|
TALPINAMIZ MANZILLAR SARIAbdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar
TALPINAMIZ MANZILLAR SARI
Olis dengizdanmi yo yiroq tog‘dan,
Bulutlar keldilar bilmam qay yoqdan,
U bahor, yoz bo‘yi so‘l ila sog‘dan,
Paxtakor xalqimga daf qila qoldi.
Ha, yashar tabiat gulduros solib,
Daryoga suv sochar tashna yer qolib,
Garchi paxtakor el hamisha g‘olib,
Lekin ushbu safar tinchi yo‘qoldi.
Oyning u yarmida yomg‘ir, qor yog‘ar,.
Qimtinib Toyloqov beradi xabar,
Muxbir-chi, uqdirar:. bizniki zafar,
Dovda Bobodehqon haqqini oldi!..
Paxta deb, ha, qachon tortmadik tashvish,
O’sha-o‘sha yoz bu, o‘sha-o‘sha qish,
Bobolardan meros - bitmagan bu ish,
O’zbekning qay mahal bilagi toldi.
Saylanma. Abdulla Oripov
Dostları ilə paylaş: |
|
|