Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə34/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
shaytanat

Birgina men qayrag‘och Etagida benurman!
Kun nuridan mahrumman, Na g‘ulomman, na hurman!...



  • Yoshlik qilibsiz. Hali pushaymon yemasangiz edi...




  • Fazilatim, kam ila ko‘stim Sizga ayon, olmoq kerak tan...

O‘zim mergan bo‘lmagach, do‘stim, Kimlarningdir otgan o‘qiman...

Har nechuk Xolidiy temirdan emas, barcha bandalar kabi «loydan yasalgan» ekan. Ko‘kragida uyg‘ongan g‘azab ummoni to‘lqinlarining mavjini vujudi sig‘dirolmay portladi.



  • Yo‘qol! — dedi tishlarini g‘ijirlatib. Tishlar g‘azab vulqonini to‘sib qolmoq qasdida g‘ijirlar edi. Boya dahlizda «etti oylik bo‘lib tug‘ilmaganmisiz?» degan savoldan so‘ng kuch to‘play boshlagan vulqon qudrati tishlardan qudratliroq edi. U o‘rnidan shart turib baqirdi: — Yo‘qol, gazzanda! Men seni odam deb jinnixonadan chiqarib oldimmi hali! Anvar masrur edi. U o‘rnidan yengil turdi. Go‘yo uni uzoq yillar ezib kelgan g‘am xarsanglari Xolidiyning baqirig‘idan so‘ng yelkasidan ag‘darilganday bo‘ldi. U otgan o‘q bexato tegdi. G‘animi yarador holda oyoqlari ostida tipirchilardi. Endi yurakka nayza sanchishi kerak. Bu nayzani keyingi so‘zlari bilan Xolidiyning o‘zi uning qo‘liga tutqazdi.

  • Siz sal yanglishdingiz, «ustoz». Siz menga otalik qilib, davolansin, deb jinnixonaga yuborgan edingiz. Meni u yerdan Asadbek chiqarib oldi, — dedi jilmayib. U oq-qorani ajratib olgan olim emas, o‘rtog‘iga maqtanayotgan bolakay kabi jilmaydi.

  • Kim deding?

  • Asadbek! — Anvar bu ismni faxr bilan tilga oldi-da, chiqib ketdi.

«Bu bolaning mafiyaga nima aloqasi bor ekan?» deb o‘ylab qoldi Xolidiy.


  1. b o b 1


Bir gala farrosh lo‘li xotinlarga yakka o‘zi bas kelib, ularning nozik nuqtalaridan ushlab — mag‘lub etib, idoradan chiqarib yuborgan boshliq esingiz- dadir? Xuddi o‘sha boshliq
Zohidga telefon qildi. Zohid xizmatga barvaqt kelgan edi. Telefonning jiringlashini dahlizda eshitib, eshigini shoshib ochdi-yu, tez-tez yurib borib go‘shakni ko‘tardi.

  • O‘rinbosarimni chaqirtirdim, kecha oqshomda keldilar, — dedi boshliq, salomlashgach. Zohid uning ovozida qandaydir horg‘inlik sezdi. «Kechasi bilan uxlamay meni qidirganmi, nima balo?» deb o‘yladi.

  • Dam olishning ham beliga tepibsiz-da, — dedi Zohid, yasama lutf bilan. Lutf yasama bo‘lsa-da, boshliqning vatanparvarlik tuyg‘ularini jo‘shtirib yubordi:

  • Ishlaridan ishkal chiqib turganda dam olishga balo bormi? Men, ko‘nglim sezgan ekan, boshidayoq «uzoqqa ketmang», devdim. Bu qari byurokratlarga qayta qurishning mohiyatini tushuntirib bo‘lmayapti.

  • O‘rinbosaringiz bilan qachon ko‘rishishim mumkin?

  • Hozir desangiz, hozir yetib boradilar.

Boshliqning jonkuyarligi sababi Zohidga ayon edi. Bunaqa zotlar ishni qayta qurishga emas, zamonga moslashtirishga usta bo‘lishadi. Idoraning har qadamiga qayta qurish afzalliklari haqida shiorlar osib tashlashadi. Agar uylarida, aniqrog‘i, yotoqlarida, yanada aniqroq aytilsa — to‘shaklari ustida «Xotin — qayta qurish avangardi!» degan shiorga ko‘z tushsa, sira ajablanmaslik kerak.
Zohidga ayon bo‘lgan sabab shuki, idoradagi moliyaviy nayranglarning bir uchi qonun himoyachilariga endi ma’lum. Jalol Komilov nomiga yozilgan maoshu mukofotlar hisoblansa, falon so‘m bo‘ladi. Uning hammasini, shubhasiz, o‘rinbosar yemaydi.
Aksincha, eng kam ulush unga tegadi. Boshliq o‘rinbosaridan ko‘proq oladi, ammo u ham o‘z navbatida yuqoriga uzatadi. Nyuton boshiga olma tushganida Yerning tortish qonunini ixtiro etgan ekan. Kimyodagi zanjir reaktsiyasini topgan olim rahbariyatning pora taqsimlash usuli va san’atidan ilhom olgan bo‘lsa ne ajab?
Boshliqning shu «zanjir reaktsiya» avjiga chiqmay turib, birinchi halqadayoq ishni bir yoqlik qilish maqsadida ekanini eng landavur tergovchi ham tushunadi. Xudoga shukrki, Zohid undaylardan emas.
O‘rinbosar chindan ham tezgina yetib keldi. Yaratilganda Xudoda haqqini qoldirmagan, deb shu bandaga aytilsa kerak. Xudo bo‘ydan urganida u eniga qo‘shtirib olgan, «falon yoshida boshidan sochi to‘kilib kal bo‘ladi», deb yozug‘ bitilganida boshdan to‘kiluvchi sochni ko‘kragiga, jag‘iga ko‘chirgan — ko‘krakdagi jun ko‘pligi va uzunligidan ko‘ylak yoqasidan chiqib, ko‘rgan odamning g‘ashini keltirardi. Kunda ikki marta qirtishlamasa bo‘lmaydigan soqol esa, yonoqlarining naq cho‘qqisiga qadar bostirib borgan. Yana bir harakat qilsa, soqol deganlari kipriklaru qoshlarga qo‘shilib ketishi hech gapmas.
O‘rinbosarga salobat baxsh etib turgan ko‘zoynak gardishining pastki qismi aynan soqolning o‘sha chegarasiga qadaladi.
O‘rinbosarning Yaratgandan undirgan eng ulug‘ ne’mati — ko‘zlari. Bunaqa muloyim boquvchi, uzun kipriklar bilan himoyalangan ko‘z qizlarda ham kam uchraydi. O‘rinbosar Zohidning xonasiga kirdiyu darsga kech qolgan boladay boshini egib, yer ostidan qarab qo‘ydi. Asta so‘z boshlasa, ko‘zlari shunchalar muloyim boqardiki, odam o‘ldirib kelgan taqdirda ham hibsga olish haqidagi qarorga imzo chekishga qo‘l bormasdi. U gavdasiga monand semizgina jigarrang sumka ko‘tarib olgan edi. O‘rinbosar Zohidning ro‘parasiga o‘tirib, sumkani tizzasiga qo‘ydi-da, «qamaysizmi yo rahm qilasizmi?» deganday mo‘ltillab qaradi.

  • Boshlig‘ingiz aytgandirlar, a? — dedi Zohid.

  • Aytdilar, yaxshi ish bo‘lmabdi. Ammo biz bu pullarni o‘zimiz yeb yuborganimiz yo‘q. Birovning haqidan qo‘rqamiz. O‘zingiz bilasiz, shahar katta, keldi-ketdi ko‘p. Mehmon- izmon kutishning o‘zi bo‘lmaydi. Oldin hukumat uncha-buncha pul ajratardi. Endi u ham yo‘q. O‘nta mehmonni kutasan, deyishadi, tamom. Yeb-ichib ketsa ham mayli. Maskov

tomondan kelganlar sovg‘a-salomga o‘rganib qolishgan.
«Boshliq ikkovi chindan ham uxlamaganga o‘xshashadi, — deb o‘yladi Zohid, uning gaplarini eshitib. — O‘rinbosar balogardonlikni bo‘yniga olgan. Uydagi topgan-tutganlari tunda yashirilib, uy bir g‘arib holga keltirilgan. Balki «qamab qo‘yishadi», deb xotin,
bola-chaqalari bilan xayrlashib ham kelgandir. Boshliq hozir xonasida qilt etmay o‘tiribdi. Kotibasiga «men yo‘qman», deb tayinlagan. O‘rinbosari hibsga olinganini eshitishi bilan idorada majlis to‘plab, qayta qurish dushmanlari fosh etilgani, ularga qarshi ayovsiz kurash olib borish lozimligi masalasini kun tartibiga qo‘yadi...»
Zohid tinmay gapirayotgan o‘rinbosarga qarab turib telefon go‘shagini ko‘tardi-da, boshqarmaga qo‘ng‘iroq qildi.

  • Da, alo, eshitaman, — degan ovozni eshitib, o‘rinbosarga qaradi. O‘rinbosar telefon raqamlari terilayotgandayoq jim bo‘lib, bir oz ajablanish, bir oz xavotir bilan unga tikilib o‘tirgan edi. Zohid boshliqning ismini tilga olgach, o‘rinbosarning butun vujudi quloqqa aylandi.

  • Qudrat akam yo‘g‘iydilar, sekaga ketuvdilar. Kim so‘ravotdilar? Kelsalar nima deb qo‘yiy? — dedi kotiba.

  • Men prokuraturadanman. Sharipovman, — dedi Zohid sovuq ohangda.

  • Voy, to‘xtang-chi, hali ketmaganga o‘xshaydilar...— Kotiba sukut saqladi. — Ana, qaytib kevottila.

  • Eshitaman, o‘rtoq Sharipov. Ko‘nglim sezgandek izimga qaytuvdim, tinchlikmi?

  • Ha, tinchlik, o‘rinbosaringiz yetib keldilar. Xavotir olmang, demoqchi edim, — Zohid gapni kalta qilib, go‘shakni joyiga qo‘ydi.

O‘rinbosar uzilgan gapini davom ettirmadi. Biroz o‘yladi. Zohidning bu kichik «o‘yini» samara bergan, tunda o‘ylab-pishitilgan reja darz ketgan edi. Uzun kipriklar himoyasidagi ko‘z iltijoli boqdi:

  • Pullarni boshliqqa berardik, o‘zlari sarflar edilar...

  • Pullar masalasida boshqa o‘rtoq shug‘ullanadi. Siz menga bir gapni ayting: Jalol Komilovni oxirgi marta qachon ko‘rgansiz?

  • Jalol Komilov o‘ldirilganda men yo‘q edim.

  • Buni bilamiz. Oxirgi marta qachon ko‘rgansiz?

  • Yangi yildan keyin. Uchastkovoyga spravka berishi kerak ekan.

  • Kayfiyati qanaqa edi, ust-boshi qanaqa edi?

  • Kayfiyati... yaxshi. Sal kayfi bor edi. Ustida oq po‘stin. Telpagi ham toza teridan.

  • Nimada keldi?

  • Taksi haydayotgan ekan. Meni bir joyga olib borib qo‘ydi... pulini berdim.

  • Taksichilik qilayotgan bo‘lsa, nima uchun sizdan spravka so‘radi?

  • Taksi birovniki bo‘lsa kerak?!

  • Birovning taksisini bemalol minib yurish mumkin, deb o‘ylaysizmi? O‘rinbosar «kim biladi?» deganday yelka qisdi.

  • Nima haqda gaplashdinglar?

  • U yoqdan, bu yoqdan...

  • Aniqrog‘i?

  • Sibirdan kelgan ekan.

  • Sibirga nima uchun boribdi?

  • Uch-to‘rt yil ishlabdi. Menam sizga o‘xshab so‘rovdim, «komsomol yo‘llanmasi bilan borib keldim», dedi. BAMga borgandir, deb o‘ylabman.

  • Sizda «ishlaydi», degan ro‘yxatda turardi. Uning asosiy ishi nima edi? Chayqovchimidi, o‘g‘rimidi?

  • Unisini bilmayman.

  • Uncha-buncha uzatib turarmidi?

  • Yo‘q, bunaqasi bo‘lmagan.

  • Uni siz ishga olganmisiz?

  • Ha.

  • Kim tavsiya etgan?

  • Xo‘jayin-da, mana arizada qo‘llari bor, — u shunday deb sumkani ochmoqchi bo‘ldi.

  • Kerakmas, ko‘rganman, — dedi Zohid uni to‘xtatib. — U xo‘jayiningiz olamdan o‘tib ketgan. Arizaga u kishi imzo chekib, siz buyruq bergansiz.

  • Tartib shunaqa-da.

  • Komilov qaerda yashagan?

  • Bilmayman.

Shu yerga kelganda o‘rinbosar ko‘zini olib qochdi. Zohidga shuning o‘zi kifoya qildi, ko‘z ochirmay savol o‘qlariga tutish lozimligini angladi:

  • Komilov sizni taksida qaerga olib borib qo‘ydi?

  • Esimda yo‘q.

  • Eslang.

  • Omborxonaga edi, shekilli.

  • Aniqmi?

  • Ha, aniq.

  • Omborxona qaerda?

  • Qo‘yliqda.

  • Atayin sizni olib bordimi yo o‘sha yoqda ishi bor ekanmi?

  • Bilmadim, olib bordi, pulini berdim.

  • Omborxonadan chiqquningizcha kutib turdimi?

  • Yo‘q.

  • Nima uchun xizmat mashinangizda bormadingiz?

  • Mashina buzuq edi.

  • Siz idoradagi g‘irromliklar uchun javobgarlikka tortilasiz, buni bilasiz. Lekin uning yoniga yolg‘on guvohlik berish qo‘shilsa, nima bo‘lishini bilmaysiz. Siz balki qotil emasdirsiz, lekin qotilni yashirishga urinayotganingiz aniq.

  • «Balki qotil emasdirsiz», deganingiz nimasi? Nima uchun men qotilni yashirishga urinarkanman?! — Boshqa erkak bo‘lganida bu gaplarni po‘pisa ohangida aytardi.

O‘rinbosar esa qo‘y ko‘zlarini qo‘riqlab turgan uzun kipriklarini pirillatib, titroq ovozdan aytdi.

  • Qotil topilmaguniga qadar marhumni tanigan, bilgan odamning har biridan gumon qilamiz.

  • Oldin «sizdan gumonimiz yo‘q», dedingiz-ku?

  • Ha, shunday dedim, — Zohid «bu balo-ku», deb qo‘ydi o‘zicha. — Kelganingizda shu fikrda edim. Gapni chalg‘itishingiz bilan gumonsiray boshladim. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda siz o‘sha kun Komilovning uyiga borgansiz.

  • Kim aytdi?

  • O‘z ko‘zi bilan ko‘rgan odamlar. Yuzlashtiraymi? O‘rinbosar boshini egdi.

  • Yo‘q, — dedi sekin, mag‘lub odam ovozida. — Kerakmas. Sibirdan ul-bul olib kelgan ekan. Keyin... «Oltin halqa» deganidan bor-ku, shundan bir qultumdan...

  • Sovg‘a ham qildimi?

  • Pulini berdim, sovg‘amas.

  • Nimalar sotib oldingiz? — Zohid uning mushkulini oson etish uchun «sotib oldingiz» degan so‘zlarga atayin urg‘u berdi.

  • O‘zimga telpak oldim. Uch yuz beruvdim, yuzini qaytarib berdi. Sizdan foyda olmayman, dedi. Qizlarimga atab ham ul-bul...

  • Sizdan nimani iltimos qildi?

  • Hech narsani.

  • Yashirmang.

  • Uy to‘g‘irlab bering, dedi. «Sargardonlik tugadi, uch xonali uy to‘g‘irlab bersangiz, bola-chaqa qilib o‘tiraman», dedi.

  • Siz uyni qanday to‘g‘irlab bermoqchi edingiz?

  • Men xat qilib bersam bas, qolganiga o‘zining ishonchli odamlari bor ekan.

  • Kim?

  • Bilmayman.

  • Hosilboyvachchami, Markanyanmi?

O‘rinbosar bir cho‘chib tushdi-yu, boshini egdi. Odam emas, toshbaqa bo‘lib yaralganida hozir boshini kosasi ichiga olib, ochidan o‘lib ketsa ham, chiqmay yotaverardi.

  • Bilmayman, bunaqa odamlarni tanimayman.

  • Asadbek deganini-chi, eshitmaganmisiz? O‘rinbosar tashvishlanib, tezgina qarab oldi.

  • Tanimayman.

  • Komilovning uyi qaerda?

  • Sebzorda.

  • Aniqrog‘i?

  • Nechanchi uyligini bilmayman.

Zohid telefon go‘shagini ko‘tarib, shahar jinoyat qidiruv bo‘limida Komilovning ishi bilan shug‘ullanayotgan inspektor Maqsud Solievga qo‘ng‘iroq qildi-da, Sebzorga yetib kelishini, depara bo‘limidan Tolipovni ham chaqirishini so‘radi.
Mayor Solievni bu ish bilan shug‘ullanuvchi guruhga Zohidning talabi bilan qo‘shishgan edi. O‘ttiz yildan beri shu sohada ishlayotgan mayorni Zohid dorilfununda o‘qib yurganidan beri biladi. Talabalik yillarida amaliyot bo‘yicha yo‘llanma bilan kelib, shu mayor bilan ishlagan edi. Dastlab «nima uchun mayor, nima uchun oddiy inspektor», deb ajablandi. Keyin uning fe’lini o‘rganib, yaxshi ko‘rib qoldi. Xo‘jayinlarning otgan o‘qi bo‘lmay, kimlargadir emas, faqat haqiqatga xizmat qilishni burchi deb bilgan bu odamga Zohid ixlos qo‘ygan edi. Zohidga Namozov ishi topshirilganda mayor safarda edi.
Shilimshiq ishi boshlanganida Zohidning baxtiga u safardan qaytdi-yu, darrov qidiruv guruhiga qo‘shildi.

  • Qani, turing, Komilovning uyiga boramiz, — dedi Zohid.

O‘rinbosar mutelik bilan o‘rnidan turdi. Uning xotirasi yaxshimi yo bir necha marta keganmidi, harxolda Komilovning uyini hech bir adashmay topib bordi.

2


Shilimshiq uch xonali uyning bir xonasini ijaraga olgan ekan. Yoshi ellikdan oshgan, ammo keksalik hukmiga hali-beri bo‘ysunmaydigan ko‘hlikkina ayol ularni oshkora noxushlik bilan qarshi oldi. Shilimshiqning xonasida bitta yig‘ma karavot, oyog‘i liqillab turgan eski ustol, ikkita ustulgina bor edi. Ustullarning biri kiyim ilgich vazifasini o‘tardi. Kiyimlar ustma-ust betartib ravishda tashlab qo‘yilgan. Ustol ustida qotgan non bo‘laklari, shishasi jimjimador «Oltin halqa» deb atalgan aroq, yuvuqsiz to‘rtta piyola, jo‘mragi chegalangan choynak turardi.



  • Siz kelganingizda uy qanday ahvolda edi? — deb so‘radi Zohid O‘rinbosardan.

  • Xuddi shunaqa. Olib kelgan narsalarini sotib, mebel olmoqchi ekan.

  • Narsalarni qaerda saqlarkan?

  • Chamadonidan olib berdi. — O‘rinbosar shunday deb yig‘ma karavot ostidagi jomadonni imlab ko‘rsatdi.

Soliev bilan Tolipov ikki qo‘shni guvohligida tintuv boshlashdi. Zohid esa uy bekasi bilan gaplashish uchun narigi xonaga chiqdi. Beka gapini Jalol Komilovni yaxshi bilmasligini ma’lum qilishdan boshladi. Zohid bundan «Meni so‘roq qilib ovora bo‘lmang», degan ma’noni uqdi. Shu sababli tergovni an’anaviy tarzda ikir-chikirdan emas, ayol kutmagan holda boshladi:

  • Komilov uyingiz kirib kelganida qo‘lida nechta chamadon bor edi?

  • Esimda turibdimi? — dedi ayol, to‘g‘ri javobdan bo‘yin tovlab.

  • Eslashga harakat qiling. Oradan bir yil o‘tmadi-ku?

  • Esim o‘zi sal shunaqaroq, — dedi beka, piching bilan.

Zohid «hozir sayrab yuborganingni o‘zing ham bilmay qolasan», deganday mug‘ambirona kulimsirab qo‘ydi-da, yon cho‘ntagidan rasm chiqarib unga uzatdi. Beka rasmdagi dahshatli manzarani ko‘riboq seskanib tushdi. «Vot ujas!» deb ko‘zlarini chirt yumdi. Xuddi kalima qaytarganday bir nima deb pichirladi. Zohid undan ko‘z uzmay tikilib turaverdi. Ko‘kraklari orasidagi ariqcha ko‘rinib turgan, xudosi pardoz-andoz bo‘lgan bu ayolning kalima keltirishi mumkinligiga Zohid ishonmasdi. Shu sababli uning nima deb pichirlaganini bilishga qiziqdi.

  • Gapingizga tushunmay qoldim, qaytaring.

  • Odamlar vahshiy bo‘lib ketishgan, — dedi ayol ko‘zini ochib.

  • Kim qilgan bo‘lishi mumkin?

Ko‘zlaridan kiborlik pardasi ko‘tarilgan beka Zohidga qovoq uyib qaradi:

  • Nima, meni qotillarga sherik, deb o‘ylayapsizmi?

  • Kasbimiz shunaqa. Haqiqat ochilmaguncha hammadan gumonsiraymiz.

  • Unda meni olib borib qamang, oting! — ayol zarda bilan o‘rnidan turdi.

  • O‘zingizni bosing, joyingizga o‘tiring. Savollarimga javob bering, — Zohid keskin- keskin gapirib, ayolning zardasi sariq chaqa ekanini ma’lum qilib qo‘ydi. — Qo‘lida nechta chamadon bor edi, esladingizmi?

  • Bitta... yana bitta to‘r xalta bor edi.

  • Kiyimlari qanaqa edi?

  • Ag‘darma po‘stin, boshida telpak.

  • Oyog‘ida-chi?

  • Kalta qo‘njli etik.

  • Sovuq joydan kelibdimi?

  • Ha, Novosibirskda ikki yil yashabdi.

  • Nima uchun?

  • Akademiyada ishlabdi. Dissertatsiya yozibdi.

  • Ilmiy ishi nima haqda ekan, aytmadimi?

  • Men so‘ramadim. Ilmga toqatim yo‘q.

  • Uyga tanishlari kelib turarmidi?

  • Bir-ikkitasi kelgan.

  • Erkakmi, ayolmi?

  • Hm... Erkak bo‘lganidan keyin xotin boshlab keladi-da. Buning nimasi yomon? Zohid o‘rnidan turib dahlizga chiqdi-da, qo‘shnilar bilan o‘tirgan O‘rinbosarni imlab chaqirdi.

  • Uyga kelganingizda bu ayol bormidi?

  • Ha.

  • Siz uni taniysizmi?

  • Yo‘q... Ochig‘i... Jalol meni uyga qo‘yib, o‘zi bir yoqqa ketdi. Sanginaxon bilan biroz chaqchaqlashib o‘tirdik.

  • Qani, yuring. — Zohid uni beka o‘tirgan uyga boshladi. — Mana bu kishiga qarang, kelganmilar?

Ayol O‘rinbosarga bepisand qarab oldi:

  • Esimda yo‘q.

  • Ertagacha eslab, soat o‘nda prokuraturaga borasiz, — Zohid shunday deb ko‘krak cho‘ntagidan chaqiruv qog‘ozi olib, yozdi-da, bekaga uzatdi.

  • Men o‘nda borolmayman, — dedi ayol, — ishdan ruxsat berishmaydi.

  • Beshik to‘yiga deb so‘rasangiz balki ruxsat berishmas. Lekin chaqiruv qog‘ozini ko‘rsatsangiz ijozat tegadi. Gaplaringizga qaraganda qonunni yaxshi biladiganga o‘xshaysiz. O‘zingizni go‘llikka solmang. Sizga esa, — Zohid O‘rinbosarga yuzlandi, — hozircha ruxsat. Kerak bo‘lganingizda o‘zimiz chaqiramiz. Shahardan chiqmay, uzoqqa ketmay turing.

  • Shunaqa paytda qayoqqa ham ketardim. Qo‘limdan kelgan xizmatni ayamayman, — O‘rinbosar shunday deb xayrlashib, chiqdi.

Shilimshiqning xonasida tintuv tugab, ekspert piyoladagi barmoq izlarini olayotgan, suratchi fotoapparatini g‘ilofiga joylayotgan, Hamdam esa kiyim-kechaklar ro‘yxatini yozib o‘tirgan edi. Maqsud Soliev esa deraza rahiga suyanib, o‘yga botgan holda turardi. Zohid ish oxiriga yetishini kutib o‘tirdi. Guvohlar ro‘yxatga imzo chekishgach, mayor Soliev ularni qo‘shni xonada yana ozgina kutib turishlarini iltimos qildi.

  • Bor bisoti shu ekanmi? — dedi Zohid, ular chiqib ketishgach.

  • Ha. Boylik talashganga o‘xshamaydi, — dedi Hamdam.

  • Xonima nima deydi? — deb so‘radi mayor.

Zohid suhbat bayonini ma’lum qilib, O‘rinbosarning ma’lumotini ham qo‘shib qo‘ydi.

  • Shilimshiq Sibirdan quruq kelmagan, bu aniq. Begona ayolning uyiga ham qo‘nmaydi. Hamdam, sen bugun uy bekasining kim ekanligini aniqlab qo‘y, — dedi Soliev, — Shilimshiq bir joyga chiqib kelgan bo‘lsa, demak, mollari boshqa yerdaligi aniq. Qaerda, nimasi bor uning? O‘smirligida qamalganidan beri sip-silliq yurishida bir gap bordir.

Qotilini topganimiz bilan ish bitmas, daraxt ildizi chuqurroqdir. Ildizni kavlashga daraxt egalari, bog‘bonlari yo‘l qo‘yisharmikin? Axir bu anov-manov daraxt emas. Bog‘bonlarni boqib turadigan, soyasidan bahramand etadigan daraxt-a! — Soliev shunday deb Zohidga qaradi. Lekin undan javob kutmay, ustol ustidagi jomadonga yaqinlashdi. Xuddi og‘irligini chamalaganday ko‘tarib ko‘rdi. — Hamdam, guvohlarni chaqir. Chamadonning bahridan o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Guvohlar kirgach, cho‘ntagidan bukma pichoq chiqarib, Hamdamga uzatdi. Hamdam xuddi usta bichiqchiday ildam harakat qilib, jomadon astarini yirtdi. Harakatlari zoe ketib, jomadondan arzirli hech nima chiqmadi. Shundan so‘ng guvohlarga ruxsat berildi.

  • Men hozir sen bilan birga boraman, — dedi Soliev Zohidga. — Shilimshiqdan qolgan narsalarni o‘zim bir ko‘ray.



3


Mayor Soliev Shilimshiqdan qolgan bisotlarga avval tikilib turdi. So‘ng ko‘zoynagini taqdi-da, qo‘liga tilla zanjirli medalonni oldi.



  • «Lyubimoy Lene ot Pavla»... Bu qaerda ekan?

  • Bo‘ynida. Barmog‘ida anavi tilla uzuk. Cho‘ntagida pul. Hech narsasiga tegishmagan,

  • dedi Zohid.

  • Lenasi kim bo‘ldi?

  • So‘rov tarqatganman. Javobi balki Sibir tomonlardan kelar.

  • Boshqacha javob bo‘lishi mumkin emasmi? Sen bu odam Lena deganni o‘ldirib, zanjirini tortib olgan deb o‘ylayapsanmi? Uni arzon-garovga sotib olgan bo‘lsa-chi? Balki izni yashirish, bizni chalg‘itish uchun qotillar bo‘yniga ilib ketishgandir?

  • Ikkinchi gumoningizga o‘rin yo‘q. Ekspertiza zanjir bo‘ynida, uzuk barmog‘ida uzoq vaqt turganini tasdiqladi. Birinchi gumoningiz ham haqiqatdan uzoqroq. Agar Komilov to‘dalarga aloqador odam bo‘lsa, bunaqa arzon-garov narsa sotib olib bo‘yniga osib yurmas.

Soliev Zohidga qarab, kulimsirab qo‘ydi. Yigitning fikridagi mantiq unga ma’qul keldi. Shilimshiqning cho‘ntagidan puldan tashqari har xil qog‘oz parchalari chiqqan edi.
Cho‘ntakda yurib bir oz uringan, ammo teshilmagan tramvay pattalari Solievning diqqatini tortdi.

  • Komilov tramvayda yurgan ekanmi? — dedi u, pattadan bittasini olib, sinchiklab qarab. — Tagida mashina bo‘lsa...

  • Mashina o‘limidan o‘n kun oldin o‘g‘irlangan.

  • Yoki olgan, — deb izoh berdi Soliev.

  • Olganligi haqiqatga yaqin, lekin isbotlanmagan haqiqat. Pattani esa do‘konlarda qaytim o‘rniga ham berishadi.

  • Agar bu to‘daga aloqador shaxs bo‘lsa, qaytimga patta olmaydi, bu bir. Bular tiyinlarning farqiga borishmaydi. Tramvayda yurmaydi, bu ikki. Tramvayga chiqib qolguday bo‘lsa ham haqini to‘lamaydi, bu uch.

  • Nimaga to‘lamaydi?

  • Sababi oddiy. Ba’zan yodlaridan ko‘tariladi. Chunki patta to‘lash odat tusiga kirmagan. Ba’zan to‘lagilari kelmaydi. Puldor odam minglab so‘mlarni behuda sovurishi mumkin. Lekin tiyin ishlatishda xasisligi tutadi. Xo‘sh, bu odamga tramvay pattasi nima uchun kerak?

Zohid buni o‘ylab ko‘rmagan edi. Tilla buyum, pul turgan paytda arzimagan tiyinlarni tashkil etuvchi tramvay pattasi haqida bosh qotirish lozimligi xayoliga kelmabdi. Hozir ko‘pni ko‘rgan mayor bunga e’tibor bergach, o‘ylab qoldi.

  • Agar u Sibir tomonlarga gastrolga borgan bo‘lsa, quruq qaytmagan. Qolaversa, gastrolga bir o‘zi borganmi? Balki sheriklaridan biron narsani yashirib, nomardlik qilgani uchun jazosini olgandir? Buyumlarini qaerga yashirgan? Eng qulay joy temir yo‘l bekati yoki aeroportdagi yukxona emasmi? Pattadagi raqamlar yukxona tilsimi emasmikin?

Zohid pattani qo‘liga olib, Solievga ajablanib qaradi.

  • Qanaqasiga?

  • Aytaylik — 391829. «3» yoki «39» yukxona belgisi, «1829» esa tilsim raqami. Yukxonalarni taftish qilish kerak. Taftish uchun shahar prokurorining ruxsatini ol. Bu tilsim ko‘p narsaning sirini ochadi. Men ungacha mashinani bir ko‘ray.

Yongan mashinadan nima qolardi? Qorayib yotgan moshinasifat tunuka ichi Solievga qadar ham titib chiqilgan edi. Shunga qaramay mayorga atalgan narsa ham bor ekan. Chaqaloqning kaftiday keladigan uchburchak tunukacha olovda qog‘ozday bujmayib qolgan edi. Soliev uni avaylab olib, ro‘molchasiga o‘radi.

4


Taksoparkning boshqoni chiqib ketgach, Asadbek Kesakpolvonga qaradi:



  • Ishni xom qilgan ekansan, — dedi u, norozi ohangda. — Mashina o‘g‘irlangani haqida xabar berib qo‘yish kerak edi.

  • Murdani ham yoqib yuborish kerak edi, — dedi Chuvrindi, Asadbekning gapini

ma’qullab. — Barmoq iziga qarab, kimligini aniqlashgan. Endi kavlashtirib yotishibdi.

  • Vahima qilavurma. Bir joyni tatalab teshib chiqishi uchun temirdan tirnoq kerak, — dedi Kesakpolvon, peshonasini tirishtirib. U Asadbekning tanqidini og‘ir olmasdi, ammo gapga Chuvrindi aralashsa, ensasi qotardi, kamchiligini bo‘yniga olishni sira istamasdi.

  • Hozir temir tirnoqlar paydo bo‘lgan, — dedi Asadbek.

  • Temir tirnoqlarning ham oshqozoni, jig‘ildoni bordir? — dedi Kesakpolvon, bo‘sh kelmay. — Shilimshiqni oldirib kel, deding, bir kunda oyog‘ini yerga tekkizmay oldirib keldim. Hofizga ro‘para qil, deding ro‘para qildim. Uni biz o‘ldirganimiz yo‘q. Kavlashsa ham bizga ro‘para bo‘lishmaydi.

  • Yo‘lni biz tomonga burib yuboradigan ishlar ham bo‘lgan, — dedi Chuvrindi. — Haydar aka bir-ikki ishni bemaslahat qilganlar. Bugun yigitlarim muhim gap topib kelishdi. — Chuvrindi shunday deb sukut saqladi. «Aytaveraymi?» deganday Kesakpolvonga qaradi. Kesakpolvon o‘rnidan bir qo‘zg‘olib oldi.

  • Gapni chaynamay, aytavermaysanmi? — dedi jerkib.

  • Shilimshiq hali ham obodonlashtirish idorasida ro‘yxatda turgan ekan. U yerdagi haromilarga maoshi kerak bo‘lgan-da. Tergovchi o‘sha yergacha kavlab borgan.

Shilimshiq Tojimullaev bilan uchrashgan ekan.

  • Kim u? — deb so‘radi Asadbek.

  • Tojimullaev o‘sha idora boshlig‘ining muovini. Xullas, u tergovchini Sanginanikiga boshlab borgan.

Asadbek Kesakpolvonga o‘qrayib qaradi.

  • O‘shanikida turganmidi Shilimshiq? Sen menga boshqa gap aytgan eding-ku?

  • Men aytgan joy ishonsizroq chiqdi. Sangina puxta juvon.

  • U-ku puxta, ammo sen lattasan. Boshing bilan o‘ylaysanmi yo boshqa yog‘ing bilanmi?

  • Sen qaering bilan o‘ylasang, men ham o‘sha yerim bilan o‘ylayman. Ishning sassig‘i chiqqanda men aybdor bo‘lib qoldimmi? Shilimshiqni hofizga ro‘para qilganingda to‘y haqida gap yo‘q edi. Sen mardlik qilmoqchi eding. O‘zing ham kalta o‘ylagansan. Men o‘g‘ridan chiqqan odamman. Ishim yo chikka bo‘ladi, yo pukka.

Asadbek o‘rtog‘iga baqirib xato qilganini fahmlab, uni tizzasiga shapatiladi.

  • Jirillama. Men ham qimorbozdan chiqqan omi odamman. U o‘yinlarda bugun oshiq olchi turmasa, ertaga turadi. Endigi o‘yinlarda oshiq olchi turmagan kun o‘ldim, deyaverasan. Endi xato qilishga haqqimiz yo‘q. Men Shilimshiqni jazolashim zarur edi. Agar u jazosini olmasa, boshqa bir yigit uning izidan borar edi. Tartib bo‘lmasa, birov bizni bir tiyinga ham olmay qo‘yadi. «Mardlik» degan olifta gaplaringni qo‘y. Kim men chizgan chiziqdan chiqsa, Shilimshiqning orqasidan jo‘naydi. Ikkoving ham yigitlaringga aytib qo‘ylaring. Mendan keyin sen, sendan keyin Mahmudning aytgani qonun bo‘ladi.

«Kim ko‘proq aybli?» deb axlat titishingga yo‘l qo‘ymayman. Bu hukmni men chiqarganman! Mahmud, endi nima qilmoqchisan?

  • Hali bir to‘xtamga kelganim yo‘q. Tergovchi yaxshi hid oladigan iskovichga o‘xshaydi. Uning yoniga mayor Soliev qo‘shilgan.

  • Soliev? Kattalarning sho‘rini quritgan mayormi? Ishdan ketuvdi-ku? — dedi Asadbek. Mayor Soliev ikki yil burun bir qotillik izidan borib, yuqori amallarni egallab turgan odamlarning erka farzandlarini fosh qilgan edi. Bu ishni xaspo‘shlashga intilish yaxshi natija bermadi. Adolat qaror topganday tuyuldi, ammo Soliev iste’foga chiqishga majbur bo‘lgandi. Hozir Asadbek shuni nazarda tutib so‘radi.

  • Yangi yildan ishga qaytarishgan. Bir yarim yillik maoshini to‘lashgan, — dedi Chuvrindi.

  • Haydar, eshitdingmi? Temir tirnoq o‘sha bo‘ladi. Unda oshqozon ham, jig‘ildon ham

yo‘q.

  • Unda bu dunyoda yashamasa ham bo‘larkan.

  • Qani, tegib ko‘r-chi, ularga! — dedi Asadbek ovozini balandlatib. — Ishni osonroq yo‘l bilan yopish kerak.

  • Bir-ikkita kavkazlik topmasa bo‘lmaydi, — dedi Chuvrindi.

Asadbek uning maqsadini tushunib, Kesakpolvonga savol nazari bilan qaradi.

  • Haydar?

  • Haydarsiz ishlaring bitmaydimi?

  • Lattachaynarlik qilma.

  • Ikkitasi bor.

  • Mahmudga ber ularni. Mahmud, kallangni ishlatib, yo‘li bilan tergovchilarga ro‘para qil, xitlanishmasin. Haydar, ularning sharti qanaqa bo‘ladi?

  • Qoradori-da.

  • Qaerda bo‘lsa ham yetkazib beramiz. Sen Sanginani ko‘zdan yo‘qot.

  • Uvol bo‘lmaydimi?

  • O‘ldir deganim yo‘q, ko‘zdan yo‘qot dedim. Tergovchining akasini o‘ldirgan bolani topib uyiga tashlalaring. Sal eti o‘lib tursin.

  • Qaysi birini tashlaylik?

  • Nechta o‘zi?

  • Uch-to‘rtta bo‘lib o‘ldirishgan. Lekin o‘sha paytda bittasi qamalgan. Bittasi keyinroq do‘konda qo‘lga tushgan. Qolgan ikkitasining aybi kamroq deyishdi.

  • O‘sha asosiy ikkitasini toplaring.




  1. Yüklə 0,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin