Microsoft Word Сардарова Klara 404. doc



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə13/19
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#46038
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
boshlangich sinf ona tili darslarida ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Tuzilgan so’zlar: Non, nok, ota, ona, bola, kaklik, kakku, tulki, ukki, tok, bobo, aka, uka, xon va hokazo.Bu o’yin bajarilgach, Grammatik mavzu bilan bog’liq topshiriqlar beriladi.Masalan, tuzgan so’zlaringizga so’roq bering. Ularni ma’nosiga ko’ra turlarga ajrating.

Grammatik topishmoqlarni topish“ o’yini. Grammatik topishmoqlar o’rganilayotgan mavzular bilan bog’liq bo’ladi. Bunday topishmoqlardan darsda motiv yaratishda, ya’ni o’quvchilarni yangi mavzuni o’rganishga qiziqish uyg’otishda, ularni harakatga keltirishda foydalanish yaxshi natija beradi. Quyida so’z turkumlariga doir Grammatik topishmoqlardan namunalar keltiramiz.

- dosh yasovchi qo’shimcha, Deb javob berdi Sobir.

So’z o’zgartuvchilarni Bilarkan Abduqodir. Bunga ta’rif ber endi, Jim o’tirgan Bahodir.

Nomi aytilgan o’quvchi ot yasovchi va otlarga qo’shiladigan so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarga ta’rif beradi.

Atash bor ma’nosida Bosh harf bor imlosida. Qaramoqda, qaramoqda,

Barmoqda ham bormoqda.

Qaysi so’z ot, qaysi fe’l? Kim topsa to’g’ri javob, Shu bola hozirjavob.


Qoning, noning, taraning, Kitobing, sening tuning. Qaratqich kelishikning Qo’shimchasi qaysi – ning?

O’yin diktant. Diktant o’quvchilarni savodxonlikka o’rgatishda va imloviy savodxonligini aniqlashda qo’llaniladigan ta’limiy yozma ish turlaridan biridir.Ona tili darslarida diktantni o’yin shaklida tashkil etish ham mumkin.O’yin diktantni

“ Kim ko’p eslab qoladi ?” deb nomlagan holda o’tkazish mumkin.Bu diktantning maqsadi xotirani ishga solish va imloviy ko’nikmalarni shakllantirishdir.

Bunda o’qituvchi har bir gapni bir marta o’qiydi. O’quvchilar yodida qolganlarini yozadi.O’qituvchi bir oz pauzadan so’ng ikkinchi gapni o’qiydi

O’yin – diktantning materiali sifatida so’z olinishi ham mumkin. Unda ham o’qituvchi 3 ta so’zni birdaniga o’qiydi va 10 – 15 soniya pauza qilinadi.O’quvchi eslab qolganini yozadi. Keyin yana uch so’z o’qib beriladi. Bunday tipdagi o’yin lug’at diktantiga 1 – sinfda 5 – 8, 2 – sinfda 8 – 10, 3 – sinfda 10 – 12, 4 –sinfda 12



  • 15 so’z olinadi.

Diktant yozib bo’lingach, har bir o’quvchi diktantidagi so’zlar sonini sanaydi.

O’qituvchi oldindan diktantning to’liq matnini yozib, ustini bekitib qo’ygan bo’ladi.O’quvchilar diktantini tekshirayotganda uning ustini ochib qo’yadi.

O’quvchilarning bahosi tushirib qoldirgan so’zlar soniga qarab pasaytiriladi.

O’quvchilar diktantni yozib bo’lishgach, o’rganilgan mavzulardan kelib chiqib topshiriqlar berilishi mumkin. Masalan, “ So’zlardagi unlilarning tagiga chizing “, “ Ajratib ko’rsatilgan so’zga ma’nodosh so’z toping “, “ Shu so’zlar ishtirokida gap tuzing “, “ Gap tuzing va tuzgan gaplaringizning bosh va ikkinchi darajali bo’laklarini aniqlang, tagiga tegishlicha chizing “ kabi.

Dastlabki paytlarda ohangdosh so’zlardan foydalanish lozim ( ustun, tutun, osmon, somon kabi ). Bu o’yinni dastlabki paytlarda “ Eslab qol “ deb nomlash mumkin.

Diktant yuzasidan o’quvchilar bilan quyidagi savollar asosida suhbat o’tkazish mimkin. Inson qancha so’zni xotirada saqlab qola oladi ? Nima uchun birov so’zlarni ko’p eslab qoladi, boshqa birovlar kam so’zni eslab qoladi.

Suhbatdan so’ng o’quvchilarga ko’cha, daryo, shahar, kishilarning ismi, badiiy asar nomlarini eslab qolishga harakat qilishlari aytildi.Shundan so’ng o’quvchilarning o’zlari bu diktantni yozdirishni talab qila boshlaydilar.

Ko`rinadiki, boshlang`ich sinf ona tili darslarida turli xil interfaol metodlardan unumli foydalanish mumkin bo`ladi. Bularning barchasi darsning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.




    1. Yüklə 0,88 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin