Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə26/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
shaytanat

3


Anvar o‘rin solayotgan xotinini yelkasidan quchdi. Xonzoda cho‘chib tushdi. Cho‘chiganini yashirish uchun tezgina o‘girildi-da, erining pinjiga kirdi — yelkasiga beozorgina bosh qo‘ydi.



  • Sizdan yana iltimos qilaman, — dedi Anvar uni bag‘riga bosib. — Hamma o‘ylasa ham, siz meni jinni demang. Hadeb oyimga yugurib chiqavermang. Men sog‘man. Men ishxonadagilar uchun jinniman. Ular mendan qutulishning boshqa chorasini topisholmadi.

  • O‘sha ishingiz ham quribgina ketsin. Boshqa ishlar to‘lib yotibdi-ku?

  • Yo‘-o‘q, u yerdan ketmayman. Avval ishimni bitirib olay. Endi chekinsam, rostdanam jinni bo‘laman. Bugun topib kelgan kitob-qog‘ozlarim ularni portlatib yuboradigan atom bombaning o‘zi. Tilka-tilka bo‘lib ketishadi.

Xonzoda erini gapirtirmaslik uchun lablari bilan lablarini qidirib topdi...
Xonzoda odati bo‘yicha yengil pishillay boshlagach, Anvar o‘rnidan turib mehmonxonaga chiqdi. Deraza osha osmonga tikildi.
Tund osmon yorishmadi.
«Chaqirsang kelamiz, deyishgan edi. Nima uchun daraklari yo‘q?..»


  1. b o b 1


Shaharning eng katta restorani ikki kun davomida Asadbek xizmatida bo‘ldi. Xonaki qimorbozdan tortib, orqa oynasiga oq parda tortilgan oq «Volga»larda yuruvchi zotlargacha xizmatda bo‘lishdi.
To‘yning daragini eshitib Zohid ham, garchi taklif etilmagan bo‘lsa-da, keldi. U boshqalardek yelib-yugurib xizmat qilmadi. Asadbekning ko‘ziga ko‘rinib, jilmayib, ta’zim ham qilmadi. Bir chetda turib kuzatdi. Xizmat restoran xodimlariyu xodimalaridan ortmasa ham, «qamishdan bel bog‘lab xizmat qilishni niyat etganlar» tinib- tinchishmasdi. To‘y harakatlari ichkarida bo‘lishiga qaramay, Asadbek turgan yerda ivirsishardi. Ayrimlari yugurib kelib, Asadbekdan maslahat olib ketardi. Ayrimlari shunchaki kirib-chiqib turardi. Ular orasida tanish odamlarini ko‘rib, Zohid «hokim deyishganicha bor ekan», deb qo‘ydi.
Zohid nikoh oqshomida kuyovning yonida Anvarni ko‘rib avvaliga ajablandi. Ustozi sabab bo‘lib, Anvar bilan bir-ikki suhbat qurgan edi. Adolat deb kuyinib yurgan yigitning adolatsizlik bilan topilgan pullar evaziga tuzalgan dasturxon to‘rida o‘tirishi unga g‘alati tuyuldi. Uning qarichi bilan o‘lchansa, Anvar do‘stining bu xonadonga kuyov bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim edi. Do‘stini qaytarolmagan taqdirda ham kuyovjo‘ra bo‘lib to‘rda o‘tirmasligi kerak edi.
Chumoli uyasidek qaynayotgan to‘yxonada Anvar ham Zohidni ko‘rib, «Bu yigit nima qilib yuribdi?» deb ajablandi. «Xizmati yuzasidandir» degan gap xayoliga kelmay biroz g‘ijindi.
Zohidning to‘yda ishtirok etayotganini faqat Anvar emas, Asadbekning odamlari ham
payqashdi. To‘y o‘z yo‘liga, xizmat o‘z yo‘liga, deganlaridek, Asadbekning odamlari hushyor va ziyrak edilar. Kim keldi, kim ketdi, kim nima dedi — ularning nazaridan chetda qolmas edi. To‘ydagilarning qariyb yarmi taklif etilmasalar-da, Asadbekka sadoqatlarini bildirishib, o‘z ixtiyorlari bilan kelishgandi. Zohid ham taklif etilmaganlar safida, ammo uning maqsadi Asadbek odamlari uchun noaniq edi. Shu sababli «Sharif Namozov ishini ko‘rgan, hozir Shilimshiqning ishi bilan shug‘ullanayotgan» «bola»ning kelganini Asadbekka ma’lum qilib qo‘yishdi.

  • Yeb-ichib o‘tiraversin, indamalaring, — dedi Asadbek. Keyin yonida qo‘l qovushtirib turgan Kesakpolvonga qaradi. — Haydar, direktoring ko‘rinmadimi?

  • Kishinyovda o‘tiribdi. Samolyoti uchmayotganmish.

  • Prokuror bolaning akasi o‘ldirilgan, devdingmi?

  • Ha, shunaqa bo‘lgan ekan.

  • Prokuror bola.... tuzukroq odammi?

  • Bu yoqda hali tuzukroq ish bermadi. Milisadaligida sal o‘jarroq ekan. Odam bo‘lishi qiyin-ov...

  • Xo‘jayini nima deydi?

  • Odam bo‘lmasa dumini tugadi-da...

  • O‘zing ham urinib ko‘r. Oyog‘imiz ostida o‘ralashmasin. Kavkazlik bolalarni topdilaringmi?

  • Yo‘q, izi quribdi. Ularni akademik topgan bo‘lishi kerak. Prokuror bolaga o‘shani ro‘para qilaymi?

Asadbekka bu taklif ma’qul tushganday bo‘ldi. So‘ng Zelixon izidan is olgan prokuror oqibat Elchinga ro‘para kelishini o‘ylab, fikridan qaytdi.

  • Yo‘q, — dedi u keskin ohangda. — Unga tegmalaring.

Zohid «yuqori doiralarning» o‘zi haqida so‘z yuritayotganidan bexabar, «meni bu yerda hech kim tanimaydi», degan xotirjam o‘yda to‘y tamoshasini kuzatardi. Uning nazarida xonandalar ustidan sochilib, xipchabel raqqosalar oyog‘i ostida bosilayotgan pullar qog‘ozdan emas, odam qonidan ishlangan edi. Mast basharalar sanchqiga hil-hil pishgan qo‘y go‘shtini emas, odam go‘shtini ilib og‘izga solishayotganday edi... Shuni o‘ylaganida ko‘ngli ag‘darilib ketayozdi. Go‘yo ashulachi san’atini qadrlaganday pul sochayotgan, aslida o‘z qudratini, ayni choqda, Asadbekka bo‘lgan e’tiqodini namoyish etayotgan bu kiborlarning qay biri Jalol Komilovning erkakligini kesib tashlagan ekan, qay biri yuragiga pichoq sanchib, qay biri osib qo‘ygan ekan? Zohid «bu vahshiylik faqat mafiyaning qo‘lidan keladi, guruhlar orasida ixtilof chiqqanu Komilov qurbon bo‘lgan», degan qarorga kelgan edi. Bu vahshiylik «ijodkori» pul sochayotganlar emas, qo‘shiq aytib ko‘pning dilini o‘ziga rom qilishi mumkin bo‘lgan, hozir esa to‘rda kuyov saruposida o‘tirgan Elchin ekani xayoliga kelmaydi. Bu haqiqat tagiga yetgunicha ko‘p qoqiladi, peshonasi ko‘p g‘urra bo‘ladi...



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin