Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə40/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
shaytanat

5


Elchin yuvinayotgan mahalda Anvar shirin uyquda edi. Birdan uyg‘ondi. Uyg‘onganda ham sergak, tiniqqan holda uyg‘ondi. Birpas jim yotdi. Peshonasi qiziy boshlagach, o‘rnidan turib mehmonxonaga chiqdi. Derazadan tushib turgan nurni ko‘rib, shoshib eshikni yopdi.



  • Seni biz uyg‘otdik, — degan yoqimli ovoz kelgach, nur ustiga oyoq qo‘ymoqchi bo‘ldi.

  • Seni hozir olib bormaymiz, — dedi yana yoqimli ovoz.

  • Men Zunnuniy bilan uchrashmoqchiman, so‘raydigan gaplarim bor.

  • Yerdagi hayot bilan vidolashganingdan keyin uchrashasan.

  • Asqar Qosim bilan-chi?

  • U bilan ham... Sen bizning borligimizga ishondingmi?

  • Ha.

  • Yerdagi hayot bilan xayrlashishga tayyormisan?

  • Yo‘q.

  • Nima uchun?

  • Odam o‘zini o‘zi o‘ldirishi oson emas. Men hayotdan to‘yganim yo‘q.

  • Bugun bo‘lmasa ertaga to‘yasan. Xolidiy endi battar avjiga chiqadi. Atrofdagilar seni talashadi. Ko‘z ochirishmaydi. Sen o‘zgarishlarga ishonib xato qilyapsan. Odam egnidagi libos o‘zgaryapti, yurak emas. Shunga aqling yetmaydimi?

  • Bilib turibman... lekin menga ozgina muhlat bering.

  • Vaqtni cho‘zma. Bilib qo‘y: do‘stingning do‘sti xavf ostida, yo‘ldan qaytmasa, halok bo‘ladi.

  • Kim?

  • Do‘stingning do‘sti...

Shu gapdan keyin nur chekinib, xona qorong‘ilashdi. Anvar holsizlanib, ustulga o‘tirdi. Nurning jumboqli gapi uni tashvishga soldi. Do‘stimning do‘sti kim ekan, deb o‘ylandi.
«Do‘stga o‘xshab yurganlar ko‘p. Hammasini ogohlantirib chiqamanmi? Yo eng yaqin, eng chin do‘stlarnimi? Yo‘ldan qaytmasa halok bo‘ladi... Qanaqa yo‘ldan? Birovi amal talashayotgandir, birovi mol-dunyo qayg‘usi bilan yashayotgandir, birovi boshqasining chiroyli xotinini yo‘ldan urmoqqa kirishgandir... Qaysi biri halok bo‘ladi? Nur nima uchun meni ogohlantirdi? Do‘stimning do‘sti halok bo‘lishini istamadi. Ammo meni shoshiryapti. Men unga «hayotdan to‘ymadim», dedim. Shu gapdan achchiqlanib, darrov g‘oyib bo‘ldimi? Men... hayotdan to‘ymadimmi?..»
«Hayotdan to‘yish» degan gap tildan osongina uchadi. Shu ikkitagina so‘zdan iborat tushunchaning o‘q ildizini topish esa juda mushkul. Har kim hayotdan har xil lazzat oladi. Kimdir maishatdan, fohishalar davrasida yayrab tun o‘tkazishdan, boshqa birov esa ana shu harom yo‘lga yurmaganidan lazzatlanadi. Kimdir to‘plagan mol-dunyosiga qaragan sayin ko‘zi quvnaydi, boshqasi teshik tog‘oraga qarab, qorin va nafs bandasi bo‘lmagani uchun Yaratganga shukr qiladi.
Xuddi shunga o‘xshash, hayotdan to‘yish ham turlicha. Birov mol-dunyosidan ayrilsa, hayotdan to‘yadi. Birov haqsiz dunyodagi nayranglardan to‘yadi... Anvar nimadan to‘ysin? Xolidiyning hiylalariga chiday olmaganini oshkor etib, bu dunyodan ketvorsinmi?
Dunyoni Xolidiylarga tashlab qochsinmi? Asqar Qosim ketdi. Nima o‘zgardi? Kim insofga kirdi? Kimning ko‘zi ochildi? Uning isyonini kim anglab yetdi?
Anvarning xayoliga shu gaplar kelib, beixtiyor o‘rnidan turdi. Deraza oldiga borib, osmonga qaradi. Osmon tund. Yulduzlar ko‘rinmaydi. Bulut ortiga yashiringan yulduzni xayolan ko‘z oldiga keltirib, unga murojaat etdi:

  • Meni olib ketsalaring yaxshi bo‘lardi. Zunnuniy bilan gaplashardim. Asqar Qosimdan so‘raydigan gaplarim bor edi. O‘zimni o‘ldirishim qochmaydi. Orqamdan chirqirab qoladigan bir etak bolalarim yo‘q. Hayotdan umidim ham yo‘q. Ammo hozir bir adolatni tiklash imkoni tug‘ilganida, qochib qolish nomardlikda. O‘limdan qo‘rqayotganim yo‘q.

O‘lganimdan so‘ng Xolidiylarning xursand bo‘lishlarini istamayapman. Menga fursat bering. Ozgina fursat...



  1. Yüklə 0,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin