Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə25/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
shaytanat

«Burun ul nimakim, farz etti Yazdon, Erur oqilga bolig‘ bo‘lg‘ach imon.

Aning ma’nisidur til birla iqror, Ko‘ngul birda inonmog‘lig‘ dag‘i bor. Tilar bo‘lsang anga o‘zni yeturmak, Bil, olti nimaga imon keturmak...»
Anvar sahifalar orasiga barmog‘ini qo‘yib, kitobni yopdi.

  • Bo‘ldimi, endi ishondingizmi?

  • Sen endi, o‘qiganingni manga tushuntirib ber.

  • Xudo iymonni farz etti, demoqchi.

  • O‘qiganingda Xudo degan so‘z yo‘g‘idi-ku?

  • Yazdon — Xudo degani. Qahhor, Jabbor deganda ham Xudoni anglaydilar. Xudoni anglatuvchi so‘zlar ko‘p.

  • Bolamdan aylanay, shuncha narsalarni bilasanu pismayib, indamay yurasan-a? Onamning ko‘zlari ko‘r bo‘p qogan, shu bechoraga yaxshi narsalarni o‘qib beray, aytib beray, demaysan. Man saning noningga zormasman, bolam, yaxshi gapingga zorman...

  • Risolat kampir keyingi gapini hasrat ohangida aytdi. Ovozi titrab ketganini sezgan Anvarning yuragi siqildi.

  • Oyijon, kitobni hozir olib keldim. Hali o‘zim ham o‘qib chiqqanim yo‘q. Shpioningiz bexato ishlashini bilganimda, yo‘ldayoq o‘qib kelardim.

  • Gapni darrov egrilikka burma. Mani kelinimdaka kelin yo‘q bu dunyoda. Shpionlik qilib uyiga gap tashibdimi, yo ko‘cha-ko‘yda valaqlab yuribdimi? Xudoga shukr qilsang-chi?

Anvar onasining osonlik bilan chekinmasligini bilgani uchun doim qo‘llaydigan himoya usuliga o‘tdi — gapni hazilga burdi:

  • Menday er nasib qilganiga Xonzodangiz shukr qilsin.

  • San bolaga xotin zotining chidashi qiyin.

  • Oyi, tergov tamom bo‘ldimi?

  • Chiqib keting, demoqchimisan? Haydamasang ham ketaman.

Risolat kampir o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi edi, Anvar tezgina borib yoniga o‘tirdi-da, yelkasidan quchdi.

  • Xuddi xo‘ja qiziga o‘xshaysiz-a? Jahlingiz chiqmasin, hazillashyapman. O‘zim hozir yoningizga chiqmoqchi edim. So‘raydigan gaplarim bor.

  • Bolani tug‘ib, boqib-boqib, qariganingda yoqmay qolarkansan, — dedi Risolat kampir, arazini davom ettirib.

  • Buvamning xatlarini o‘qidim. Hammasida afsus chekyapman, deganlar. Nimadan afsuslanishlari mumkin?

  • Bilmayman.

  • Nimadan afsuslanishlari mumkin? — dedi Anvar o‘ziga o‘zi gapirayotganday. — Qilgan xizmatlarigami yo yoshlikdagi xatolarigami? Balki yoshlik chog‘larida biror do‘stlariga xiyonat qilgandirlar?

  • Gaping qursin sani, adam rahmatli chumoliga ham ozor bermasidilar. Chaquvdan bo‘lgan hammasi. Stalinga qarshi to‘ntarish yasamoqchi, deb tuhmat qilishdi. Stalinday odamni to‘ntarib bo‘larkanmi?

  • Harholda qiziq... Shoakbar Zunnuniyni o‘n to‘qqizinchi yilda Buxoro amiri ostirgan. Oradan o‘n sakkiz yil o‘tgach, uning do‘stini — mening buvamni qamashgan. Ikki hammaslak do‘stning biri eski tuzumga yoqmagan, ikkinchisi yangisiga... — Anvar bir qo‘li onasining yelkasida, ko‘zi deraza ortida yog‘ayotgan qor zarralarini ilib olayotgan daraxt shoxlarida edi.

  • Aqlli odamning dushmanlari ko‘p bo‘ladi, bolam.

  • Buvimga qiyin bo‘lgan ekan-da.

  • Oyim boyaqish hasratda o‘tdilar, — Risolat kampirning ko‘ngli to‘lib, yengining uchi bilan ko‘zyoshini artdi.

  • Yuring, oyi, tanchangizda bir oz o‘tiraylik, oyog‘im qaqshab qoldi, — Anvar shunday degach, kampir o‘rnidan turdi.

Anvar onasini uyiga kuzatib, birpasgina o‘tirib qaytmoqchi edi. Onasi atayin uni ushlab
qolmoqchi bo‘ldimi yo chindan ham kitob o‘qitib eshitgisi keldimi — Anvar farqlay olmadi. Xonzoda charm muqovali kitobni keltirgach, u qamaldagi odam holiga tushdi. Qishning bir tutam kunduzi tugab, shom qorong‘isi bostirib kirdi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin