Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
78
o‘rgatmasa, yomon yo‘llarni o‘rgatgan bo‘lsa, uning gunohi o‘z gunohidan kamaymasdan 
otasiga borib turadi. 
156. Abu Hurayradan rivoyat qilindi: Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytdilar: “Agar odam farzandi vafot qilsa, undan amallari uziladi: Magar uchtasi 
uzilmaydi: sadaqai joriya yoki ilm o‘qitib, undan foydalanib turilgan bo‘lsa yoki solih 
farzand uni mag‘firat so‘rab duo qilsa!” 
___________ 
XII bob. Farzandning ota ustidagi haqlari bobi hadislari
1. Abu Hurayra. “Otaning o‘g‘ilga qiladigan haqqi uchtadir...” Zaif*. “Zaiful jome’” (2734)ga qarang. 
2. Sha’biy. “Alloh yaxshilik qilishda o‘g‘liga yordam bergan otani...” Mursal (zaiflardan)*. “Tahrijul ihyo”ga va “Zaiflar” (1946)ga qarang. 
3. Hadis. “To‘rt narsa kishining baxtidir...” Zaif*. Ibn Abu Dunyo, “Kitobul ixvan” (54,53) va “Az-zaifatu” (759)ga qarang. 
4. Yazid Raqqoshiy. “Yetti narsa bandaga ajr berib turadi...” Zaif*. Abu Na’im, “Al-xulya” (433/2). 
5. Abu Hurayra. “Agar odam farzandi vafot etsa...” Sahih*. (149 raqam bilan chiqdi).
 
XIII BOB. SILAI RAHM
157. Abu Ayyub, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir a’robiy Payg‘ambar (s.a.v.) 
huzurlariga borib, tuyalarining yuganidan ushlab: “Ey Rasululloh, menga jannatga yaqin-
lashishimga sabab bo‘ladigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amaldan xabar bering!” 
dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka va 
namoz o‘qishga, zakot berishga va silai rahm qilishga buyurdilar. 
158. Abdulloh ibn Abu Avfo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Arofat kechasida 
Payg‘ambar (s.a.v.) bilan o‘tirgan edik. Aytib qoldilar: “Bugun kechasi silai rahmni uzgan 
kishi men bilan o‘tirmasin, bizdan ketsin”. Majlisning chetida o‘tirgan kishidan boshqa 
hech kim turmadi. Hech vaqt o‘tmasdan u kishi qaytib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Nima 
uchun sendan boshqa hech kim davramizdan turmadi?” dedilar. U aytdi: “Ey Rasululloh, 
sizdan boyagi gapni eshitib, xolamnikiga bordim. U kishi bilan janjallashib, oramiz 
buzilgan edi. Borganimdan keyin xolam menga: “Nimaga kelding, bu sening odating 
emas edi-ku?” dedi. Men siz aytgan hadisning xabarini berdim. Mendan kechirim so‘radi, 
men ham undan kechirim so‘radim”. Payg‘ambar (s.a.v.): “Yaxshi qilibsan, o‘tir!” 
dedilar. So‘ng: “Ogoh bo‘linglar, Allohning rahmati silai rahmni uzgan qavmga 
tushmaydi!” dedilar”. 
Bu xabarda qarindoshlikni uzishlik katta gunoh ekanligiga dalil bor. Chunki 
qarindoshlikni uzish mo‘minni rahmatdan qaytaradi. Musulmon kishiga silai rahmni 
uzgandan keyin tavba qilmog‘i, istig‘for so‘ramog‘i va silai rahmni boshqatdan 
bog‘lamog‘i vojib bo‘ladi. Chunki payg‘ambarimiz (s.a.v.) birinchi xabarda silai rahm 
bandani Allohning rahmatiga yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoqlashtirishini ravshan qilib 
aytdilar. 
159. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Silai rahm savobidek tez keladigan 
yaxshilik yo‘q, dunyoda tezgina azob berib, oxiratda ham azob bo‘ladigan gunoh silai 
rahmni uzishlikdir”. 
160. Faqih Amr ibn Shuaybdan, u esa, otasidan, bobosidan rivoyat qiladi: “Bir kishi 
Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib: “Men qarindoshlar bilan silai rahm qildim, ular 
mendan uzildilar, ularni afv etdim, menga zulm qildilar, ularga yaxshilik qildim, menga 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin