Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
367
19-bob. Arafotda o‘lgan kishi haqida
Nabiy sallallohu alayhi va sallam uning chala qolgan haj amallarini nihoyasiga
yetkazmoqni (birovga) buyurmadilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu
alayhi va sallam bir kishi
birlan birga Arafotda turgan erdilar. Shunda ul tuyasidan yiqilib, bo‘yni sindi. Nabiy
sallallohu alayhi va sallam: «Uni
suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz,
boshini berkitmangiz, xushbo‘y
narsa surtmangiz, chunkim Olloh taolo uni qiyomatda
talbiya aytayotgan holda tiriltirg‘aydir»,- dedilar».
20-bob. Ehromdagi marhumga nisbatan ado etilmog‘i lozim bo‘lgan sunnatlar
haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Nabiy
sallallohu alayhi va sallam
birlan birga turgan erdi, tuyasidan yiqilib bo‘yni sindi. Keyin, ehrom bog‘lagan holda o‘lib
qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uni suv va sidr birlan yuvib, o‘zining
kiyimiga
ikki qavat qilib kafanlangiz, badaniga xushbo‘y narsalar surtmangiz, boshini
ham yopmangiz, chunkim ul qiyomatda talbiya aytib tirilg‘aydir»,- dedilar».
21-bob. Mayyit nomidan haj va nazr qilmoq haqida; erkak ayol nomidan haj
qilaveradir
Abbos raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Juhayna qabilasidan bir ayol Nabiy sallallohu
alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Mening onam haj qilg‘ayman,
deb niyat etgan
erdilar, lekin haj qila olmay vafot qildilar. Men onamning nomlaridan haj qilsam
bo‘lurmi?»-deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ha bo‘lg‘aydir, (chunkim) onangning qarzi
bo‘lsa, to‘laysan-ku! (ya’ni, haj ham kishining bo‘ynidagi qarzdir)»,-
dedilar-da, bizga
qarab: «Sizlar ham Ollohga qarzlaringizni beringiz! Olloh ahdnomaga vafo qilmoqqa
loyiq zoti oliydir!» -deb qo‘shib qo‘ydilar».
Dostları ilə paylaş: