Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
17
IKKINCHI JUZ'
***************************
142. Odamlarning nodonlari: "Ular (musulmonlar) ilgari yuzlangan qiblalaridan voz kechishlariga bois
nima ekan?" deyishadi. Ayting: "Mashriq ham, Mag'rib ham Allohnikidir. U o'zi xohlagan kishilarni
to'g'ri yo'lga boshlaydi".
Izoh: Musulmonlarning qiblasi hijratgacha Baytul-Maqdis edi. Qibla Makka shahridagi Ka'ba tomonga
o'zgargandan keyin yahudiylar, mushriklar va munofiqlar ta'na toshini otdilar. Buning javobiga Alloh taolo
hamma tomon O'zining qo'lida, qiblani o'zgartirgan bo'lsa, bu Uning ishi deb bilish zarurligini bayon
qilmoqda.
143. Shuningdek, sizlarni (musulmonlarni boshqa) odamlarga (ummatlarga) guvoh bo'lishingiz va
Payg'mbarning sizlarga guvoh bo'lishi uchun o'rta ummat qilib qo'ydik. Siz ilgari qaragan qiblani Biz
faqat orqaga qaytib ketayotganlar ichida kim payg'mbarga ergashar ekan, deb qildik (qayta tikladik).
Albatta, bu (o'z qiblasini o'zgartirish) Alloh hidoyat etgan kishilardan o'zgalar uchun og'ir ishdir. Alloh
imonlaringizni (Baytul-Maqdisga qarab o'qigan oldingi namozlaringiz ajrini) zoye ketkizmas. Albatta,
Dostları ilə paylaş: