“Va oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi qo‘yiladigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz” (Niso,1). Ya’ni, qarindoshlikni uzib qo‘yishlikdan qo‘rqingiz. Silai rahm qilingiz. Uni uzmangiz! Va boshqa oyatda: “(Ey Muhammad) qavmu qarindoshlar, miskin va yo‘lovchi haqlarini ado eting” (Isro, 26). Ya’ni, yaxshilik va silai rahmdan
ularga haqqini bering.
Boshqa oyatda:
“Albatta, Alloh taolo adolatga, chiroyli amallarni qilishga buyuradi” (Nahl, 90), ya’ni odamlarga yaxshilik qilishga va ularni kechirish va afv etishga buyuradi; “va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur” , ya’ni silai rahmga buyuradi.
Alloh ushbu uch narsaga buyurib, quyidagi uch narsadan qaytaradi. Alloh aytadiki:
“Va buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan qaytarur” , ya’ni fahsh ishlardan,
gunohlardan, yomon ishlardan, shariat va sunnatda bo‘lmagan ishlar qilishdan
qaytaradi;
“Sizlarga pand-nasihat qilur”, ya’ni sizlarni bu uch narsaga buyurib, bu
uch narsadan qaytaradi”.
“Shoyadki, ibrat-eslatma olsalaringiz” (Nahl, 90).
164. Usmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Rasululloh menga do‘st edilar,
musulmonchilikni u kishidan uyalganimdan bo‘ynimga oldim. Chunki meni Alloh taologa
chaqirardi va Islomni qabul qilgan vaqtimda hali qalbimda Islom qaror topmagan edi. Bir
kuni u kishining oldida o‘tirar edim. Shu vaqt mendan yuzlarini o‘girdilar. Go‘yoki birov
bilan gaplashayotganday edilar. Keyin men tomonga burilib, aytdilar: “Jabroil tushib
menga bu oyatni o‘qidi: “Albatta, “Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-
qarindoshlarga yaxshilik qilishga buyuradi” (Nahl, 90). Shu bilan juda xursand bo‘ldim.
Islom qalbimda qaror topdi. U kishining oldidan turib, amakisi Abu Tolibning oldiga
keldim-da, jiyaning oldida edim, bu oyat u kishiga tushdi, dedim. Abu Tolib aytdi:
“Muhammadga ergashinglar, najot topasizlar, to‘g‘ri yo‘l tutasizlar. Allohga qasamki,
albatta akamning o‘g‘li yaxshi xulqlarga buyuradi. Agar u yolg‘onchi yoki sodiq bo‘lsa
ham, sizlarni yaxshilikka chaqiradi. Bu xabar Payg‘ambarga (s.a.v.) yetdi. Uni Islomga
kirishini umid qildilar. Abu Tolib bosh tortdi. Keyin bu oyat nozil bo‘ldi: “(Ey
Muhammad!)