Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə38/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52
shaytanat

3


Ko‘chada Jamshid kutib turgan edi. Elchin uni ko‘rmaganday o‘tib ketmoqchi bo‘ldi. Ammo sergaklikda uncha-buncha odamga dars bera oladigan Jamshid uning yo‘lini to‘sdi.



«Demak, Asadbek olib kelishni buyurgan», deb o‘yladi Elchin. U bir to‘xtamga kelib ulgurmay, Jamshid orqaroqdagi doirachiga buyurdi:

  • Torni mana bu moshinga qo‘ying. Hofiz akangiz biz bilan birga ketadilar. Elchin Jamshid bilan g‘idi-bidi aytishni o‘ziga ep ko‘rmay, mashinaga o‘tirdi.

«Asadbekning ko‘zi uchib turgan bo‘lsa, unga aytadigan ikki og‘iz shirin so‘zim bor», deb qo‘ydi.
Jamshid odatiga sodiq qolgan ravishda jim borardi. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan Elchin unga tikilib, o‘ylardi: «Asadbek bu laychasini atay yubordimi? Endi menga nimalar deb sasir ekan? «Hosilboyvachcha Asadbekning kuyovini bir pul qildi», degan andishaga chiday olmas harholda...»
Elchin qamoqdan chiqib kelgach, o‘zini aqlan to‘lishgan his qilardi. «Atrofimda sodir bo‘layotgan har bir voqeaga, aytilayotgan har bir gap-so‘zga aqlim yetadi, kimga nima deyishni yaxshi bilaman», deb o‘ylardi. Zohiran shunday. Har bir inson yil o‘tgani sayin o‘zini aqlli his qilib boradi. Xuddi shu his uni ko‘pga kulgi qiladi yoinki hayot so‘qmog‘ida chalib yiqitadi, yiqitganda ham bir umr majruh qilib qo‘yadi. To‘g‘ri, Elchin ko‘pni ko‘rdi. Nayrang nima, munofiqlik nima, vahshiylik nima — hammasiga tirik guvoh. Ammo, bu nayrang, bu munofiqlik, bu vahshiylik, odam bolasiga yot jamiki illatlar rangi kundan- kunga turlanib turishini hisobga olishni o‘rganmadi. Buni o‘rganishi ham qiyin. Bugun sariq rangda tuslangan vahshiylik ertaga qaysi rangda jilo beradi? Qorami? Yashilmi?.. U Shilimshiqni o‘ldirmoq istagida yurganida qaysi rangda edi. Bu jingalak sochli yigitga pichoq sanchayotganida qaysi rangni afzal biladi? Buni uning o‘zi ham bilmaydi. U o‘zi sezmagan holda ikki guruh o‘zaro tepib o‘ynaydigan koptok holiga tushdi. Zimdan tayyorlanayotgan olishuv sahnasida bir zarra bo‘lib qolganini u hali tushunib yetmasdi.
Jamshid shohko‘chadan to‘g‘riga yurmay, chapga burilgach, Elchin ajablandi. «Demak, bugun Asadbek meni ko‘rishni istamaydi. Demak, bu tun o‘ylanadi, reja tuzadi. Asadbek qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanganingiz muborak bo‘lsin, Elchinboy. Qasoskor erkak sizmi edingiz?» Elchin darvozasi yonida to‘xtagan mashinadan tushib, torini qo‘ltiqlagan holda
qoldi. Jamshid xayr ham demay, jo‘nab ketdi. Elchin cho‘ntagidan kalit chiqardi-yu, qulfga solishga qo‘li bormadi. Nima uchundir uyiga kirgisi kelmadi. Kimgadir dardini aytishni istadi. Uning dardini yarim kechada kim eshitadi? Zelixon bo‘lganida eshitardi. Lekin u Farg‘onadan qaytgach, «zarur ishni» bahona qilib, Maskovga jo‘nab qolgan.
Elchinning dardini Anvar ham eshitishi mumkin. Lekin uyg‘otib, xotini bag‘ridan chiqib unga quloq tutish malol kelsa-chi? Elchin shu fikrlarni xayolidan o‘tkazib, o‘zini nochor, yolg‘iz sezdi. Atrofda «azizim, birodarim, do‘stim...» deydigan odamlar ko‘p. Ammo dardini eshitadigan inson yo‘q bo‘lsa ham qiyin ekan. «Odamlar qamoqdan qo‘rqishadi,

  • deb o‘yladi Elchin. — Axir shu yorug‘ jahonning o‘zi turma-ku? Yonma-yon yashaysan, lekin bir-biringga ishonmaysan. Bu Yer deganlari gunohkor bandalarning surgun muddatini o‘tovchi joyi emasmi? Qamoqxonada har bir barak o‘ziga xos bir mamlakat.

Har bir barakning o‘z qonuni, o‘z urfi, o‘z podshosi bor. Yer yuzidagi har bir mamlakat qamoqxonalardagi baraklardan nimasi bilan farq qiladi? Dindorlarning gaplari balki to‘g‘ridir? Odam bolasi chindan ham sinov uchun bu dunyoda yashar? Sinovdan o‘tsa — ozodlikka chiqadi, jannatga tushadi. O‘tmasa jahannam azobida qoladi...»

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin