Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə42/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
shaytanat

b o b 1


Hosilboyvachcha o‘tirgan yerida qo‘l uzatib, Zelixon bilan ko‘rishdi. Zelixon uning bu qilig‘idan ranjisa-da, sir boy bermadi, taklifni kutmayoq, yumshoq kursiga o‘tirdi.

  • Laqabim Akademik, eshitganmisiz? — dedi Hosilboyvachchaga tikilib. O‘ziga bino qo‘ygan yigit ko‘pni ko‘rgan bu chechenning chaqchayib turgan o‘tkir nigohiga dosh berolmadi. Barmog‘idagi uzukni o‘ynab turib:

  • Hozir yerni tepsang, daraxtdan akademik yog‘iladi, — dedi.

  • Men yer tepsa yog‘iladigan xilidanmasman, birodar. Agar kimligimni bilmoqchi bo‘lsang, Xongireydan so‘ra.

Bu gapni eshitib, Hosilboyvachcha Zelixonga bir qarab oldi. Bu olam odamlarini zir titratib turuvchilardan biri bo‘lmish Xongirey uchun Hosilboyvachcha deganlari chivinday gap. Hosilboyvachcha buni biladi. Shu sababli qarashida bezovtalik sezildi. Biroq botiniy xavotirni sirtiga chiqarmadi.

  • Menda nima ishingiz bor? Agar yordam so‘ramoqchi bo‘lsangiz, oldindan aytib qo‘yay: o‘g‘rilar bilan bordi-keldimiz yo‘q.

  • Men birovlardan yordam so‘raydigan odam emasman. Kezi kelganda mendan yordam so‘rashadi, — Zelixon kibor yigitning popugi sal pasayganini fahmlab, sensirashga o‘tgan

edi. — Odamlaring Farg‘onada yurgan ekan. Turklar bilan pachakilashishibdi.

  • Pachakilashishsa sizga nima? U yerlar mening chekimga tushgan. Kelgindilar izzatini bilishi kerak.

  • Men ham kelgindiman. Bir burda noningni tortib olgani kelgan emasman. Xudo nasib etsa, hammamiz yurtimizga ketamiz. Sen noningni boshqa kelgindilardan ehtiyot qil.

Turklarga tegma.

  • Xongirey boshqalarning ishiga aralashmas edi. Senga ham o‘rgatmagan ekan-da, a?

  • Uka, omadingni bersin, qo‘l uzatsang osmondan yulduzlarni terib oasman. Men ham

ekaniga Asadbekning o‘zi ko‘ngan-ku? Nimaga shartni buzmoqchi? Yakkahokim bo‘lmoqchimi? Bu chechen orqali Xongireyni qo‘lga olganmi? Men uning payini qirqaman, deb yursam, u ishni pishitib qo‘yibdi-ku?»
Bir necha kun davomida o‘tirsa ham, tursa ham chechenning tashrifidan maqsad ne ekan, deb o‘yladi. Zelixon garchi maqsadini aniq aytib ketgan bo‘lsa ham, ishtonsizning hadigi cho‘pdan deganlariday, Hosilboyvachcha uning gapiga ishonqiramay boshqa xayollarga boraverdi. Nihoyat, bu ishda Asadbekning qo‘li bor, degan fikrga mahkam yopishdi. Zelixonning izidan tushgan odamlari uning Asadbek qarorgohiga kirganini ma’lum qilishgach, fikri to‘g‘ri ekaniga yanada qattiqroq ishondi. Dardi faqat boyligu shuhrat bo‘lgan bu yigit siyosatchilar olamining makkorona qiliqlari mavjudligini, ular ko‘proq aql ko‘zlari yumuq odamlar xizmatidan foydalanishlarini bilmas edi. Uning fojiaga yetaklashi mumkin bo‘lgan nodonligi ham shu edi...

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin