Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qilaolmassiz, lekin



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

Aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qilaolmassiz, lekin 
Alloh o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur”
(Qasos, 56). 
Albatta, Alloh taolo bu oyatda silai rahmni zikr qildi. 
Boshqa oyatda: 
“Agar (imondan) yuz o‘girsangizlar, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va 
qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzarsizlar! Unday 
kimsalarni esa Alloh taolo la’natlagandir. Bas, ularning quloqlarini (pand-
nasihat eshitishdan) kar, ko‘zlarini (to‘g‘ri yo‘lni ko‘rolmaydigan) ko‘r qilib 
qo‘ygandir”
(Muhammad, 22-23). Ya’ni silai rahmni uzganlarni. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
81
165. Aytildi: Albatta Alloh taolo rahmni yaratib: “Men Rahmonman, sen rahmsan, kim 
seni uzsa, uzilaman; kimiki senga bog‘lansa, bog‘lanaman”, dedi. 
166. “Albatta, rahm arshda osilgandir. Kecha va kunduz “Ey Parvardigor, Sening 
yo‘lingda kimiki menga bog‘lansa, bog‘langin, kimiki Sening yo‘lingda meni uzsa, 
uzilgin”. 
Hasan Basriy (roziyallohu anhu) aytdi: “Vaqtiki odamlarda ilm ko‘rinib, unga amal 
qilmasa, til bilan aytishni yaxshi ko‘rishib, qalblari bilan g‘azablanishsa, qarindoshlari 
bilan uzilishgan bo‘lsa, Alloh ularni la’natlaydi, kar qiladi va ko‘zlarini ko‘rmaydigan qilib 
qo‘yadi”. 
Faqih aytdi, Yahyo ibn Salim bizlarga gapirib berdi: “Makkada biz bilan birga Xuroson 
ahlidan bo‘lgan bir kishi bor edi. U solih kishi edi. Odamlar unga o‘z omonatlarini qo‘yar 
edilar. Bir kishi kelib, o‘n ming dirham qoldirdi, keyin u kishi o‘z ishi bilan ketdi. Omonat 
qo‘ygan kishi xurosonlik kishi o‘lgandan so‘ng keldi va uning o‘g‘lidan, xotinidan molini 
so‘radi. Ular bu haqda bilishmas edi. U kishi o‘sha kunda Makkada yig‘ilishib turgan ko‘p 
olimlardan bu masalada savol qildi: “Falonchiga o‘n ming dirham tashlab ketgan edim. U 
kishi o‘libdi. Xotinidan so‘rasam, bu haqda bilmas ekan. Menga nimani buyurasizlar?” 
Aytdilar: “Bizlar xurosonlikni jannat ahlidan deb umid qilamiz. Kechaning uchdan biri 
yoki ikkinchisi o‘tsa, zamzam qudug‘i oldiga kelgin va mana bu so‘z bilan xabar bergin: 
“Ey fa-lonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!” Haligi odam kelib uch marta 
aytdi, hech kim javob bermadi. So‘ngra olimlarning oldilariga kelib, ularga bu xabarni 
yetkazdi, aytdilar: “Albatta, biz Allohnikimiz va Allohga qaytajakmiz! Bizlar sening 
do‘sting do‘zax ahlidan bo‘lmog‘idan qarqyapmiz. Endi Yamanga borgin, u yerda bir 
vodiy bor, uni Barxut deyishadi. U yerda bir quduq bor. Unga chiqqin, kechaning uchdan 
biri yoki uchdan ikkisi o‘tganda: “Ey falonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!” 
deb baqirgin... U borib, aytganlarini qilibdi. Birinchi ovozdayoq javob beribdi. “Sho‘ring 
qursin, seni bu yerga nima tushirdi, sen yaxshilik egasi eding-ku?” deyildi. Aytdiki: 
“Mening Xurosonda ahli baytlarim, qarindoshlarim bor edi. Ular bilan o‘lgunimcha uzilib 
ketdim. Alloh taolo bu (azob) bilan ushlab, bu manzilga tashladi. Ammo moling o‘ziday 
turibdi, men o‘g‘limga omonat qila olmagandim, uyimning falon joyiga ko‘mganman. 
O‘g‘limga aytgin, seni hovlimga kirgizadi, hovlidagi joyni kavlagin, u joyda molingni 
topasan”. Haligi odam qaytib kelib, molini qanday topshirgan bo‘lsa, shunday holatda 
topibdi”. 
Faqih aytadi: Agar kishi qarindoshlari orasida bo‘lsa, ular bilan hadya va ziyorat bilan 
bog‘lanib turishi vojib bo‘ladi. Agar mol bilan rahm qilishga qodir bo‘lmasa, ziyorat 
qilishlik bilan, ularning ishlaridan yordam berishlik bilan bog‘lansin. Agar buning ham 
iloji yo‘q bo‘lsa, ular bilan xat orqali bog‘lanib tursin. Agar borishga imkoni bo‘lsa, 
borishligi afzaldir. 
167. “Albatta, mo‘minni xursand qilishlik amallarning afzalidir”. 
Bilginki, silai rahmda o‘nta maqtalgan xislat bor: 
1) silai rahmda Allohning rizosi bor, chunki Alloh taolo shunga buyuradi
2) ularga (mo‘minlarga) xursandchilik yetkazmoqlik bor, bu haqda xabar kelgan; 
3) silai rahm maloikalarning xursandchiligi bor, chunki ular silai rahm bilan xursand 
bo‘ladilar; 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin