Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


bergan ne'matini va sizlarga nasihat sifatida nozil qilgan Kitob va hikmatni yodingizda tutingiz



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

bergan ne'matini va sizlarga nasihat sifatida nozil qilgan Kitob va hikmatni yodingizda tutingiz, 
Allohdan qo'rqingiz va bilingizki, albatta, Alloh hamma narsani biluvchidir.  
Izoh: Bu yerdagi hikmatdan murod Rasulullohning sunnat (hadis)laridir.  
232. Xotinlarni taloq qilganlaringizda (idda) muddatiga yetgan bo'lsalar, (ey, ota-ona va qarindoshlari), 
ular o'zaro yaxshilikcha kelishib olgan bo'lsalar, erlariga (qayta) nikohlanishlarida ularga tazyiq 
o'tkazmangizlar! Sizlardan kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo'lsa, (bu gaplar Unga) 
nasihat sifatida aytiladi. Bu (hukm) sizlar uchun eng beg'ubor va pok (hukm)dir. Alloh bilur, sizlar esa 
bilmassizlar.
 
233. Onalar bolalarini to'la ikki yil emizadilar. (Bu hukm) emizishni kamoliga yetkazishni istovchilar 
uchundir. Ularni (onalarni) me'yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir. Hech 
kimga toqatidan ortiq (mas'uliyat) yuklanmaydi. Bolalari tufayli ota ham, ona ham zarar ko'rmasin! 
Merosxo'rning zimmasida ham xuddi shunday (mas'uliyat) bor. * Agar ota-ona o'zaro kelishib, maslahat 
bilan (bolani sutdan) ajratmoqchi bo'lsalar, gunohkor bo'lmaydilar. Agar bolalaringizni (begona ayolga) 
emizdirmoqchi bo'lsangiz, haqqini me'yorida to'lab tursangiz, gunohkor bo'lmaysiz. Allohdan qo'rqingiz 
va bilingizkim, albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizni ko'rib turuvchidir.  
Izoh: Ya'ni, mahram sanalmish merosxo'rlar zimmasiga marhumning yetim bolalari va xotinlarining ham 
nafaqasi tushadi.  
234. Sizlardan vafot etib xotinlarini (beva) qoldirgan bo'lsalar, (ular) to'rt oyu o'n kun o'zlarini kuzatib 
(idda saqlab) o'tiradilar. (Idda) muddatlarini o'tab bo'lsalar, ular o'z (turmushlari) xususida yaxshilik 
bilan qilgan ishlarida sizlar uchun (ey, mayyit egalari) gunoh yo'qdir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan 
xabardordir.  
Izoh: Ya'ni, shariat hududidan chiqmagan holda sovchilarga yoki kuyovlikka nomzod erkaklarga ko'rinishi, 
ularni surishtirish kabi ishlarga qo'l urish mumkin.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin