Magar qo'li bilan bir hovuch olsa (joizdir). Bas, ozchilikdan tashqari hammalari undan ichdilar. U (Tolut) mo’minlar bilan daryodan o'tgach, (askarlar) aytdilar: "Bu kun bizda Jolut va uning lashkariga toqat yo'q". (Shunda) Allohga (qiyomat kuni) yuzma-yuz bo'lishlariga ishonadigan kishilar aytdilar: "Qanchadan-qancha kam sonli guruhlar Allohning izni bilan ko'p sonli guruhlar ustidan g'alaba qozongan. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir". 250. Jolut va uning lashkarlari bilan to'qnashganlarida: "Ey, Rabbimiz! Bizga sabr (-toqat)ni yog'dir, qadamlarimizni sobit qil va kofirlar qavmi ustidan bizga g'alaba ato et!" dedilar. 251. Shunday qilib, Allohning izni bilan ular ustidan g'alaba qozondilar. Dovud Jolutni o'ldirdi va Alloh unga (Dovudga) podshohlik va payg'ambarlik hamda O'zi xohlagan narsalarni o'rgatdi. Agar Alloh odamlarning birini ikkinchisi bilan daf' etib turmas ekan, shubhasiz, Yer fasodga (buzg'unchilik va xarobaga) aylangan bo'lur edi, lekin Alloh (barcha) olamlarga (nisbatan) fazl egasidir. 252. Bular Allohning oyatlaridir. Ularni Sizga (ey, Muhammad), haqqoniy ravishda tilovat qilmoqdamiz. Siz, albatta, payg'ambarlardandirsiz. UCHINCHI JUZ’ ************************* 253. O'sha payg'ambarlarning ayrimlaridan ayrimlarini afzal etdik. Ular ichida Alloh (bevosita) gaplashganlari va darajasini (Alloh) ko'targanlari bor. Iso ibn Maryamga mo''jizalar berdik va uni Ruhul-qudus (Jabroil) bilan quvvatladik. Agar Alloh xohlaganda edi, (odamlar) payg'ambarlardan keyin, hujjatlar kelganidan so'ng urishishmagan bo'lur edilar. Ammo, ular ixtilof qildilar; ular orasida mo’minlari ham, kofirlari ham bor. Agar Alloh xohlaganda, urishmagan bo'lur edilar. Lekin, Alloh O'zi