§
9
$
#
É
ΟŠ
Ï
m
§
9
$
#
1-bob. Janoza va kimning oxirgi aytgan so‘zi «Lo iloha illalloh» bo‘lsa, o‘shalar (ya’ni, o‘liklar) haqidagi boblar Vahb ibn Munabbahga: «Lo iloha illalloh» jannatning kaliti ermasmi?» -deyishdi. Vahb:
«Ha shundoq, biroq tishsiz kalit kalit ermas. Kalitingning tishi bo‘lsagina senga
jannatning eshigi ochilg‘aydir, bordi-yu, kaliting tishsiz ersa, jannatning eshigi senga
ochilmag‘aydir»,- dedilar.
Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Rabbim huzuridan mening oldimga bir kishi (Jabroil alayhissalom) kelib, xushxabar
aytdi. Mening ummatimdan kimki Ollohga shirk keltirmay jon taslim qilg‘aydir, jannatga
kirg‘ay erkan»,- dedilar. «Zino va o‘g‘irlik qilsa hammi?»-dedim. Janob Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam: «Zino qilsa ham, o‘g‘irlik qilsa ham»,- dedilar».
Abdulloh ibn Molud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki
Ollohga shirk keltirib o‘lg‘aydir, do‘zaxga kirg‘aydir»,- dedilar. Men: «Kimki shirk
keltirmay o‘lsa, jannatga kirg‘aydir»,- dedim».
2-bob. Janozada qatnashmoq to‘g‘risida berilgan buyruq Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 7
narsaga odat qilib, 7 narsadan hazar qilmakni buyurdilar. «Quyidagilarni odat qilingiz!» -
dedilar:
1. Janozagaqatnashmakni;
2. Kasalni borib ko‘rmakni;
3. Chaqirilgan joyga bormakni;
4. Mazlumga yordam bermakni;
5. Qasam ichsa, qasamida turmakni;
6. Salomga alik olmakni;
7. Aksa urgan kishi «Alhamdu lilloh» desa, unga «Yarhamuka-l-loh» demakni.
Quyidagilardan hazar qilingiz!» - dedilar:
1 Kumush idish tutmoqdan;
2 Tilla uzuk taqmoqdan;
3. Ipakli kiyim kiymoqdan (erkaklar nazarda tutilgan);
4. Deboj (guldor ipakli kiyim) kiymoqdan;
5. Qasiy (dag‘al matodan tikilgan kiyim) kiymoqdan;
6. Istabraq (atlasga o‘xshagan mato) kiymoqdan;
7. (bu rivoyatda 7-nchisi tushirib qoldirilgan)».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Har bir musulmonning ikkinchi bir musulmonda 5 ta haqqi bordir»,- deganlar. Bular
quyidagilar:
1 Salomiga alik olmoq;
2. Kasal bo‘lganda borib ko‘rmoq;
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
246
3. Vafot etsa, janozasiga qatnashmoq;
4. Da’vatiga javob bermoq;
5. Aksa urib «Alhamdu li-l-loh» desa, «Yarhamuka-l-loh» demoq».