Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Bas, Samud (qabilasi) haddan tashqari narsa (chaqmoq) bilan halok qilindilar



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə670/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   666   667   668   669   670   671   672   673   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

 
5. Bas, Samud (qabilasi) haddan tashqari narsa (chaqmoq) bilan halok qilindilar.
 
6. Od (qabilasi) esa, dahshatli, quturgan bo'ron bilan halok qilindilar.
 
7. U (bo'ronni Alloh) ularning ustiga paydar-pay yetti kecha va sakkiz kunduz hukmron qilib qo'ydiki, 
endi u joydagi qavmni (chirib) ichi bo'shab qolgan xurmo daraxtining tanasidek qulab halok bo'lib 
yotganlarini ko'rasiz.
 
8. Bas, ulardan (biror) asoratni ko'rayapsizmi?! (Aslo, ularning barchalari halok bo'lib bitdilar).  
9. Fir'avn ham, undan avvalgi o'tgan (dinsiz)lar ham, ostin-ustun bo'lgan qishloqlar (Lut qavmining 
qishloqlari) ham xato ish qildilar.
 
10. Bas, ular Parvardigorlarining payg'ambariga itoatsizlik qildilar. Bas, U zot ularni o'ta qattiq ushlash 
bilan ushladi (qattiq azobladi).
 
11. Darvoqe, Biz suv tug'yonga ketgan vaqtida sizlarni (Nuh payg'ambar yasagan) kemada ko'tardik.
 
12. Biz buni sizlarga eslatma qilish uchun va anglovchi quloqlar anglab olishlari uchun (qildik).
 
13. Bas, qachonki, sur bir bor chalinganida, 
 
14. Yer va tog'lar (o'z joylaridan) ko'tarilib, (bir-birlariga) bir bor urilganda, 
 
15. ana o'sha kunda Voqea sodir bo'lur (Qiyomat qoyim bo'lur)!
 
16. Osmonlar ham yorilur. Chunki, (osmon) u Kunda zaif bo'lib qolur.
 
17. Farishtalar esa (osmon) atrofida (Allohning amriga muntazir bo'lib) tururlar. Ularning ustida 
Rabbingiz Arshini u Kunda sakkiz (farishta) ko'tarib turur.
 
18. O'sha Kunda sizlar (hisobot uchun Allohga) ko'ndalang qilinursizlar, sizlarning biror siringiz maxfiy 
qolmas.
 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   666   667   668   669   670   671   672   673   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin