Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə36/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
shaytanat

b o b 1


  • Hosilboyvachcha deganlari men bo‘laman. Bir tomoni qaynotangiz bilan aka- ukaligimiz bor. Bir tomoni yigitning so‘zi qaytguncha shaytonning bo‘yni uzilsin, deyishadimi?

Shu gapdan keyin Elchin o‘ylanib qoldi. U Hosilboyvachcha deganlarini eshitgan, qo‘chqorlarning biri shu ekanini ham bilardi. Ammo o‘zini ko‘rmagan edi. Ozg‘in yuzidagi katta yumaloq ko‘zlari bolakay chizgan suratni eslatuvchi, qaldirg‘och mo‘ylovli, qirra burunli bu yigit o‘ziga erinmay zeb bergan edi. Kiyimlarining taxi buzilmagan, biron yerda g‘ijimning asorati yo‘q, xuddi u hech yerda o‘tirmaydiganday, suyanmaydiganday edi. Ikkala qo‘lining barmoqlarida bittadan tilla uzuk. Bu odamdan taralayotgan atir hidiga dimoq yorilib ketay deydi. Elchinni hayron qoldirgan narsa bu emas, bunday olifta yuruvchilar ko‘p. Elchin to‘yga aytib kelgan bu yigitni zimdan kuzatib, uning kiprik qoqmasligini ilg‘adi. O‘qday qadalib turgan nigohdan odam bolasida kam uchraydigan sovuq o‘t chaqnab turardi. Bu nigoh «senga yaxshilik qilaman» deb alday olmasdi. U to‘g‘risini aytardi: mendan faqat yomonlik kut!
Elchin Hosilboyvachchaning taklifini eshitgach, kecha Asadbekning qidirib kelgani sababini angladi. «Demak, Asadbek bu taklifdan ogoh. Demak, bu odamga xizmat qilishimni istamaydi. Nima uchun? G‘ayirligi kelganmi? Obro‘yiga putur yetishini bilganmi? Kimsan, Asadbekning kuyovi Hosilboyvachchaning xizmatida bo‘lsa?!»

  • Men noz qilayotganim yo‘q, aka, — dedi Elchin, o‘zidan ikki-uch yosh kichik bo‘lgan Hosilboyvachchaga. — Akaxoningiz sizga qadrdon bo‘lsalar, to‘ylariga zo‘rroq ashulachilarni olib borganingiz yaxshimi, deyman-da. Men ancha chetga chiqib qolganman. Birov eslaydi, birov eslamaydi. G‘ulom kelibdi yo Sherali kelibdi, degan gap qayoqda-yu, almisoqdan qolgan Elchin kelibdi, degan gap qayoqda?

  • Bunchalik past ketmang. Arzimasangiz o‘zim kelmas edim.

Elchin bu gapdan «Men uncha-buncha odamni taklif etmayman», degan ma’noni uqdi. U Asadbekning maqsadini anglaganday edi. Ammo shuncha o‘ylasa ham Hosilboyvachchaning asl niyati nima ekanini bilolmadi. Har bir katta-kichik to‘daning, hatto gap yeydigan kichik ulfatning o‘z qo‘shiqchisi bo‘ladi. Elchin Asadbek to‘dasiga tegishli, hatto ular uni o‘z mulkiday ko‘rishar edi. Hosilboyvachchalarning ham o‘z mulki

  • qo‘shiqchisi bor. To‘yga Hasanali kelarmish, deyilsa, odamlar uning yo‘liga haftalab ko‘z tikishadi. Ana shunday mashhur ashulachi turganida Elchin nimaga kerak bo‘lib qoldi? Elchin taklif zamirida qandaydir qitmirlik yotganini fahmla-di-yu, qisqa fursatda o‘sha «qandaydir» nima ekanini anglay olmadi.

  • Katta boshingizni kichik qilib kelibsiz, biz nima derdik. Kasbimiz yaxshilarga xizmat qilish.

Hosilboyvachcha yuzini jilmayish epkini silab o‘tdi. Bu quvonish emas, g‘olib odamning mag‘rur jilmayishi edi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin