www.ziyouz.com kutubxonasi
27
IV BOB. QIYOMATNING QO‘RQINCHI VA DAHSHATLARI 43. Oyisha (roziyallohu anho) onamiz: “Yo Rasulalloh! Qiyomat kuni kishi yaxshi ko‘rgan
odamini eslaydimi?” dedi. Aytdilarki: “Uchta joyda eslay olmaydi: amallari tarozuga
qo‘yilganda, chunki tarozim og‘ir keladimi yoki yengilmi, degan xayol bilan band bo‘ladi;
sahifalari (nomai a’mol) tarqatilganda, chunki meniki o‘ng tomondan berilarmikan yo
chapdanmi, deb turadi va jahannamdan bir bosh chiqib, ularga tez-tez yurib keladi va
aytadiki: “Uchta narsaga vakil qilindim: “Allohga boshqasini qo‘shib duo qilganga, har bir
zolim mutakabbirga va har bir hisob kuniga ishonmaydiganga”, deydi. Keyin ularning
ustiga yopiriladi va jahannamga otib yuboriladi. Jahannamning ustida qildan nozik,
qilichdan o‘tkir ko‘prik bor, unda tikanak va zanjirlar bor. Insonlar undan chaqmoqdek
yoki yeldek uchib o‘tadilar, ularning orasida najot topgan musulmon ham bo‘ladi, terisi
shilinib yorilgani ham bo‘ladi va do‘zaxga yuztuban ag‘darilib tushadiganlari ham
bo‘ladi”.
44. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasulullohdan rivoyat qiladi: “Ikki nafxa (birinchi
nafxa – odamlarni o‘ldirish uchun chalingan sur, ikkinchi nafxa - odamlarni tirilitirish
uchun chalingan sur) orasida 40 yil bo‘ladi, keyin Alloh taolo osmondan erkaklar
maniyiga o‘xshash suv tushiradi, keyin insonlar o‘t o‘sgandek o‘sib chiqadilar”.
45. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambardan rivoyat qilib aytadilarki: “Alloh taolo
yeru osmonni yaratib bo‘lganidan keyin surni yaratdi va uni Isrofil alayhissalomga berdi
va Isrofil alayhissalom o‘shandan beri surni og‘ziga qo‘yib, qachon buyruq bo‘larkan deb,
Arshga tikilib turibdi. Dedimki: “Ey Rasulalloh! Sur nima?” Aytdilarki: “Nurdan qilingan
karnay”. Dedimki: “U qanday narsadir?” Aytdilarki: “Doirasi keng, meni payg‘ambar qilib
yuborgan Zotga qasam ichib aytamanki, uning doirasining ulkanligi yeru osmonning
kengligiga tengdir va unga uch marta nafxa uriladi (chalinadi)”.
Ba’zi rivoyatlarda ikki marta chalinadi, deyilgan. Birinchi marta insonlarning hammasini
halok qilish uchun, ikkinchi marta qayta tiriltirish uchun. Ka’bning rivoyatida ikkita, Abu
Hurayraning rivoyatida uchta deb kelgan: birinchisi qo‘rqitish uchun, ikkinchisi chaqmoq
momaqaldiroq uchun, uchinchisi tiriltirish uchun, Alloh taolo Isrofil alayhissalomga
birinchi bor chalishni buyuradi va u chalinganda yeru osmondagi hamma qo‘rqib ketadi.
Dalil ushbu oyatki: