Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
76
2. Ota-onaning yaqinlari va do‘stlari bilan bog‘lanib turishi.
3. Ikkalalari uchun istig‘for so‘rashi, duo qilishi va sadaqa qilishligi”.
149. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar
odam farzandi vafot qilsa, undan amallari
uziladi. Magar uchtasi uzilmaydi: Sadaqai joriya yoki ilm o‘qitib,
undan foydalanib
turilgan bo‘lsa yoki solih farzand uni mag‘firat so‘rab duo qilsa”.
150. “Otangiz kim bilan bog‘langan bo‘lsa, u bilan aloqani uzmanglar” Bu
bilan
o‘zingizning nuringizni o‘chirasiz, sizning hurmatingiz otangizning hurmatidir!”
151. Zikr qilindi: «Bani Salama qabilasidan bir kishi Payg‘ambarimizning (s.a.v.)
huzurlariga kelib, aytdi: «Ota-onam
vafot etishdi, menga ikkalalariga yaxshilik qilishga
bir narsa (chora) qoldimi?» Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ha, ikkalarining gunohlarini
so‘rashlik,
vasiyatlarini bajarish, do‘stlarini hurmatlash, ular silai rahmda bo‘lganlar bilan
silai rahm qilishlik», dedilar”.
____________
Dostları ilə paylaş: