Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
130
Abdulloh ibn Umar: «Jamoat namozi 27 marta ortiqdir»,— deganlar.
Ummu Dardo’ rivoyat qiladirlar: «Abu Dardo’ oldimga g‘azablanib kirib keldilar. «Nechun
g‘azablanmakdasiz?» — dedim. «Ollohga qasamyod
qilib ayturmenkim, Muhammad
ummatining jamoat birlan namoz o‘qimogidan bo‘lak biror savoblik ishi qolmadi»,—
dedilar».
Abu Muso naql qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Namozdan eng ko‘p
savob oladirgan odam masjiddan
eng uzoqda turadirgan odamdir, chunki ul ko‘p yurib,
ko‘proq aziyat chekib kelg‘aydir. Jamoat birlan namoz o‘qimakni kutayotgan kishiga
tegadirgan savob, o‘zi namozini o‘qib, yotib olgan odamga
tegadirgan savobdan behad
ortiqdir»,— deganlar».
32-bob. Peshin namoziga ertaroq bormoqning fazilati
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam bunday degan
edilar»,— deb rivoyat qiladirlar: «Bir kuni bir kishi ko‘chada ketayotgan erdi. Yo‘lda
yotgan tikanni ko‘rib, chetga olib tashladi. Olloh taolo uning qilmishidan rozi bo‘ldi va
uning gunohlarinr} kechirdi.
Beshta sababdin o‘lgan kishilar shahid bo‘ladirlar: vabodan o‘lganlar, qorin og‘rigi birlan
o‘lganlar, g‘arq bo‘lib o‘lganlar, biror narsaning tagida qolib o‘lganlar
va Olloh taolo
yo‘lida jihod qilib o‘lganlar.
Odamlar azon aytmoq va namozda birinchi safda turmoqning nechog‘liq savobli erkanini
bilganlarida,
hech ilojini topmasalar, chek tashlab o‘z niyatlariga erishgan bo‘lur erdilar.
Namozga ertaroq bormakning qandoq savobi borlig‘ini bilganlarida, masjidga qarab kim
o‘zarga yugurgan bo‘lur erdilar, xufton birlan bomdod namozining sayubini bilganlarida,
masjidga emaklab bo‘lsa ham borur erdilar».
Dostları ilə paylaş: