Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə302/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
270
had va farzlarini bilmaydi. Allohning amriga olim-u, o‘ziga olim bo‘lmagan kishi Allohning 
had va farzlarni biladi, lekin Allohdan qo‘rqmaydi. 
Faqih aytadilar: "Otam (rahmatullohi alayh): Abdulloh ibn Janohdan Abu Hafsning 
shunday deganlarini aytib berdilar: "O‘nta narsa olimning darajasini ko‘taradi: Allohdan 
qo‘rquv, nasihat, shafqat, musibatni ko‘tarish, sabr, muloyimlik, tavozu’, odamlarning 
mollarida iffatli bo‘lish, kitoblarga qarashni davom ettirish, hojibning (eshik og‘alari) oz 
bo‘lishi, ya’ni, uning oldiga kirishga mone’lik bo‘lmasligi va eshigi past tabaqadagilar 
uchun ham, yuqori tabaqadagilar uchun ham ochiq bo‘lishi. Chunki bizlarga xabari 
yetdiki, Dovud (a.s.) hojiblarning qattiqligi tufayli sinovga yo‘liqqan ekanlar". 
Abu Hafs aytadilar: "O‘nta narsa odamlarning o‘nta toifasi uchun yomondir. Sultondagi 
tezlik, boylardagi baxillik, ulamolardagi tama’, kambag‘allardagi hirs, taniqli odamlarda 
hayoning ozligi, qarilar o‘zlarini yoshlardek tutishi, erkaklarning ayollarga va ayollarning 
erkaklarga o‘xshashi, zohidlarning dunyo ahli eshiklariga kelishi, bandalardagi johillik". 
Fuzayil ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: "Agar olim dunyoga rag‘bat qilib, hirs qo‘ysa, u bilan 
birga o‘tirish johilning johilligini, fojirning fojirligini ziyoda qiladi va mo‘minning qalbini 
qotiradi". 
Hakimlardan biri aytadi: "Hakimlarning so‘zi ahmoqlar uchun ermak, ovunchoqdir va 
ahmoqlarning so‘zi hakimlar uchun ibratdir", ya’ni, ahmoqlar hakimlarning gapini 
eshitsa, ularning kalomlarini chiroyli sanaydilar va bu ermak o‘rnida bo‘ladi. Ammo 
hakimlar ahmoqlarning gaplarni eshitib, yomonlikni ko‘rib, undan ibrat oladilar va unga 
o‘xshaganlardan saqlanadilar. 
Aytiladi: Ahmoqlarning himmati eshitish, olimlarning himmati rivoyat, zohidlarning 
himmati rioya etish, ya’ni, uni mahkam tutib, amal qilishdir. 
______________ 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin