", - deyishdi. Payg'ambar aytdi: "Alloh uni sizlarga O'zi tanlab, uni ilmda va jismonan ziyoda etdi. Alloh mulkini O'zi xohlagan kishiga beradi. Alloh
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
29
(karami) keng va bilimdondir". 248. Payg'ambarlari ularga aytdi: "Uning podshohlik belgisi shuki, sizlarga bir sandiq keladi. Unda Rabbingizdan taskin va Muso hamda Horun oilalaridan qolgan qoldiqlar joylashgan bo'lib, uni (sandiqni) farishtalar ko'tarib turadilar. Agar (chin) mo’min bo'lsangizlar, shubhasiz, bunda sizlar uchun belgi bor". Izoh: Taskindan murod shuki, sandiq qayerda bo'lsa, o'sha yerdagi odamlar xotirjamlik va xavfsizlikda bo'lar edilar. Hatto, undan yov bilan to'qnashganda ham foydalanar edilar. 249. Tolut askarlari bilan (shahardan) chiqqach, aytdi: "Alloh sizlarni daryo bilan sinab ko'ruvchidir. Bas, kim undan ichsa, u mendan (tobelarimdan) emas va kim undan ichmasa, albatta, u mendandir.