Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

ko'ruvchilardandir.
 
86. Imon keltirib, Payg'ambarning barhaqligiga guvohlik berganlaridan va ularga hujjatlar kelganidan 
keyin kofir bo'lganlarni Alloh qanday (qilib) hidoyatga yo'llasin?! Alloh zolimlar qavmini hidoyatga 
yo'llamaydi.
 
87. Ana o'shalarning jazosi - Alloh, farishtalar va barcha odamlarning ularga la'nat aytishidir.
 
88. Ular unda (la'nat yoki do'zaxda) abadiy qoluvchilardir, ularning azoblari yengillashtirilmas va 
kechga ham surilmas.
 
89. Illo, shundan (kufrdan) keyin tavba qilib, (xatolarini) tuzatsalar, albatta, Alloh kechirimli va 
rahmlidir.
 
90. Albatta, imon keltirganlaridan keyin (yana) kufrga ketgan, so'ngra kufrda mustahkamlangan 
kimsalarning tavbalari sira qabul qilinmas. Ana o'shalar adashgan (gumroh)lardir.
 
91. Albatta, kofir bo'lgan va kofirliklaricha o'lganlarning birortasi agar yer yuzi to'la oltinni badal 
sifatida bersa ham, aslo qabul qilinmas. Ana o'shalarga alamli azob boru, yordamchilar yo'qdir.  
92. Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilik (jannat)ga yeta olmaysizlar. 
Nimaiki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir.  
Izoh:Oyatdagi yaxshilik so'zini haqiqiy yaxshilik, savob, jannat yoki haqiqiy taqvo maqomi kabi mazmunda 
tushunish lozim bo'ladi.  
93. Tavrot nozil bo'lmay turib, Isroil (Ya'qub) o'ziga harom qilgan narsa (tuya go'shti bilan suti)dan 
boshqa barcha taomlar Isroil avlodiga halol edi. "Agar o'zlaringizni (buni inkor etishda) rostgo'y deb 
bilsangiz, Tavrotni keltirib, o'qib ko'ringiz", - deb ayting.  
Izoh:Bu musulmonlar tuya go'shti va sutini iste'mol qilganlari tufayli yahudiylarning qilgan ta'nalariga 
javoban nozil bo'lgan oyatdir. Isroil (Ya'qub) payg'ambar faqat o'zlari uchun istisno sifatida tuya go'shti va 
sutini harom qilganlar. Bunga ikki sabab ko'rsatilgan. Birinchisi - Ya'qub (a. s.) bir og'ir kasallikka 
uchraganlarida, "Agar sog'ayib ketsam, o'zimga eng yoqimli bo'lmish tuya go'shti va sutini iste'mol qilmaslik 
yo'li bilan nafsimni qiynayman", - deb nazr qilganlar. Nazr esa qasamni bir turi. Ikkinchisi - mazkur og'ir 
kasallikdan forig' bo'lish uchun tabiblar shu xildagi parhezga buyurishgan.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin