«Ayting: Allohim, (ey) osmonlar va yerni ilk bor yaratgan Zot, (ey) g‘aybu shahodatni (ya’ni yashirin va oshkor narsalarni) bilguvchi zot, yolg‘iz o‘zinggina bandalaring o‘rtasida ular ixtilof qilib o‘tgan narsalar haqida hukm qilursan» (Zumar, 46). Rabi’ mana
shundan boshqa hech narsa demadi.
Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Johil kishi olti xislat bilan bilinadi:
1. Behuda narsalarga g‘azab qilishlik, ya’ni Odam farzandiga g‘azab qilgandek, hayvonga
yoki unga yomon ko‘ringan har narsaga g‘azab qiladi».
2. Foydasiz kalom. Oqil kishi o‘ziga foyda bermaydigan gaplarni gapirmaydi. Balki dunyo
va oxirat ishlarida manfaat beradigan so‘zni sevadi.
3. Keraksiz joyga bermoq. Ya’ni molini ajr berishga noloyiq, uni berish mumkin
bo‘lmagan joyga sarf qilishlik. Bu johillik alomatidandir.
4. Har kimning oldida sirini ochaverish.
5. Har insonga ishonaverish.
6. Do‘stni dushmandan ajrata olmaslik. Ya’ni, kishiga do‘stini topib, unga itoatda
bo‘lmog‘i, dushmanini bilib, undan hazar qilmog‘i lozim bo‘ladi. Birinchi dushman
shaytondir. Unga hech joyda bo‘ysunmaslik lozimdir.
Iso ibn Maryam alayhissalomdan rivoyat qilindi: «Har bir kalomda Allohning zikri
bo‘lmasa, u bekordir. har qanday sukutda fikrlash bo‘lmasa, u g‘aflatdir. Har bir
qarashda ibrat bo‘lmasa, u behudadir. Kalomida Allohning zikri, sukutida fikrlash va
qarashida ibrat bo‘lgan kishiga qanday yaxshi».
Avzoiy aytadi: «Mo‘min kalomini kamaytiradi va amalini ko‘paytiradi. Munofiq kalomni
ko‘paytirib, amalni kamaytiradi».
273. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: «Besh narsa munofiqda bo‘lmaydi, dinni bilishlik, til
bilan taqvo qilish, yuzida tabassumlik, qalbida nurlik va musulmonlarni yaxshi ko‘rish».
Yahyo ibn Aksam aytdi: «Kishining gapirgan gapi salohiyatli bo‘lsa, boshqa amallaridan
ham bilinadi. Agar gapirgan gapi fasodli bo‘lsa, boshqa amallarida ham bilinadi».
Luqmon Hakim o‘g‘liga aytdi: «Ey o‘g‘ilginam, kim yomonlik egasining suhbatida bo‘lsa,
omon bo‘lmaydi, kim yomonlik kiradigan joyga kirsa, tuhmatlanadi va kimki tiliga egalik
qilmasa, pushaymon yeydi».
274. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: «Tiliga egalik qilgan, uyidan tashqariga
chiqmagan va xatosiga yig‘lagan kishiga naqadar yaxshi».
Faqih aytdi: Otam Hasan Basriydan gapirdi: «Hakimning tili yuragining orqasidadir. Agar
gapirmoqlikni xohlasa, yuragiga qaraydi, mabodo unda yaxshilik bo‘lsa, gapiradi. Agar