XV BOB. AROQ ICHISHDAN QAYTARISH Faqih Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Abdulloh ibn Umar aytdi, Alloh
ikkovidan ham rozi bo‘lsin: “Aroq ichuvchi kishini qiyomat kunida betlari qora holatda
keltiriladi. Ko‘zlari ko‘kargan, tupuklari oqqan, tili ko‘kragiga tushgan holda turadi.
Undagi hidning sassiqligidan, kim oldidan o‘tsa, jirkanadi. Aroq ichganga salom
bermanglar, kasal bo‘lsa, borib ko‘rmanglar. O‘lib qolsa, janoza o‘qimanglar”.
Masruq aytadi: “Aroq ichuvchi kimsa butga ibodat qiluvchi kabidir. Aroq ichuvchi kimsa
Lot va Uzzo (kabi butlar)ga ibodat qiluvchi kabidir”.
Ka’bul Ahbor aytadi: “Bir qadah olovni ichmoqligim bir qadah aroqni ichishimdan
yaxshiroqdir”.
181. Payg‘ambardan (s.a.v.) aytdilar: “Mast qiluvchi hamma narsa xamrdir. Mast
qiluvchi narsaning hammasi haromdir. Kim dunyoda aroq ichib, tavba qilmasdan, aroqni
ichishda davomiylik bilan o‘lsa, oxiratda u (sharob) ichmaydi”.
Faqih aytdi: “Har bir mast qiluvchi narsa haromdir”, degan hadisning ma’nosi pishirilgan
bo‘lsa ham, pishirilmagan bo‘lsa ham, deganidir.
182. Bu gap Jobir ibn Abdullohdan qilingan rivoyat kabidir. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar:
“Ko‘pi mast qilguvchi narsaning ozi ham haromdir”.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: “Pishirilgan aroqni ichuvchi oddiy aroq ichuvchidan
ko‘ra qattiqroq gunohkordir. Chunki aroq ichuvchi fosiqdir. Kim pishirilgan aroq ichsa,
uning kofir bo‘lib qolishidan qo‘rqiladi, chunki aroqni ichuvchi kimsa aroq harom deb
iqror bo‘lib ichadi, pishirilgan hamrni ichuvchi mast qiluvchi narsani ichadi, u esa buni
halol sanaydi. Musulmonlar ijmosida mast qiluvchi narsaning ozi ham, ko‘pi ham
haromdir. U agar uni halol desa, ijmoi ulamoga ko‘ra kofir bo‘ladi.
184. Usmon ibn Affon, Alloh undan rozi bo‘lsin, xutba qilib aytdi: “Ey odamlar, aroqdan
saqlaninglar. Chunki u yomonliklarning onasidir. Sizlardan oldin bir zohid kishi bor edi.
To‘xtovsiz masjidga qatnardi. Unga bir yomon xotin uchradi. Bu xotin cho‘risiga uni
uyiga kirgizishni buyurdi. Uni uyiga kirgizib, eshikni mahkamladi. Xotinning oldida bir
ko‘za aroq, bir bola bor edi. Xotin unga: “Mendan qochib qutula olmaysan, bu aroqni
ichmasang, yoki menga yaqinlik qilmasang, yoki bu bolani o‘ldirmasang, mening uyimga
kirib oldi, deb baqiraman. Senga u paytda kim ishonadi?” dedi. Bu payt yigit og‘ir
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy