www.ziyouz.com
kutubxonasi
90
a’zolaridan birontasi azobsiz qolmaydi. Ilon chaqadi yoki olov yondirib yuboradi yoki
(azob) farishtasi uradi, urgan vaqtida do‘zaxning qirq yillik qa’riga tushadi. Uning tubi
yo‘q, keyin uni o‘t ko‘tarib tashlaydi, so‘ngra farishta yana uradi, do‘zaxga yana tushadi,
qachon boshi ko‘rinsa, uraveradi. Alloh taolo aytganidek:
“Qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib ko‘rishlari uchun
o‘rniga boshqa terilarini almashtiramiz. Albatta, Alloh taolo qudrat va hikmat
egasi bo‘lgan zotdir”
(Niso, 56).
Bizga yetdiki, ularning terilari bir kunda yetti marta almashtiriladi. Agar chanqasalar,
suv deb qichqiradilar. Ularga issiq suv keltiriladi, o‘sha issiq suvni u yuziga
yaqinlashtirsa, yuzining go‘shtlari issiqdan tushib ketadi. Keyin og‘ziga kiradi. Uning
tishlari, milklari tushib ketadi, keyin qorniga kiradi. So‘ngra ichaklarini kesadi, terisini
pishiradi. Alloh aytadi:
“U (suv) bilan ularning ichlaridagi narsalar ham, terilari ham eritib yuborilur.
Ular uchun temir gurzilar bordir”
(Haj, 20-21).
So‘ngra Alloh o‘zi xohlagancha ularga azob bergandan keyin, jannatning qo‘riqchilarini
chaqiradi.
“(Shunda) do‘zaxdagi kimsalar jahannam qo‘riqchilariga: “Parvardigorlaringga
duo qilinglar, bizlardan biron kunlik azobni yengillatsin”, deydilar. (G‘ofir, 49).
Bas, ularga javob berilmaydi. Keyin Molik (jahannam boshlig‘i)ni chaqiradilar,
u qirq yilgacha javob bermaydi. Aytadilar: “Qo‘riqchilarni chaqirdik, Molikni
chaqirdik, javob bermadi. Kelinglar, afsus-nadomat qilib, qayg‘uraylik”.
Ularga bu ham foyda bermaydi. Keyin, “Kelinglar, sabr qilamiz”, deydilar, bu
ham hojatsiz bo‘ladi. Aytadilar: “Dod-voy qilamizmi, sabr-qanoat qilamizmi, biz
uchun barobardir, hech qanday najot yo‘qdir”
(Ibrohim, 21).
Kofirlar uchun azob ana shudir.
Vaqtiki, musulmon aroq ichsa, kufr so‘z tiliga keladi. Qo‘rqiladi, o‘layotgan vaqtida imon
undan ketib qoladi, deb Musulmon kishi uchun aroq ichishdan qaytmog‘i va aroq
ichuvchilardan uzilmog‘i lozim bo‘ladi. Agar u bilan qo‘shilib yursa, qo‘rqiladiki, unga
ham bu aroq ichishlik o‘tib qoladimi, deb va qiyomat kun qo‘rqinchini fikr qilmog‘i kerak
bo‘ladi. Chunki kimiki qiyomat kun qo‘rquvini fikr qilsa, uning qalbi aroq ichishlikka hech
ham moyil bo‘lmaydi. Aroq ichuvchi bilan suhbatda bo‘lish qam mumkin bo‘lmaydi.
Hasan Basriydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Bizlarga yetdiki, agar banda
aroqdan bir marta ichsa, uning qalbi qorayadi. Ikkinchisini ichsa, maloikalar bezor
bo‘lishadi. Uchinchisini ichsa, malakul-mavt (o‘lim farishtasi) bezor bo‘ladi. To‘rtinchisini
ichsa, Payg‘ambar (s.a.v.) bezor bo‘ladilar. Beshinchisini ichsa, Payg‘ambar (s.a.v.)ning
sahobalari bezor bo‘ladi. Oltinchisini ichsa, Jabroil alayhissalom bezor bo‘ladi.
Yettinchisini ichsa, Isrofil alayhissalom bezor bo‘ladi. Sakkizinchisini ichsa Mikoil
alayhissalom bezor bo‘ladi. To‘qqizinchisini ichsa, osmonlar bezor bo‘ladi. O‘ninchisini
ichsa, yer bezor bo‘ladi. O‘n birinchisini ichsa, dengiz baliqlari bezor bo‘ladi. O‘n
ikkinchisini ichsa, osmon va quyosh bezor bo‘ladi. O‘n uchinchisini ichsa, yulduzlar bezor
bo‘ladi. O‘n to‘rtinchisini ichsa, maxluqotlar bezor bo‘ladi. O‘n beshinchisini ichsa, unga
jannat eshiklari yopiladi. O‘n oltinchisini ichsa, do‘zax eshiklari ochiladi. O‘n yettinchisini
ichsa, arshni ko‘tarib turuvchilar bezor bo‘ladilar. O‘n sakkizinchisini ichsa, kursiy bezor
bo‘ladi. O‘n to‘qqizinchisini ichsa, undan arsh bezor bo‘ladi. Vaqtiki yigirmanchisini ichsa,
undan Alloh taolo bezor bo‘ladi.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |