Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
82
4) silai rahmda musulmonlarga yaxshi maqtov bordir
5) silai rahmda iblisga g‘am yetkazishlik bordir; 
6) umrning ziyoda bo‘lishi; 
7) rizqda baraka bo‘lishi; 
8) o‘lganlar xursandligi bor, chunki ota-ona, bobolar silai rahmning bog‘lanishi bilan 
xursand bo‘ladilar; 
9) do‘stlikning ziyoda bo‘lishi bor, chunki bir sabab o‘rtaga tushib, xursandchilik yoki 
g‘amdan to‘planishib, unga yordam beradilar va ularda do‘stlikning ziyoda bo‘lishiga omil 
bo‘ladi; 
10) o‘lgandan keyin ham ajrining ziyoda bo‘lishi bor, chunki qarindoshlar uni o‘lgandan 
keyin ham duo qiladilar, hamma vaqt yaxshiliklarini eslab yuradilar. 
Anas ibn Molik aytdi: “Uch toifa kishi qiyomat kuni Arshning soyasida bo‘ladi: silai rahm 
qiluvchi, uning umri va rizqi silai rahm bilan ziyoda bo‘lgan edi. Bir xotin eri o‘lib, 
yetimlari bilan qolib, ularni Alloh behojat qilgunicha tarbiyalasa. Va bir kishiki, taom 
tayyorlab, yetim-miskinlarga yedirsa”. 
168. Hasan Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Bandaning farz namozni ado qilishi 
ular uchun va qarindoshlari bilan silai rahm qilishi uchun yurgan qadamidan ko‘ra 
Allohga mahbubroq ish yo‘qdir”. 
Aytildiki: “Besh narsada davomiylik bo‘lsa, baland tog‘larning cho‘qqisidek yaxshiliklar 
ziyoda bo‘laveradi. Va Alloh taolo rizqini keng qilib qo‘yadi: kimiki sadaqani davomli 
qilsa, ko‘p bo‘lsa ham, kam bo‘lsa ham, kimiki qarindoshlikni bog‘lagan bo‘lsa, kam 
bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lsa ham, kimiki Alloh yo‘lida harakat qilishda davomli bo‘lsa, kimiki 
tahoratda davomli bo‘lsa, suvni isrof qilmasa va kimiki ota-onasiga itoat qilib, itoatda 
davomli bo‘lsa”. 
Alloh subhonahu va taolo bilguvchiroqdir. 
___________ 
XIII bob. Silai rahm bobi
1. Abu Ayyub. “Bir a’robiy Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga borib...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5983/10) va Muslim (13). 
2. Abdulloh ibn Avf. «Arafot kechasida Payg‘ambar (s.a.v.) bilan o‘tirgan edik...» Zaif*. Asbahoniy. “At-targ‘ib” (2290) va “Zaiful jome’”ga 
qarang (1463). 
3. Hadis. “Silai rahm savobidan tez keladigan yaxshilik yo‘q...” Sahih*. Ahmad (38,36/15), Termiziy (2511) va Ibn Moja (4211), “As-sahiha” 
(918)ga qarang. 
4. Amr ibn Shuayb. “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib...” Sahih*. Muslim (2 558/4) va boshqalar. 
5. Savbon. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qadar-taqdir duo bilangina o‘zgaradi...” Sahih*. “As-sahihat” (154). 
6. Qatoda. “Bizga zikr qilindiki, Payg‘ambar (s.a.v.): “Allohdan qo‘rqinglar va silai rahm qilinglar...” Mursal*. “Zaiful jome’”ga (122) qarang. 
7. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qarindoshchilikni bog‘langlar...” Hasan*. Qazo’iy “Ash-shihob”da (654-653) va “As-sahihat” 
(1777)ga qarang. 
8. Usmon ibn Maz’un. “Rasululloh menga do‘st edilar...” Zaif*. Buxoriy, “Al adabul mufrad” va Ahmad (318/1). 
9. Hadis. “Albatta, Alloh taolo rahmni yaratib...” Sahih*. Ahmad (194/1) Abu Dovud (1694) va Termiziy (1907). 
10. Hadis. “Albatta, rahm Arshda osilgandir...” Sahih*. Muslim (2555/4) Oyisha onamizdan. 
11. Hadis. “Albatta, mo‘minni xursand qilishlik...” Hasan*. Ibn Abu Dunyo “Qazoul havoij” (112) va Bayhaqiy “Ash-shu’ab”da (7688, 7679), 
“As-sahihat” (1494) da keltirilgan.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin