Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


XIV BOB. QO‘SHNICHILIK HAQLARI



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

XIV BOB. QO‘SHNICHILIK HAQLARI
169. Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladi: Abdulloh ibn Amr ibn Os, Alloh undan rozi 
bo‘lsin, aytdi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kunida quyidagi yetti 
kimsaga (rahmat) nazari bilan qaramaydi va ularni gunohlardan poklamaydi hamda 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
83
ularga: “Do‘zaxga kiruvchi bilan birga do‘zaxga kiringlar!” deydi. Ular: 
1) livota qiluvchi va livota qilingan
2) qo‘li bilan nikoh qiluvchi (o‘z shahvatini qo‘li bilan qondiruvchi); 
3) hayvon bilan jinsiy aloqa qiluvchi; 
4) xotinining orqasiga yaqinlik qiluvchi; 
5) onasini va qizini jimo’ qiluvchi; 
6) qo‘shnining xotini bilan zino qiluvchi; 
7) qo‘shnisiga aziyat beruvchi”. 
Agar tavba shartlari bilan tavba qilsalar, Alloh kechiruvchi zotdir. 
170. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qalbidan, 
tilidan, qo‘lidan odamlar salomat bo‘lmaguncha, banda musulmon bo‘lmaydi; banda 
mo‘min bo‘lmadi qo‘shnisi uning yomonligidan omon bo‘lmagunicha”. “Uning yomonligi 
nima?” deyishdi. Aytdilar: “Qo‘polligi va zulmi”. 
171. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qo‘shnining qo‘shniga hurmati o‘z onasiga hurmati 
kabidir”. 
172. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytdi: Abdulloh ibn Amr ibn Os g‘ulomiga aytdilar: 
“Qo‘chqorni so‘yib, yahudiy qo‘shniga nasiba bergin”. Keyin bir soat vaqt o‘tdi. Aytdi: 
“Ey g‘ulom!” Agar qo‘chqorni so‘ysang, yahudiy qo‘shnimizga nasiba bergin”. G‘ulom 
aytdi: “Bu yahudiy qo‘shni bizlarga aziyat beradi-ku”. Abdulloh ibn Amr: “Senga dard 
tegsin, albatta, Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga hamisha qo‘shni haqida vasiyat 
qilganlaridan, bizlar uni meros olsa kerak, deb gumon qilardik”. 
173. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshilikni 
gapirsin yoki jim tursin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, qo‘shnisini hurmat qilsin. 
Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, mehmonni ulug‘lasin. Uni hurmatlash bir kecha-
kunduz. Mehmondorchilik uch kun. Keyingilari sadaqa bo‘ladi”. 
174. Hasan Basriy aytadi: So‘radilarki: “Yo Rasululloh! Qo‘shnining qo‘shnida nima haqqi 
bor?” Aytdilar: “Agar qarz so‘rasa, unga qarz bergin, agar chaqirsa, javob qilgin; agar 
kasal bo‘lsa, borib ko‘rgin; agar sendan yordam so‘rasa, yordam bergin; agar bir 
musibat tushsa, ta’ziya bildirgin; agar bir yaxshilik yetsa, tabriklagin; agar o‘lsa, 
shahodat qilgin; agar biron joyga ketsa, uyini va manzilini saqlagin. Unga qozonda 
go‘sht qovurish bilan aziyat yetkazmagin, agar shu ishni qilsang, pishirgan taomingdan 
bergin”. 
Boshqa xabarda bu to‘qqiz narsaga qo‘shimcha qilib, o‘ninchisini keltirishadi: “Uyingni 
uning uyidan uzun (yoki katta) qilmagin, magar roziligi bilan bo‘lsa, mayli”. 
175. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: 
“Jabroil menga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilar ediki, men qo‘shniga yaqinda meros 
beriladi”, deb o‘ylardim”. 
Abu Hurayra Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: “Payg‘ambardan (s.a.v.) aytdilarki: 
“Yo Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin, odamlarning obidrog‘i bo‘lasan; qanoatli bo‘lgin, 
odamlarning shukr qiluvchirog‘i bo‘lasan! Odamlar uchun yaxshi ko‘rgan narsangni 
ularga ham ravo ko‘r, mo‘min bo‘lasan. Senga qo‘shni bo‘lganga yaxshi qo‘shnichilik 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
84
qilgin, musulmon bo‘lasan. Kulishni kamaytirgin, chunki ko‘p kulishlik qalbni o‘ldiradi”. 
Alloh taolo: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin