qoplashimizni ko'rgin". Qachonki, unga (bu ishlar) aniqlangach: "Men (endi) bilamanki, Alloh hamma narsaga qodir ekan",- dedi. 260. Eslang (ey, Muhammad), Ibrohim: "Ey, Rabbim, menga o'liklarni qanday tiriltirishingni ko'rsat", - deganida, Alloh: "Ishonmadingmi?" - dedi. Ibrohim aytdi: "Yo'g'-ye, lekin dilim yanada taskin topsin". Alloh aytdi: "To'rtta qushni olib, huzuringga jamla (va ularni maydalab), so'ng (atrofingdagi) har bir tog'ning ustiga ularni bo'lak-bo'lak qilib qo'yginda, keyin ularni chaqirgin, (ular tirilib,) darhol huzuringa keladilar. Bilginki, albatta, Alloh qudrat va hikmat egasidir. Izoh: To'rt qush - xo'roz, qarg'a, tovus va kaptar. 261. Alloh yo'lida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli go'yo bir donga o'xshaydiki, u har bir boshog'ida yuztadan doni bo'lgan yettita boshoqni undirib chiqaradi. Alloh xohlagan kishilarga yanada ko'paytirib (savob) beradi. Alloh (karami) keng va bilimdondir. Alloh taolo bu tamsil bilan bitta xayrli ish uchun bitta emas, to 700 va undan ortiq savob ato etishi mumkinligini bildirmoqchi. 262. Mollarini Alloh yo'lida sarflab, keyinchalik bergan narsalari ketidan minnat va ozor yetkazmaydigan kishilar uchun Parvardigorlaridan mukofot bordir. Ularga xavf ham bo'lmas va ular
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
31
tashvish ham chekmaslar. 263. Yaxshi gap va kechirim (uzr so'rash) ketidan ozor keladigan sadaqadan yaxshiroqdir. Alloh behojat va halimdir. 264. Ey, imon keltirganlar, molini odamlar ko'rsin uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o'xshab, (bergan) sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo'qqa chiqarmang! U