Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
343
so‘radi. Janob Rasululloh: «Hechqisy yo‘q, hechqisi yo‘q»,-dedilar. «Jonlig‘imni
so‘ymasdan oldin soch oldirib qo‘yibdirmen»,-
degan erdi, «Zarari yo‘q»,- deb javob
qildilar. «Tosh otmasdan burun jonlig‘imni so‘yib qo‘yibdirmen»,- deganida ham
«Hechqisi yo‘q»,- dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir
kishi: «Kech kirganda tosh otibdirmen?» - dedi. Janob Rasululloh: «Zarari yo‘q»,-
dedilar. «Qurbonlik qilmasdan burun soch oldirib qo‘yibdirmen»,- dedi. Janob Rasululloh:
«Hechqisi yo‘q»,- dedilar».
Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men, Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam Bathodaliklarida, huzurlariga bordim. «Haj qildingmi?» - dedilar. «Ha»,- dedim.
«Nimaga ehrom bog‘lading?» - dedilar. «Nabiy sallallohu alayhi va sallam nimaga ehrom
bog‘lagan bo‘lsalar, o‘shanga»,- dedim. «Yaxshi qilibdirsen, borib Ka’bani tavof etg‘il,
so‘ng Safo va Marvada sa’y aylag‘il!»-dedilar. Keyin, Baniy
Qays qabilasiga mansub bir
ayolning oldiga bordim, u sochimni tozaladi, so‘ng hajga ehrom bog‘ladim. Keyin men
Hazrat Umar xalifa bo‘lgunlariga qadar, «Sizlar ham shunday qilingizlar!» deb
boshqalarga fatvo berib yurdim. Hazrat Umar xalifa bo‘lganlarida
buni aytgan erdim, ul
kishi: «Agar Qur’onni olib o‘qisak, boshlagan ishimizni nihoyasiga yetkazmoq, Janob
Rasulullohning sunnatlariga rioya etmrq buyurilganlig‘ini anglag‘aydirmiz, chunkim
Rasululloh qurbonlikka atalgan jonliqlarini zabh qilmagunlaricha ehromlarini
yechmaganlar»,- deb aytdilar».
Dostları ilə paylaş: