Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə33/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
shaytanat

Dengiz ichra charx uruvchi girdobni Qaydan bilsin qirg‘oqdagi maysalar...



  • Mening bitta qo‘shnim imom. O‘sha aytadiki, bu dunyoda g‘iybat qilgan odamning tilini Xudo qiyomatda o‘n metr uzun qilib qo‘yarkan. Bu tilni odamlar bosib-yanchib yuraverar ekan. Shu qiyomat tezroq bo‘lsayu, shu tillarni bir ko‘rsam...

Ro‘paradagi ayol shart turib chiqib ketdi. Anvar Xolidiyni so‘kadigan bo‘lsa, haqorat toshlarini shu ayol huzurida otardi. Xolidiyning shu xonadagi muxtor elchisi hisoblanmish Gulnoraxon bu toshlarni terib, yetmaganiga o‘zidan qo‘shib, ustoziga yetkazardi. Anvar bu ayoldan, shu xizmatlari uchun xafa emas, xursand bo‘lardi.
Ayol chiqib ketgach, xona jimib qoldi. Sobir ham ustol ustidagi qog‘ozlariga muk tushdi. Anvar qo‘liga qalam olib bir varaq qog‘oz yuziga turli shakllar chiza boshladi.
Shakllardan biri «G» harfiga o‘xshardi. «Gulnora» deb yozdi. Keyin birinchi harfni
semizroq qilib bo‘yadi. So‘ng «G»ni yarim sahifani egallaydigan darajada katta qilib yozdi. «G»ning burchagiga kashaklovchi chiziq tortgan edi, harf dorga aylandi. Anvar unga bir zum tikilib turgach, harfdorning uchiga sirtmoq chizdi. Shu ishidan zavq olib o‘tirganida Xolidiy yo‘qlayotganini ma’lum qilishdi.

2


Xolidiy o‘zining qadrdon xonasida o‘tirgan edi. Yangi boshliq ko‘rinmasdi.



  • Keling, mulla Anvarjon! — dedi Xolidiy, uni o‘rnidan turib qarshi olib, — hali yo‘l ustida tuzukroq gaplasha olmadik. Ahvollar durustmi endi. Dissertatsiyani yozib bo‘ldingizmi?

Anvar uning mug‘ambirlik bilan boqib turgan ko‘ziga qarab «Vo ajab, — deb o‘yladi, — men ilgari odam tanasiga maymun kallasi ulangan derdim. Maymunning kallasi tulkining tanasiga ulanganini o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Yo maymunning kallasi ichiga tulkining miyasi joylashtirilganmikin? Qani, buning navozishi nima bilan tugar ekan?»

  • Dissertatsiya qanaqa ahvolda, deb so‘rayapman?

  • Dissertatsiyami? — Anvar tushunmaganday yelka qisdi. — O‘sha-o‘sha reaktsion millatchilik isi ufurib yotibdi.

Xolidiy bundan olti yil ilgari Anvarning tayyor dissertatsiyasini ana shu tavqi la’nat bilan yo‘qqa chiqargan edi. Anvar hozir shuni eslatdi. Lekin Xolidiy pichingni tushunmaganga oldi.

  • Uni o‘zgartirganingiz yo‘qmi? — dedi mehribonlik bilan.

  • Haqiqat o‘zgarib turadigan buqalamun emas.

  • Ayni topib gapirdingiz, barakalla! Menga sizday cho‘rtkesar, bir so‘zli yigitlar yoqadi. Mana endi sizning zamoningiz keldi. Sizga havasmandman: haq gapni hech qo‘rqmay ayta olasiz. Bizning boshimizga tushgan savdolar itning boshiga tushsa, u ham infarkt bo‘lib o‘lib ketardi.

  • Ha-a, «ustoz», siz itdan ham... baquvvatsiz.

Bu gapni eshitib, Xolidiyning yuzi uchdi, ammo sir boy bermay qah-qah otib kuldi.

  • Gapni ham eshvorasiz-da, mulla Anvarjon!

  • Siz bo‘limimizga mudir bo‘libsizmi?

  • Ha, birga ishlaymiz. Men bu amal g‘alvalaridan qutuldim. Bir yilda o‘n ikkita komissiya bosibdi-ya! Endi ilm bilan chuqurroq shug‘ullanish imkoni tug‘ildi.

  • Bosmachilarni nima qilamiz?

  • Qaysi bosmachilarni?

  • Siz menga ikki masalada yo‘l bermagan edingiz, esingizdan chiqdimi? Birinchisi — inqilobdan oldingi qo‘zg‘olonlarni «mustamlaka Turkistonning partizanlari» deyishimga qarshi bo‘ldingiz. Ikkinchisi — o‘n yettinchi yildan boshlangan bosmachilik harakati emas, balki o‘n to‘qqizinchi asrning so‘nggi choragida boshlangan milliy ozodlik harakatining cho‘qqisi deganimda, kimlar kelib meni so‘roqqa tutganini bilarsiz?

  • Zamona shunaqa edi.

  • Zamon o‘zgardimi?

  • O‘zgardi.

  • Shunga qarab siz ham o‘zgardingizmi?

  • Mulla Anvarjon, zamon har qanday odamni o‘zgartiradi. Hatto sizni ham.

  • Men siz aytgan «har qanday» toifaga kirmayman. Meni o‘zgartirish uchun boshimdan tovonimgacha tikkasiga arralab tushish kerak. Shunda ham jonim chiqadi-yu, ruhim esa o‘zgarishsiz qolaveradi.

Xolidiyning yuzidagi jilmayish yo‘qoldi.

  • Katta ketmang, uka. Siz sig‘inib yurgan ustozlaringiz ham yerto‘lada bir qiynoqdan o‘tgach, qo‘llari qaltirab, hamma qog‘ozlarga imzo chekib berishgan.

  • Siz hammi?

  • Siz ig‘voning inini kavlayapsiz. Men haqiqat deb yigirma besh yilga qamalganman.

  • Sizga og‘ir botadigan gap aytgan bo‘lsam, uzr. Gunohimni yuvish uchun bir hikoya aytib beraman. Juda qiziq, eshitmasangiz armonda qolarsiz. O‘zi hayotda yuz bergan voqea ekan, ammo men uni ertak tarzida so‘zlayman. Shunday qilib, bo‘ri bakovul, tulki yasavul, chumchuq chaqimchi bo‘lmagan zamonda bir baxtiyor yosh olim yashagan ekan. U avval ustozlarining, so‘ng tengdoshlarining oyog‘i ostiga choh qazibdi.

Shahanshoh uning beminnat xizmatlarini qadrlab turibdi. Yosh olim ilmga emas, shunday munofiqlikka iqtidorli ekan. Go‘dakligida iblis undagi inson yuragini yulib tashlab, o‘z qalbining bir parchasini qo‘ygan ekan-da. Yosh olim ko‘pning ichida dadil turib, «Shahanshoh hayvon!» der ekan. Suhbatdoshi «shunaqamikin, a?» desa bas, borib «Falonchi sizni vahshiy hayvon dedi», derkan. Qarabsizki, o‘sha suhbatdosh zindonga qanday tushib qolganiga hayron. Bora-bora sotadigan odami qolmagach, o‘z boshi uzra qora bulutlar aylanayotganini sezibdi. Shahanshoh «o‘z yaqinlariga xoinlik qilgan odam menga sadoqatda bo‘larmidi?» debdi. Shoh bir qarorga kelguncha yosh olim eng so‘nggi laqma do‘stini avrabdi. Yaxshilab kiyintirish bahonasida Shahanshohning tikuvchisinikiga boshlab boribdi. Undan avval shohning shopirini qo‘lga olibdi. Shohning moshinasida tikuvxonaga savlat to‘kib boribdi. «Men malikaning ukasiman», deb o‘zini tanishtiribdi. Xullas, ikki kun deganda ular ustlariga shohona liboslarni ilishibdi. Tikuvchi esa Malikadan rahmat eshitish maqsadida telefon qilib,
«ukangizga libos yarashibdimi?» debdi-yu, sir oshkor etilib, yosh olim qamalibdi. Qamoqda ham iqtidori ish berib, ig‘vogarligini davom ettiraveribdi. Bir yil deganda Shahanshoh o‘libdi-yu, yosh olim ham siyosiy mahbuslar qatorida ozodlikka chiqibdi. U ham tuhmat jabrini tortganlar safidan o‘rin olibdi...
Xolidiy qoshlarini chimirgan holda Anvarning «ertagini» bo‘lmay eshitdi. Anvar «ustoz» baqirib berar, hech bo‘lmasa rangi o‘zgarar, deb o‘ylagan edi. Gapini tugatib, Xolidiyga qaradi-yu, hayron qoldi: «Ruhlar menga yolg‘on gapni aytgan edimi?»

  • Xo‘sh, ertak tugadimi? — dedi Xolidiy. — Qissadan hissa bo‘lishi kerak?

«Chindan ham qissadan hissa bo‘lishi kerak, — deb o‘yladi Anvar. — Nima, o‘sha yosh olim siz edingiz, deymi? Yana tilimdan ilinaymi? Aytsam-chi, nimadan qo‘rqaman?
Tuhmat, desa, sud arxivini ko‘tarish mumkin-ku? Adashgan bo‘lsam-chi? Avval sud arxivini o‘rganishim kerak edi».

  • Qissadan hissa shuki, gapingiz to‘g‘ri, «ustoz». Zamon hammani o‘z yo‘rig‘iga solgan. Lekin... nima uchundir hech kim gunohi uchun tavba qilmayapti. Hali ham unvonlariga mast bo‘lib yurishibdi.

  • Unvon, mulla Anvarjon, odamga mehnati uchun beriladi.

  • Bu unvon odamlarni chalg‘itsa-chi, jamiyatga foydasiz bo‘lsa-chi?

  • Bu endi bahsli masalalar. Bu masalani vaqt hal qiladi.

  • Vaqtga aytamiz, ostonada kutib tura turadi.

  • Mulla Anvarjon, bu gaplarni qo‘ying. Men sizni dissertatsiya masalasida chaqirtirdim. Ertaga menga olib kelib bering. Himoyani tezlatamiz.

  • Dissertatsiya yo‘q, «ustoz».

  • Nega yo‘q! Yoqib yubordingizmi?

  • Yoqib jinni bo‘libmanmi, — dedi Anvar ku-

lib, — uni chet elga sotib yuborganman, allaqachon.

  • Nima? Chet elga? Kimga?

  • Turkiyaga, do‘kto‘r Nuriyga bultur berib yuborganman. Bir nusxasini o‘n kun oldin

akam Angliyaga olib ketdilar. Dissertatsiyani yo Istambul yo Oksford dorilfununida yoqlasam kerak.
Xolidiy Anvarning ko‘zidan bir ma’no uqmoqchi bo‘lib, qattiq tikildi. Anvar o‘yinni oxirigacha muvaffaqiyatli yetkazmoq uchun xuddi rost gapirayotganday qilt etmasdan o‘tiraverdi. Xolidiy do‘kto‘r Nuriyni soxta sovetshunos, vatan xoini deb yozaverib iyig‘ini chiqarib yuborgan edi. Anvar xorij olimini eslatib, nishonni aniq mo‘ljalga olgandi.

  • Bemaslahat shunaqa ishlar qilib yuribsizmi, hali? — dedi Xolidiy. Uning ilgarigi quvnoqligi, so‘ng jiddiyligi, keskinligi ham qolmagan edi. Uning mashqi pasayib, Inglistonda do‘kto‘rlik dissertatsiyasini yoqlab kelgan olim qarshisida mulzam bo‘lib o‘tirgan odam holiga tushgan edi.

  • Nima qilishim kerak edi? — dedi Anvar g‘olib odam tovushi bilan, — hech kimga keragi yo‘q, deb sotvoribman-da.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin