Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə27/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
shaytanat

2


Davraboshi Elchindan bittagina qo‘shiq eshitish taklifi tushayotganini aytishi hamonoq qiyqiriq bo‘lib ketdi. Elchin qamalmasidan avval bu sharafga ko‘nikib qolgan edi.


Shunday kezlarda u sahnaga yurib emas, go‘yo parqu bulutlar ustida suzib chiqar edi. Hozir o‘sha damlar qaytganday bo‘lib yuragi bir entikdi. Bosh chayqab «yo‘q», dedi.
O‘rnidan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib ta’zim qildi. Davraboshi unga tor uzatgach, noiloj qolib qo‘liga oldi. Shunda ham o‘rtaga chiqmadi.
Kimga to‘y, kimga aza, deydilar. Elchin zohiran kuyovlik shohsupasida xurram ko‘rinar, botinan esa, yuragi temir tirnoqlar hukmida edi. Yaxshilab qaragan kishi uning yuzlari
kulgani bilan ko‘zlari g‘am pardasi ortida ma’yus tortganini payqay oladi. Yaxshiki, to‘yda odamlar sinchkov bo‘lishmaydi. Ko‘pchilik Elchinning «ashula aytmayman» deyishini shunchaki noz o‘rnida qabul qildi. Elchin hozir ular istagan qo‘shiqlarni aytolmasdi, ularni xursand qilolmasdi.
Qo‘liga tor olgach, «nimani aytsam ekan» deganday o‘ylanib qoldi... Elektr organ cholg‘uchisi uning mushkulini oson qilish uchunmi bir vaqtlar mashhur bo‘lgan ashulasining kuyini chaldi...


Bugun qo‘shni chorboqqa kelin tushdi, yor-yor...

Elchin bu kuyni eshitmadi.


...Pullar sochilib yotgan to‘yxonaga... Noila kirib keldi. Oppoq uzun ko‘ylakda. Chap ko‘kragida pichoq, lekin qon yo‘q. Ma’yus kulimsirab turib:

  • Ayting, Elchin aka, o‘sha ashulangizni sog‘indim... — dedi.

  • Qo‘shiq faqat senga atalgan edi.

  • Ayting, mayli, bular ham eshitishsin. Zora tosh yuraklari yumshasa... To‘yxona birdan jimib qoldi.

Qamoqxonadagi to‘lg‘oqli kechalarda tug‘ilgan, uzoq yillar yurak qafasidagi tutqinlikda potirlayotgan qo‘shiq ozodlikka chiqdi...


Xayr endi, qalbimda bir vido qoldi... Xayr endi, sen ketding, begunoh ohu... Bugun sen qaydasan,
Qaylarda qolding...
Bugun boshing uzra kimning panohi...

Elchinning nazarida to‘yxona jim edi. Barcha uning yuragidan otilib chiqayotgan nidoni tinglardi. Aslida esa... dasturxonga boshlangan yalpi hujum susaymagan holda davom etardi.




Seni kech topgandim... erta yo‘qotdim... Qarg‘agin, loyiqman sening qahringga... Qarg‘agin... Qarg‘agin...

Elchin o‘zga olamga ko‘chgan edi.


To‘yxonada esa Asadbekning ichkari kirishiga tayyorgarlik boshlanayotgan edi. Harholda kuyovi ashula aytyapti, pul qistirmasa bo‘lmas...
Bo‘shagan likopchalarni yig‘ishtirib yurgan to‘rt ayol Jamshidning ishorasi bilan sochilib yotgan pullarni tezlik bilan terib olishdi. Ular ishlarini yakunlamay turib bir yigit qo‘lida dastalangan pul bilan paydo bo‘ldi-da, yuztaliklarni ikki qator qilib xuddi poyandozday tera boshladi.


Qarg‘agin, loyiqman sening qahringga...

Yuz so‘mlik puldan iborat poyandoz hosil bo‘lgach, bazmxonada Asadbek ko‘rindi.




O‘zgalar qalbida mehr uyg‘otdim...
Asadbek pullarni bosmay, chetlab o‘tib, ashula aytayotgan kuyovi tomon yurdi. Yo‘l- yo‘lakay Jamshidni ko‘zi bilan izlab topib qovoq uyib qo‘ydi. Jamshid buni tushunib darrov xipchabellarga imo qildi. Ularga jon kirib, pullarni yig‘ishtirishga tushishdi.
Asadbek kelin-kuyovga yaqinlashib cho‘ntagiga qo‘l soldi. Ko‘pchilik bir dasta pul sochilishini kutgan edi. Asadbek hech bir to‘yda, yoki yig‘inda pul sochmagan. Uning bu odatini bilgan yaqinlari «o‘zining to‘yida bu odatini buzarmikin» deb o‘ylashgandi. Ular kutgan ish bo‘lmadi. Asadbek ikkita yuztalik chiqarib uzatdi.
Elchin boshqa olamda edi — egilmadi. Asadbek pul qistirolmadi. Unga Elchinning hozirgi holati begona edi. Shu sababli Elchinning egilmaganini mag‘rurlik belgisi sifatida qabul qilib g‘ijindi. U o‘zini mag‘lub his etdi. Ammo mag‘lubligini to‘yga yig‘ilganlar u yoqda tursin, yonidagi a’yonlariga ham sezdirishi mumkin emas edi. U darhol cho‘ntagiga qo‘l soldi-da, bir tutam yuztalik chiqarib, kuyovi ustidan sochdi. To‘yxonani qiyqiriq bosdi.
Asadbek ikkinchi cho‘ntagidan pul chiqarib uni qizi ustidan sochdi. Avval Kesakpolvon, so‘ng Chuvrindi xo‘jayinlari ishini takrorlashdi. Asadbek kulimsiragan holda to‘yxonadan chiqdi.

...Qarg‘agin, loyiqman sening qahringga...


Elchin ustidan pul yog‘ilardi... Tuyg‘ulari esa toptalardi...


Uning ko‘zlaridan sizib chiqqan yoshni hech kim sezmasdi, hatto Anvar ham...

...O‘zgalar qalbida mehr uyg‘otdim...





Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin