Microsoft Word sheriy uslublarning o‘ziga xos stilistik jihatlari



Yüklə 46,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü46,99 Kb.
#205958
1   2   3   4   5
8531-Article Text-20325-1-10-20230429

MUHOKAMA VA NATIJA 
Shuningdek, otlar kim? so‘rog‘i asosida shaxs hamda nima? so‘rog‘i 
asosida narsa otlariga ham ajratiladi. Otlarning bunday tasniflanishi o‘zbek 
tilining, shu jumladan, boshqa turkiy tillarning o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. 
Ayni paytda bu tasnif ularning turli grammatik jarayonda ishtirokida ham o‘z 
aksini topadi. Xususan, shaxs otlari to‘liq tuslovchi affikslarni qabul qilgan holda 
qo‘llana oladi: 
o‘quvchiman, o‘quvchisan, o‘quvchimiz, o‘quvchisiz
. Biroq, narsa 
otlari (majoziy ma’nosini e’tiborga olmaganda) faqat uchinchi shaxs ma’nosdagina 
ishlatilishi mumkin. 
Shuni ham ta’kidlash lozimki, atoqli va turdosh otlar o‘zaro ma’no 
jihatdangina emas, balki ba’zi grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham farqlanadi. 
Masalan, atoqli otlar faqat birlikda qo‘llanadi. Ko‘plikda qo‘llanganda, ular 
grammatik ko‘plik emas, boshqa ma’no bo‘yoqlarga ega bo‘ladi. Shuningdek, 
atoqli otlar turdosh otlarga va aksincha, turdosh otlar atoqli otlarga o‘tib turadi. 
Masalan: 
Lola
-atoqli ot, ayni paytda, 
lola
-tog‘da o‘sadigan gul ma’nosida turdosh 
otdir. 
dizel, amper, rentgen, bitner
kabi otlar esa atoqli ot asosida shakllangan 
turdosh otlardir. Atoqli otlarning turdosh otga aylanishida 
–lik
qo‘shimchasidan 
ham foydalaniladi: 
kattaqo‘rg‘onlik, toshkentlik, andijonlik
kabi. Ot turkumi uch 
xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3)
kelishik kategoriyasi. 


Otlar nutqda doimo grammatik son va kelishik kategoriyasida bo‘ladi. 
Masalan, kitob - birlik sonda va bosh kelishikdagi ot. Egalik kategoriyasi esa 
otning grammatik shakllanishida har doim ham ishlatilmaydi.
Otlarning birlik va ko‘plik shakllari va shu shakllarni ifodolovchi vositalar 
son kategoriyasini tashkil etadi.
Birlikdagi otlar bir jinsdagi narsalarning bittasini anglatadi va ular 
grammatik son ko‘rsatgichga ega bo‘lmaydi. Masalan:
kitob, olma, qalam
kabi. 
Birlik sondagi otlar egalik ( kitobim, kitobimiz), kelishik (kitobdan, kitobning) 
kategoriyasiga xos qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda ham o‘z grammatik 
mohiyatini yo‘qotmaydi, ya’ni birlik hisoblanaveradi.
Otlarning ko‘plik shakli maxsus grammatik vosita - lar orqali 
ifodalanadi va bir turdagi narsaning noaniq miqdorini bildiradi. Grammatik 
ko‘plik hosil qiluvchi –lar otlardagi lug‘aviy shakl yasovchi affiks hisoblanadi. 
Grammatk son ma’nosini ifodalashning bu usuli 

Yüklə 46,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin