Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə22/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
shaytanat

b o b 1


  • Men Bek akamni otamdan ulug‘ deb bilaman. Bek akam aralashmaganlar bu ishga. Men eshik oldida qorovul edim. Shilimshiqning maqsadi menga ham noma’lum edi...

Elchin ro‘parasida o‘tirgan jingalaksoch yigitdan ko‘z uzmay o‘tirardi. O‘zini Jamshid deb tanitgan bu yigitni yangi yil shomida ko‘rgan edi. Savollariga javob bergisi kelmay ensasi qotgan yigit bugun kutilmaganda o‘zi kirib keldi — Elchinning yarasiga tuz sepdi.
Jamshid nigohini olib qochmasdan, o‘zini aybli deb hisoblamasdan tik qarab turib gapirdi. Noilaning qaysi xonada o‘ldirilgani, Shilimshiqning qanday kirgani, qanday zo‘rlagani... hammasini aytdi. So‘ng... suratlar chiqardi. Ana shunda Elchin o‘zini tuta olmay qolib bo‘g‘ib o‘ldirmoq qasdida unga tashlandi. O‘sha mudhish voqeaga Jamshidning aloqasi bormi-yo‘qmi — Elchin uchun farqsiz edi. Eng muhimi — bu mal’un ularning sherigi, ularning odami!
Jamshid Elchin tashlanib qolar, deb maxsus tayyorgarlik ko‘rib o‘tirmagan edi. Ammo uning Asadbek to‘dasida olgan eng muhim sabog‘i — sergaklikni bir nafas ham yo‘qotmay, yotsa ham, tursa ham, har qanday nogahoniy hamlaga tayyor bo‘lish edi. O‘sha sergaklik pand bermadi — o‘zini chetga olishga ulgurdi. Qo‘llarini cho‘zganicha tashlangan Elchin o‘zini to‘xtatolmay oldinga uchdi. Shunda bo‘yniga bir zarb tushdi.
So‘ng qo‘li orqasiga qayrildi. Jamshid cho‘ntagidan chizimcha chiqarib bo‘g‘ishga shaylangan qo‘llarni bir zumda bog‘lab tashladi. Bu ishlar ko‘z ochib yumguncha bajarildi. Bo‘g‘ziga pichoq tortilganday xirillayotgan Elchin dastlab qay holga tushganini anglamay ham qoldi. Keyin boshini ko‘tarib, Jamshidga qaradi:

  • Qo‘llarimni bo‘shat, haromi!

  • Haromi nimaligini bilasanmi o‘zing! — Jamshid shunday deb uning qorniga tepdi. Elchin nafasi qaytib, bukchayib qoldi. Jamshid esa, xotirjam holda cho‘ntagidan sigaret olib tutatdi.

  • Haromi deb sendaqalarni aytadi. Xotiningni qimorga tikib yurib, endi aqling kirib qoldimi? Bek aka senga muruvvat qilib, dushmaningni avaylab, asrab turdilar. O‘zi xumordan chiqsin, dedilar. Seni o‘limdan olib qoldilar. Armonda ketmasin, dedilar. O‘g‘il bolalik shunchalar bo‘ladi-da! O‘zingni bosib ol, he itdan tarqagan. — Jamshid shunday deb uning oyog‘ini ham bog‘ladi-da, chiqib ketdi.

Elchin qo‘llarini bo‘shatolmay yerda tipirchilab qolaverdi. Zelixon kelmaganida qancha yotardi — Xudo biladi.
Zelixon Elchinning uyiga xavotir bilan keldi. Chunki Elchin va’daga binoan unikiga borishi lozim edi. Zelixon uni kuta-kuta toqati toq bo‘ldi. Hamisha xatar jari ustidagi qil ko‘prikda yuruvchi odamning yuragi sezgir bo‘ladi. Zelixon ham Elchinga bir nima bo‘ldi-
yov, deb xavotirlangan edi — sezgisi aldamadi.
Tipirchilayverganidan chizimcha qo‘l-oyog‘ini shilib yuborgan edi. Chizimcha yechilgach, shilingan yerlari lovullay boshladi. Lekin Elchinni hozir bu emas, yuragidagi o‘t ko‘proq qiynardi. U Jamshidning tashrifini qisqagina qilib aytib berdi. (Tepki yeganini, shubhasiz, yashirdi.)

  • O‘yin boshlanibdi, — dedi Zelixon stol ustida sochilib yotgan suratlardan birini olib. Elchin xuddi xotinini sharmandali holda ko‘rsatayotganday uyalib, suratlarni qo‘lidan tortib oldi.

  • Yaxshilab qaradingmi, suratlarni yasashmaganmi? — dedi Zelixon. — Rostakam suratligiga menda ishonch yo‘q. Chunki, xotiningning o‘limi — tasodif. Ig‘vo maqsadida qilinmagan bu ish. Demak, har maqomda suratga olib o‘tirishmaydi. Xotining o‘z xohishi bilan qo‘shilmagan. Zo‘rlashgan. Demak, ko‘zlarini bunday yumib, rohatlanib turmaydi... Elchin dastlab jahl ustida suratlarga e’tibor bermagan edi. Zelixonning gapidan keyin suratlarga tikildi.

  • To‘g‘ri, — dedi u suratlarni taxlab. — Noilaning yelkasida tirtig‘i bor edi. Suratda esa yo‘q.

  • Ha... O‘qilon bir yanglishibdi. Ishonishingni juda ham xohlayapti. Shilimshiq deganlarini taniysanmi, o‘zing?

  • Taniyman. O‘yinda u ham bor edi. O‘shanga yutqizgan edim.

  • Shilimshiq ularga yoqmay qolgan bo‘lsa, sening qo‘ling bilan yo‘qotishmoqchi? Yo‘- o‘q... Bek g‘irrom qilmasa kerak. Faqat seni ishontirishning noto‘g‘ri yo‘lini topibdi.

Shunday aytsak, ishonmaydi, deb o‘ylashgan. Endi ishonishing kerak.

  • Hammasini o‘ldiraman, — dedi Elchin, mushtumini qattiq qisib.

  • Avval naqdini o‘ldirib tur. Xo‘sh, nima qilasan?

Nima qilishini Elchin bilmasdi. To‘g‘ri, o‘ldirishning bir necha turlarini xayolida pishitib yurardi. Lekin amalga oshirishga kelganida qo‘llari qaltiramasmikin?

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin