Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Allohga bandalik qilinglar, Unga hech narsani sherik qilmanglar va ota-onaga



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Allohga bandalik qilinglar, Unga hech narsani sherik qilmanglar va ota-onaga 
yaxshilik qilinglar”,
ya’ni Allohni denglar. Unga ibodat qilinglar, Unga sherik qilib 
olmanglar, ota-onangizga yaxshilik qilinglar, ya’ni ota-onaga chiroyli holatda muomalada 
bo‘lib, yaxshilik qilinglar, hamda 
“qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga”
qarindosh 
qo‘shniga va begona qo‘shniga, ya’ni yaqinlarin-gizga silai rahm va hadya qilishlik bilan 
yaxshilik qiling-lar. Yetim va miskinlarga sadaqa berishlik va chiroyli so‘z bilan yaxshilik 
qilinglar; 
“yo‘lovchi musofirga”,
ya’ni yo‘ldan o‘tib turib qo‘noq bo‘lgan mehmonga va 
“qarindosh qo‘shniga”,
ya’ni siz va uning orasida qarindoshchilik bor qo‘shniga 
“yaxshilik qilinglar”
(Niso, 36). Ya’ni siz bilan uning orasida qarindoshchiligi yo‘q 
qo‘shniga ham. 
177. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi. Aytdilarki: “Qo‘shnilar uch xil bo‘ladi: 
ulardan birinchisida uch haq bo‘ladi; keyingisida ikki haq; uchinchisida bir haq bo‘ladi. 
Uchta haqqi bo‘lgan qo‘shni musulmon va qarindosh qo‘shnidir; ikkita haqqi bo‘lgan 
qo‘shni musulmon qo‘shnidir. Bitta haqqi bo‘lgan qo‘shni esa, zimmiy qo‘shnidir”. 
Ya’ni, qo‘shni qarindosh va musulmon bo‘lsa, ular uchun qarindoshlik haqqi, Islom haqqi 
va qo‘shnichilik haqlarni bor. Ikkita haqqi bori musulmon qo‘shnidir. Unda Islom haqqi 
va qo‘shnichilik haqqi bor. Ammo bitta haqqi bori zimmiy (g‘ayridin) qo‘shnidir. Uning 
qo‘shnichilik haqqi bor. Agar qo‘shni zimmiy bo‘lsa ham, uning haqqini berish lozim 
bo‘ladi. 
178. Abu Zarr G‘iforiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Menga do‘stim Muhammad 
(s.a.v.) uch narsani vasiyat qildilar: “Eshitgin va itoat qilgin. Burni kesilgan qul bo‘lsa 
ham. Bas, agar sho‘rva qilsang, uning suvini ko‘paytirgin, keyin qo‘shnilaringning 
ahllariga qaragin va sho‘rvangdan ularga ham bergin, namozingni vaqtida o‘qigin”. 
Va aytildi: “Uch qo‘shni bo‘lib, uchchalasi ham rozi bo‘lsa, keyin inson o‘lsa, uning 
gunohlari kechiriladi”. 
179. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga 
kelib, qo‘shnisidan shikoyat qildi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Unga o‘zing ozor berishdan 
tiyilgin va uning ozoriga sabr qilgin va ajralishmoq uchun o‘lim kifoyadir”, dedilar. 
Hasan Basriy aytdi: “Qo‘shnidan aziyatni tiyish yaxshi qo‘shnichilik emas, yaxshi 
qo‘shnichilik, qo‘shnidan bo‘lgan aziyatga sabr qilishlikdir”. 
Amr ibn Os aytdi: “Qarindoshchilikni bog‘lovchi kishiga bog‘lanib, uzilgan kishidan 
uzilganni bog‘lovchi deb bo‘lmaydi, balki u insofli kishidir. Albatta, haqiqiy bog‘lovchi esa 
kim uzgan bo‘lsa, bog‘laydi: kim xafa qilgan bo‘lsa, yumshoqlik, latiflik qiladi. Halim 
inson ham qavmi unga halimlik qilganda halimlikni qilib, unga qo‘pollik qilganda qo‘pollik 
qiladigan kishi emasdir. Balki u insofli kishidir, haqiqiy halim esa unga halimlik qilganda 
ham, qo‘pollik qilganda ham, go‘zal muomalada bo‘lguvchi kishidir”. 
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Musulmon kishi qo‘shnining aziyatiga sabr qilishi 
lozim bo‘ladi. Qo‘shnisiga biror aziyat bermaydi. Qo‘shni undan omonda bo‘ladi. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin