Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
30
narsa. 3. Allohning ilmi. 4. Uning qudrati. 5. Hukmronligi va hokazo.
Mazkur oyat - "Oyatul-Kursiy" deb nomlanadi. Bu oyati karimaning fazlu xislatlari to'g'risida ko'pgina hadisi
shariflar mavjud. Jumladan, "Kimki har bir farz namozidan keyin bu oyatni o'qib yursa, jannatga kirishi uchun
faqat o'lim to'sqinlik qilib turgan bo'ladi. Tunda uxlashdan oldin o'qib yotsa, Alloh uning o'zini va qo'shnilarini
balo-qazodan asraydi. Bu oyat o'qilgan uyga sehr-jodu ta'sir etmaydi".
256. Dinda zo'rlash yo'q, zero, to'g'ri yo'l yanglish yo'ldan ajrim bo'ldi. Bas, kim shayton (yoxud
butlar)ni inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u mustahkam halqani ushlabdi. Alloh eshituvchi va
Dostları ilə paylaş: