Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə39/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
shaytanat

4


Zaynab erini kutib, uxlamay o‘tirgan edi. Mashina kelib to‘xtaganini bildi. Mashina eshigi tez ochilib, tez yopildi. Mashina shitob bilan qo‘zg‘oldi. Zaynab otarchilar shilta yo‘llardan yuradilar, deb ko‘p eshitgan edi. Erining to‘yga borajagini bilganidan beri, shu yo‘lda yurib keladi, degan fikr unga tinchlik bermayotgan edi. Darvoza eshigi hadeganda ochilmay, eri kiravermagach miyasiga o‘rnashgan gumon haqiqatga aylanaverdi.


Nazarida eri o‘ynashi bilan tushib qolib, darvoza oldida quchoqlashib turganday tuyulaverdi. Yelkasiga qalin ro‘molini tashlab, tashqariga chiqdi. Devor oldiga kelib, ko‘cha tomonga quloq osdi. U kutgan hansirashlar, pichirlashlar, hiringlashlar eshitilmadi. «Mashina qo‘shnilarnikiga kelgandir» — Zaynab shu fikrda iziga qaytmoqchi edi, ko‘cha tomonda Elchin yengil yo‘taldi. Zaynab sergak tortib, yana qulog‘ini ding qildi. «Nimaga kirmayaptilar?» deb ajablandi. Qancha o‘ylamasin, savoliga javob topolmadi. Kuta-kuta, oxiri eshikni o‘zi ochdi.
Torini quchoqlab g‘arib ahvolda turgan erini ko‘rib, hayrati yana oshdi. Elchin qo‘qqis eshik ochilganida bir cho‘chib tushdi. Ayvonda yonib turgan chiroq nuri bu yerga arang yetib kelardi. Shu sababli Elchin xotini ko‘zidagi ajablanishni sezmadi. Zaynab ham erining ko‘zidagi hayronlik alomatini ilg‘amadi.

  • Zaynab? Tinchlikmi? — dedi Elchin. Uning tili gapga kelmay, ovozi soqov odamnikiday g‘o‘ldirab chiqdi. Zaynab «mast ekan», degan xayolga borib, past ovozda:

  • Tinchlik, — dedi, — kiring...

«Kutayotgan ekan!» Shu fikr Elchinning ko‘nglini yoritib, yelkasidan bosib turgan dardni quvganday bo‘ldi. Ostona hatlab o‘tib, eshikni yopgach, bir qo‘lini xotinining beliga yuborib, uni o‘pmoqchi bo‘ldi. Zaynab yuzini olib qochdi, o‘ptirmadi. Elchin buni nozli araz o‘rnida qabul qilib, ko‘ngli yanada ravshanlashdi. «Shunchalik kutdimi, shunchalik arazladimi, demak, yaxshi ko‘radi» degan qarorga keldi. Ichkari kirib plashchini yechgach, uni yana quchmoqchi bo‘ldi. Zaynab bir to‘lg‘onib uning quchog‘idan chiqdi- da:

  • Avval yuvining, — dedi.

Bu gapdan so‘ng Elchinning ustidan sovuq suv quyilganday bo‘ldi.

  • Sen hali... meni shunaqa sayoq... shaltoq deb o‘ylaysanmi?!

Zaynab erining ko‘zlariga qarab bir olam g‘am ko‘rdi. Yana bir gap aytsa, nazarida eri yig‘lab yuboradiganday tuyuldi. Gapi qo‘pol chiqqanini anglab, yumshatishga harakat
qildi:

  • Faqat sayoq odam yuvinadimi? Begona joylarda o‘tirdingiz, begona odamlar bilan ko‘rishgansiz... Darrov egrilikka olmang-da... — Shunday deb erining yuzini silab qo‘ydi. Elchin bu yumshoq qo‘lning taftini sezmadi. «Bugun o‘zi tuproqqa qorishtiradigan kun ekan», deb hammomga qarab yurdi.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin