2-§.Otning ma’no guruhlari
. Otlar ma’no jihatdan quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
1. Atoqli otlar
. Bir turdagi narsa yoki hodisalarning birini ajratib
ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar shaxs
ismlari, havonlarning atoqli nomlari, tashkilot va gegrafik makon nomlari, koinot
jismlari nomlari, suv havzalari, tashkilot nomlari kabi guruhlar doirasida uchraydi:
Alisher, Ulug‘Bek, Zarafshon, Toshkent, Samarqand, Mars
kabi. Bunday atoqli
otlar o‘zaro tub va yasamaligi hamda tuzilishiga ko‘ra farqlanishi mumkin.
Masalan,
Lola, Go‘zal, Amir, Gavhar Orol
kabi otlar sodda tub,
Ilonli, Do‘stlik,
Paxtakor
kabi atoqli otlar sodda yasama,
Ulug‘bek, Alisher, Nurato, Nurobod,
Qo‘shrabot, Uchquduq
kabi atoqli otlar qo‘shma otlardir. Atoqli otlarning asosiy
qismini turdrsh otlar tashkil qiladi. Biroq ular boshqa so‘z turkumlari asosida ham
yuzaga keladi. Masalan:
Asal, Quvonch, Anor
kabilar turdosh otdan,
O‘lmas,
Sotiboldi, Turdi, Tursun
kabilar esa fe’ldan,
Aziz, Botir, Shirin, Vali
kabilar
sifatdan,
To‘qsonboy, Oltibek
kabilar esa sondan,
Bultur, Avvalboy
kabilar esa
ravishdan hosil bo‘lgan atoqli otlardir.
Turli turkumga mansub bo‘lgan so‘zlarning atoqli ot sifatida qo‘llanishi
natijasida ular o‘zining hususiy nominativ mohiyatidan chekingan holda, umumiy
semantik ma’no tashuvchi lug‘aviy birlikka aylanib qoladi. Masalan,
Uchquduq
mazkur joydagi uchta quduqni emas, balki umuman shahar tushunchasini
anglatuvchi onomastik birlikdir.
2. Turdosh otlar
bir jinsdagi otlarning umumiy nomini bildiruvchi
otlardir. Masalan,
inson, daryo, shahar, kitob, daftar
. Turdosh otlar quyidagi
ma’no guruhlarga mansubligi bilan o‘zaro farqlanadi:
3. Aniq otlar bevosita narsa-buyum va shaxs, jon-zot anglatadigan
otlardir. Aniq otlar bevosita sanash va ko‘rish mumkin bo‘lgan otlar hisoblanadi.
Masalan:
kitob, talaba, daraxt, qush
.
4. Mavhum otlar his qilish, sezish mumkin bo‘lgan otlardir. Ular ham
ko‘plik affikslari bilan qo‘llanmaydigan otlar bo‘lib, ularga ko‘plik qo‘shimchasi
qo‘shilganda turlicha ma’no bo‘yog‘i yuzaga keladi. Masalan:
sevgi, sezgi, qayg‘u,
alam, qadr, oriya
t.
5. Jamlovchi va yakka otlar. Bir turdagi narsaning o‘zini ifodalaydigan
otlar yakka otlar hisoblanadi:
kitob, gul, daraxt
kabi. Birlik shaklida bo‘lib, bir xil
turdagi narsaning to‘dasi, jamini ifodalaydigan otlar jamlovchi otlardir:
xalq,
armiya, ko‘pchilik, poda, jamoa, o‘rmon kabilar.
6. Sanaladigan otlar, sanalmaydigan otlar. Sanaladigan otlar, asosan, aniq
otlardan tashkil topadi:
daraxt, kitob, qalam
. Sanalmaydigan otlar modda otlari,
og‘irlik, suyug‘lik o‘lchamiga xos otlar va atoqli otlardan tashkil topadi:
tuproq,
qum, havo, shakar, tuz, yog‘, guruch,
kabilar.
7. Bundan tashqari, tabiatan yakka bo‘ladigan va juft holda uchraydigan
otlar ham mavjud bo‘lib, ular ham otning alohida ma’no turini tashkil qiladi.
Masalan:
yurak, quyosh, oy, ko‘z, qosh, oyoq
kabilar shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |