poklovchi (xalos etuvchi) hamda senga ergashganlarni qiyomat kunigacha kofirlardan yuqori qo'yuvchidirman. * So'ngra, Menga qaytursizlar. O'shanda sizlar ixtilof qilgan (kelisha olmagan) narsalar borasida o'rtangizda hakamlik qilurman. Izoh:Bu oyatdagi "vafot ettiruvchi" iborasini turli xil tafsir qilganlar. Binobarin, Iso (a. s.)ni Alloh o'z huzuriga tirigicha ko'targanmi yoki haqiqatan ham vafot ettirib, so'ng ko'targanmi degan savolga tadqiqotchi ulamolarning ba'zilari: "Bu yerdagi vafot so'zi uyqu ma'nosidadir. Uni oldin uxlatib qo'yib, so'ng ko'targan yoki vafot ettirishi osmonga chiqqanlaridan keyindir" - desalar, boshqa tafsir sohiblari jonsiz holda ko'tarilganlar deb ta'kidlaydilar. Biz - hanafiylarning aqidamiz bo'yicha, Iso (a. s.) tirik holda ko'tarilganlar, deymiz. Oyatni esa: "Ey, Iso! Men seni o'z ajaling bilan vafot ettiruvchiman, ularning qatli bilan emas", - deb ta'vil qilamiz. Izoh(a): Ushbu oyatda nasroniy dini ham qiyomat kunigacha boqiy qolishiga ishorat bordir. 56. Bas, kofir bo'lganlarni dunyo va oxiratda shiddatli azob bilan azoblayman. Ular uchun yordamchilar bo'lmas. 57. Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga esa (Alloh) mukofotni mukammal berur. Alloh zolimlarni yoqtirmas". 58. Bu Sizga tilovat qilayotganimiz oyatlar va hikmatli zikrlardandir. 59. Albatta, Isoning (otasiz tug'ilish) misoli, Alloh nazdida bamisoli Odam (Ato) kabidirki, uni tuproqdan yaratib, so'ngra unga "Bo'l!" dedi, bas, (u) bo'ldi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
39
60. (Bu) Haq (So'z) Rabbingizdandir. Bas, shubha qiluvchilardan bo'lmang!