www.ziyouz.com kutubxonasi
91
188. Asmo Yazid qizi, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Men Rasululloh (s.a.v.) ushbu
so‘zlarni aytganlarini eshitdim: “Kim aroq ichsa, qorniga joylasa (ya’ni, mast qilmasa
ham), yettita namozi qabul bo‘lmaydi. Bas, agar aqlini ketkazgan bo‘lsa, qirq kunlik
namozi qabul qilinmaydi va o‘lsa, kofir bo‘lib o‘ladi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini
qabul qiladi. Yana ichishga qaytsa, Alloh uni do‘zax ahlining yiringlari bilan sug‘ormoqqa
haqlidir”.
Boshqa xabarda keladi: “Vaqtiki, bir marta aroq ichsa, uning namozi qabul bo‘lmaydi,
ro‘zasi ham, boshqa amallari ham qirq kungacha qabul bo‘lmaydi. Agar ikkinchisini
ichsa, uning namozi, ro‘zasi va boshqa amallari sakson kungacha qabul qilinmaydi.
Uchinchisini ichsa, bir yuz yigirma kungacha qabul qilinmaydi. Agar to‘rtinchisini ichsa,
o‘ldiringlar, u kofirdir. Uni do‘zax ahlining yiringlari bilan sug‘orishga Alloh taolo haqli
bo‘ladi”.
190. Boshqa xabarda rivoyat qilindi: “Gunohlar, xatolar hammasi bir uyda qilinadi. Bu
uyning kaliti aroq ichishlikdir”. Ya’ni, aroq ichsa, o‘ziga yomonlik – gunoh eshiklarini
ochib oladi.
Ba’zi sahobalardan rivoyat qilindi: “Kimiki qizini aroq ichuvchiga bersa, go‘yoki qizini
zinoga haydabdi”. Buning ma’nosi shuki, albatta, aroq ichuvchi mast bo‘lsa, uning tiliga
taloq kalimasi ko‘p keladi, unga xotini harom bo‘ladi, o‘zi sezmaydi.
Aytildi: Albatta, aroq ichuvchi sanamlarga ibodat qiluvchiga o‘xshaydi. Chunki Alloh taolo
xamrni ifloslik deb nomladi. “(Aroq) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot
topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz” (Moida, 90).
Va yana aytdi:
“Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz!” (Haj, 30).
Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Albatta, kimiki, kunduzi aroq ichsa,
Allohga kech bo‘lguncha shirk keltiradi. Kim kechasi aroq ichsa, tong otguncha Allohga
shirk keltiradi”.
U kishidan rivoyat qilindi: “Aroq ichuvchi o‘lsa, uni ko‘mib kelinglar va meni ushlab
qamanglar, keyin uning qabrini kavlanglar, agar qibladan boshqa tomonga burilmagan
bo‘lsa, meni o‘ldiringlar”.
191. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi: “Alloh
taolo meni butun olam uchun rahmat va hidoyat qilib yubordi va ma’o-zofni (chertib
chalinadigan katta musiqa asbobi) va mezomirni va johiliyat ishlarini, butlarni
o‘chirmog‘ligim uchun yubordi va Rabbim o‘z ulug‘ligi bilan qasam ichdiki:
“Bandalarimdan hech bir banda dunyoda sharob ichmagay. Agar ichsa, uni qiyomat
kunida undan mahrum etgayman. Bandalarim-dan qaysi biri aroq ichishni tark qilsa, uni
jannatimdagi ichimliklardan sug‘orgayman”.
Avs ibn Sam’on aytdi: “Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, men aroqning Tavrotda
yigirma besh marta harom qilinganini topdim. Aroq ichuvchiga vayl-azob bo‘lsin, Alloh
taolo bu fosiq, fujur bandani qiyomat kunida do‘zax ahlining yiringi bilan sug‘oradi”.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy