Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
79
yomonlik qildilar. Ularga o‘zlaridek muomala qilayinmi?” dedi. Aytdilar: “Yo‘q. Unda 
gunohga sherik bo‘lib qolasan. Lekin ularga yaxshilik va silai rahm qil. Hamisha Allohdan 
quvvat senga davomli bo‘ladi, modomiki sen shu ishingda davom etsang”. 
Aytildi: “Uchta ish jannat ahlining axloqlaridan. Ular faqat yaxshi kishilardagina topiladi. 
Yomonlik qiluvchiga yaxshilik qilish; zulm qilgan kishini avf etish; biron narsadan 
mahrum qilgan kishiga yaxshilik qilish”. 
Zahhok ibn Mazohim: 
“Alloh o‘zi xohlagan narsani (ya’ni hukmni) o‘chirur va 
(o‘zi xohlagan hukmni) ustivor qilur”
(Ra’d, 39) oyatining tafsirida aytadi. 
“Shubhasiz, bir kishi silai rahm qilsa umridan uch kun qolgan bo‘lsa, Alloh taolo uning 
umrini o‘ttiz yil ziyoda qiladi, agar silai rahmni uzgan bo‘lsa va umridan o‘ttiz yil qolgan 
bo‘lsa, Alloh taolo uch kunga tushirib qo‘yadi”. 
161. Savbon rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Qadar duo bilangina 
o‘zgaradi. Umrni yaxshilik ziyoda qiladi. Shubhasiz, mo‘min gunoh qilish bilan rizqidan 
mahrum bo‘ladi”. 
Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Kim Allohdan qo‘rqsa, silai rahm qilsa, umri 
ziyoda bo‘ladi, moli ko‘payadi, ahlini yaxshi ko‘radi”. 
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Umrning ziyoda bo‘lishida ulamolar ixtilof qildilar. 
Ba’zilar aytdilar: “Kim silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, degan xabar zohiriydir”. 
Ba’zilar aytdilar: “Taqdir o‘zgarmaydi, chunki Alloh taolo: 
“Bas, qachon ularga ajallari yetsa, uni biron soatga ketga ham, ilgariga ham 
sura olmaydilar” 
(A’rof, 34), degan. Lekin umrni ziyoda qilishning ma’nosi o‘limdan 
keyin uning savobini yozmoqlikdir. O‘limidan keyin unga savob yozsa, go‘yoki umrini 
ziyoda qilgandekdir”. 
162. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Allohdan qo‘rqinglar va silai rahm qilinglar. Chunki u 
sizlar uchun dunyoda hamma narsadan yaxshiroqdir, mustahkamroqdir. Oxiratda sizlar 
uchun yanada yaxshiroqdir”, dedilar. 
Aytilgan edi: “Agar sizda biron qarindosh bo‘lib, oyog‘ingiz bilan yurib bormasangiz 
(ya’ni ziyoratga), molingizdan biron narsa bermasangiz, albatta undan uzilibsiz. Alloh 
taolo tushirgan ba’zi sahifalarda: “Ey odam farzandi, moling bilan silai rahm qilgin, agar 
o‘zingda bir narsaga baxillik qilsang yoki moling kam bo‘lsa, oyog‘ing bilan borgin (ya’ni 
ziyorat qilgin)”, deyilgan”. 
163. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qarindoshchilikni bog‘langlar, agar salom bilan bo‘lsa 
ham”. 
Maymun ibn Mahron aytadi: “Uch narsada kofir va musulmon barobardir: kim bilan 
ahdlashgan bo‘lsang, ahdingga vafo qilgin, xoh kofir bo‘lsin, xoh musulmon. Albatta, ahd 
Alloh uchundir. Orada qarindoshchilik bo‘lsa, silai rahm qilgin, xoh kofir bo‘lsin va xoh 
musulmon! Kimiki senga omonat bersa, omonatini ado qilgin, xoh kofir bo‘lsin, xoh 
musulmon”. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
80
Ka’b-ul Ahbor deydi: “Muso alayhissalom hamda bani Isroil uchun dengizni yorgan 
Allohga qasamki, albatta, Tavrotda yozilgan: “Allohdan qo‘rqing, ota-onaga yaxshilik 
qiling va qarindoshlarga silai rahm qiling, umringiz ziyoda bo‘ladi. Yengilingizni yanada 
yengil qiladi, qiyinchilikni ketkazadi”. 
Alloh taolo rahmni kitobining quyidagi o‘rinlarida buyuradi: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin