74-bob. Kasal odam ulov minib tavof qiladir Ibn Abbos raziyalloxu anhu: «Nabiy sallallohu alaihi va sallam tuya minib Ka’bani tavof
ayladilar, ustun oldiga kelganlarida ersa, asolari birlan unga ishorat qilib, takbir
aytdilar»,- deydilar.
Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamga betoblig‘imdan nolidim. Shunda, ul kishi menga: «Odamlarga ergashib Ka’bani
tavof aylag‘il!»-dedilar. Men aytganlaridek tavof qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam ersa, Ka’ba yonida namoz o‘qib, «Va-t-Turi va kitab-im-mastur» surasini zam
qilar erdilar».
75-bob. Siqoyat ul-hojji - hojilarni suv birlan ta’minlamoq haqida Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abbos ibn Abdulmutallib raziyallohu anhu
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan Mino kunlari Makkada to‘xtab, siqoyat qilib
olmoqqa ruxsat so‘rab erdi, ruxsat berdilar».
Ikrima raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam siqoyat
(hojilar suv oladirgan) joyiga kelib, suv so‘radilar. Shunda, Abbos o‘g‘liga: «Ey Fazl,
onangning oldiga borg‘il-da, undagi mavjud suvdan Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamga eltib berg‘il!» - dedi. Fazl onasidan suv olib, Janob Rasulullohga olib borganda,
ul kishi: «Ichirib qo‘yg‘il!» - dedilar. Fazl: «Yo Rasululloh, bu suvga qo‘l tiqilgan»,- dedi.
Janob Rasululloh: «Ichirg‘il derman!» - dedilar. Fazl suv ichirib qo‘ygach, Zamzam
qudug‘i oldiga borishdi. U yerdagi kishilar quduqdan suv tortib olib, tashnalarga
ichirishayotgan erdi. Janob Rasulullohularga: «Ishlayveringiz, sizlar xayrli ish
qilmakdasizlar»,- dedilar. Keyin, yana: «Agar qarshilik qilmasangizlar, tuyadan tushib,
arqonni yelkamga qo‘yib, men ham suv tortishar erdim»,- dedilar».