Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
325
davom ettirg‘aydir»,- deydilar. Shu kabi hadislarni Ibn
Umar va Abdurrahmon ibn Abu
Bakr raziyallohu anhumolar ham rivoyat qilishgan.
69-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam yettinchi tavofda ikki rak’at namoz
o‘qidilar
Nofi’: «Ibn Umar raziyallohu anhu har yettinchi tavofda ikki rak’at namoz o‘qir erdilar»,-
dedilar. «Tavofning ikki rak’at namozi o‘rniga farz namozi o‘qisa, kifoyadir»,- dedilar
Ato. Shunda Zuhriy: «Sunnatga rioya qilmoq afzalroq, chunki
Nabiy sallallohu alayhi va
sallam yetti marta tavof etsalar, ikki rak’at namoz o‘qimay qo‘ymas erdilar»,- dedilar.
Amr rivoyat qiladirlar: «Biz Ibn Umar raziyallohu anhudan: «Umrada, Safo va Marva
orasini
tavof etmasdan oldin, kishi (o‘zining) ayoliga qo‘shila olg‘aydirmi?»-deb so‘radik.
Ul kishi bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka’bani
yetti martaba tavof ayladilar, so‘ng Maqomi Ibrohim ortiga o‘tib, ikki rak’at
namoz
o‘qidilar. Keyin, Safo va Marva orasini tavof qildilar-da, «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir!» degan oyatni o‘qidilar».
Jobir ibn
Abdulloh raziyallohu anhudan so‘ragan erdim, «Safo va Marva orasini tavof qilib
bo‘lmaguncha, kishi ayoliga yoqinlashmag‘aydir»,- dedilar».
Dostları ilə paylaş: