Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə43/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
shaytanat

2


Anvar nur bilan bo‘lgan so‘nggi suhbat ta’sirida garang bo‘lib o‘tirganida eshik ochilib, kadrlar bo‘limining boshlig‘i ko‘rindi. Yoshi o‘tibroq qolganini haligacha sezmay, pardoz- andozini kanda qilmovchi bu juvon har kuni ertalabdan xodimlarning jig‘iga tegardi.


Xolidiy davrida intizomni nazorat qilish shu xonimga topshirilgan, bu vazifa boshliq o‘zgarganidan keyin ham fidoyilik bilan bajarilardi. O‘n besh daqiqa kech qolgan xodim bu xonimning temir daftariga tushar, «qayta qurish ishiga sezilarli ulush qo‘sha olmayotgani uchun» mukofotlardan mahrum etilardi. Anvar barvaqt turib, ishga baravaqt kelishga o‘rgangani uchun bu ro‘yxatga tushish baxtidan benasib edi. Kadrlar bo‘limining boshlig‘i uning kech qolishini juda-juda istardi. Qani edi, Anvar ishga kechiksa-yu, bu xushxabarni Xolidiyga yetkazsa, hayfsan e’lon qilish haqidagi buyruqqa imzo chektirib chiqsa... Vaqt-bemahal xonalarni ham aylanib yuruvchi xonim eshikni ochganida «navbatdagi tekshiruv shekilli», deb o‘ylashdi. Xonim to‘g‘ri Anvarga yaqinlashdi-da, sal engashib «Siz men bilan yuring», dedi. Bu sirli chaqiruv xonadagilarning diqqatini tortdi. «Eng kichkina ilmiy xodim» ma’nodor qilib yo‘talib qo‘ydi. Anvar xonimga bir qarab olib, qog‘ozdagi satrlarni diqqat bilan o‘qiyotganday muk tushdi.

  • Yuring, deyapman, — dedi xonim chimirilib.

  • Tinchlikmi? — dedi Anvar qog‘ozdan bosh ko‘tarmay. — Ishga vaqtida kelganman. Xudo xohlasa, vaqtida ketaman. Qayta qurishda jon-dilim bilan ishtirok etyapman...

  • Yuring, — xonim bu safar qat’iyroq, buyruq ohangida gapirdi. — Maynavozchilik qilmay, orqamdan yuring.

Anvar o‘rnidan turib boshini egdi-da, itoatkor qul kabi unga ergashdi. Xonada yengil kulgi ko‘tarildi. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i xonasi eshigini ochib, Anvarga «kiring» dedi. Anvar ostona hatlagach, o‘zi tashqarida qolib, eshikni ohista yopdi.
Anvar divanda o‘tirgan yigitni bir qarashda tanidi. Miqtidan kelgan, sochlari orasta taralgan, nigohi olazarak bu yigitni idorada deyarli barcha taniydi. Avvallari bunday odamlar pinhona ish yuritishardi. Zamon o‘zgarib, idoralarga ochiqchasiga keladigan, ochiqchasiga «dildan suhbat quradigan» bo‘lib qolishdi. Anvar kirib kelishi bilan miqti yigit o‘rnidan turib, jilmaygan holda, qadrdo
gapini ma’qullab, akasi bilan faxrlanishga va’da berdi. U jilovni bo‘sh qo‘yib, miqti yigitning maqsadga ko‘chish onini sabr bilan kutdi.

  • O‘zingizning dissertatsiyangiz ham bo‘lay deb qoldimi?

  • Musulmonchilik asta-sekin, bo‘lib qolar.

  • Mavzu qanaqa edi?

  • «Kolxozlashtirishda partiya yacheykalarining ro‘li».

Miqti yigit ajablanib Anvarga tikildi. Anvar to‘ppa-to‘g‘ri gapni aytganday, xotirjam, kiprik qoqmay o‘tiraverdi. Yigit kulimsirab, bosh chayqadi.

  • Hazilni ham eshvorar ekansiz. Nazarimda boshqacharoq edi.

  • Esingizda yo‘qmidi? «Rus istilosi va Turkistonda milliy ozodlik harakati»...

  • Ha, ana endi esladim.

  • Bu mavzudan voz kechib, kolxozlashtirish tarixi bilan shug‘ullanishni buyurgan edingiz, buni ham esladingizmi?

  • Buyruq emas, direktoringizning taklifini aytuvdim. Siz ko‘nmay, to‘g‘ri ish qilgan ekansiz. Hamma ham yanglishadi. Biz ham oz-oz adashganmiz.

  • Shuni aytgani keldingizmi?

  • Ha, endi bir suhbatingizni olay, dedim-da. Yordam kerak bo‘lsa, yordam beraylik.

  • Yordammi?... — Anvar unga sinovchan tikildi. — Yordam kerak. Idorangizning arxividan foydalanishga ruxsatnoma olib bera olasizmi?

Miqti yigit qog‘ozchaga telefon raqamlarini yozib, uzatdi:

  • Ertaga soat to‘rtda telefon qiling. Men aniqlab qo‘yaman. Bu qiyin masala emas.

  • Menga ruxsatmi?

  • Yana bir og‘iz so‘z: dissertatsiyangiz haqida gapirmadingiz, yoqlashga tayyormi?

  • Tanishib chiqmoqchimisiz?

  • Agar mumkin bo‘lsa... Xizmat yuzasidan emas. O‘zim tarixga qiziqaman.

  • Tarixga qiziqsangiz men sizga kitoblar ro‘yxatini beray.

  • Dissertatsiya-chi?

  • Tayyor emas.

  • Shuncha yildan beri ishlaysiz-ku. Men tayyor deb eshituvdim.

  • Kimdan?

  • Ha, endi kimligini bilishingiz shart emas. Tayyor qismini o‘qib chiqishim mumkinmi?

  • Yo‘q. Chala ishni birovga ko‘rsatmayman.

  • Dissertatsiya... o‘zingizdami?

Shu savoldan keyingina Anvar Xolidiy bilan bo‘lgan suhbatni eslab, miqti yigitning maqsadini tushunib yetdi. Unga qarab turib kuldi:

  • Uch-to‘rt kunga ammamga berib yuborgan edim. Yo‘qotib qo‘yibdilar.

  • Anvar aka, maynavozchiliksiz gaplashaylik.

  • Maynavozchilik qilayotganim yo‘q. Dissertatsiya yo‘qolgan.

  • Yo‘qolganmi yo... chet elga sotilganmi?

  • Chet elga? Be, bir jinnining himoya qilinmagan dissertatsiyasi kimga kerak?

  • Shunga qiziqadiganlar ham bor. Demak, dissertatsiya yo‘qmi?

  • Kim sizga yo‘q dedi? Dissertatsiya bor. Ammo chala. O‘zingiz zamon o‘zgardi, dedingiz. Demak, uni endi yangi zamon ko‘zi bilan qarab chiqish kerak. Tarix fani fohishaga o‘xshab o‘zgarib turadi, bilasiz-ku? Yaqinda jinnixonadan tuzalib chiqdim. Endi o‘tirib ishlayman. Chet elga sotvorgan deb, sizga noto‘g‘ri ma’lumot berishibdi. Bu xabarlari uchun ularga haq to‘lamang. Chet elga bunaqa gaplar besh-o‘n yil oldin kerak edi. Hozir ularni boshqa narsa-lar qiziqtiradi. Jinni bo‘lsam ham bunga aqlim yetadi.

  • Dissertatsiyangizni ertaga olib kela olmaysizmi?

  • Tilxat yozib bera qolsam-chi? Dissertatsiya o‘zimda turibdi, chet elga sotmayman,

ma’qulmi?
Avvalgi suhbatda Anvar «bu mavzu bilan shug‘ullanmayman», deb yozib bergan edi. Hozir shuni eslatib piching qildi. Yigit buni to‘g‘ri tushunib, unga bir varaq qog‘oz uzatdi. Anvar o‘ylab o‘tirmay tez-tez yozib berdi: «Berurman ushbu tilxatni shul haqdakim, sariq chaqaga arzimas «dissertatsiya» deb atalmish matoh hamon o‘zimdadir va uni o‘zim birlan go‘rga olib ketgumdir.
B a y t:

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin